Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Remarks on the derivation characteristics of complex syntactic devices in English and Uzbek
QURILMALARNING DERIVATSION XUSUSIYATLARI · XUSUSIDA MULOHAZALAR · Xudoyqulov Razzoq
Переводоведение и лингвистика в эпоху цифровых технологий: изучение передовых подходов · 2024
Аннотация
— The article analyzes the interrelationships between the components of complex syntactic devices, studies the semantic and syntactic relations between them according to derivation using examples given in English and Uzbek. Key words — Complex syntactic devices, semantic communication, morphological elements, derivate, derivational operands, component, integral derivational structure, connector. 1. KIRISH Bilamizki, murakkab sintaktik qurilmalarda komponentlar munosabati tenglikka yoki tobelikka asoslanishi mumkin. Komponentlar munosabati tenglikka asoslanganda (Compound sentence) ular oʻrtasidagi birikish bogʻlovchisiz yoki bogʻlovchili boʻladi. Komponentlar munosabati, bogʻlovchisiz yoki bogʻlovchili voqelanishidan qatʼi nazar, MSQ semantik jihatdan ham, sintaktik jihatdan ham toʻliq shakllanadi. Quyida dastlab bogʻlovchisiz voqelangan murakkab sintaktik qurilmalarga eʼtiborimizni qarataylik: This sincerely delighted him, looking at her pathetic dress and worn-out shoes, he asked himself how he could help her without offending her. (Theodore Dreise. Jenny Gerhardt). 2. ASOSIY QISM Keltirilgan MSQ tarkibiy qismlari alohida semantik va sintaktik strukturalarga ega boʻlgan uch gapdan iborat boʻlib, bu oʻrinda MSQ komponentlari bogʻlovchilarsiz shakllanganligi uchun uning komponentlari munosabatlari birinchi galda semantik bogʻlanishga tayanmoqda, zotan, har bir gap ikkinchisining (oʻzidan oldingisining) mazmuniy salmogʻini toʻldirish uchun xizmat qilmoqda. Bu esa ular oʻrtasida semantik uzviylikni tashkil etadi. Shuningdek MSQ komponentlari oʻrtasida sintaktik aloqalarining ham bekamu koʻstligini koʻramiz. Buning uchun asosiy masʼuliyat gaplarning kesimlariga yuklatilmoqda. Boshqacha aytganda, delighted, looking, asked kesimlarning -ed, -ing tarzidagi morfologik unsurlar bilan tugashi sintaktik munosabatlar voqelanishi uchun xizmat qilmoqda. Xuddi shunday vaziyat quyidagi misollarda ham koʻrinadi: 1. Kelinlar cholping oʻtoviga nonushta tayyorlab qoʻyishgan, Lutfinisa ajab bir taʼmli qatlama tayyorlagan edi. (S. Ahmad. Ufq). 2. Bu gal men ham Orifni qattiqroq turtgan edim, koʻzlari ola- kula boʻlib ketdi. (X.Toʻxtaboyev. Sariq devni minib). Bogʻlovchili murakkab sintaktik qurilma komponentlarining sintaktik munosabati, bogʻlovchi yoki uning vazifasini bajarayotgan vositasitalar yordamida shakllanadi: 1. Listening to the girl, the senator gazed intently at her face, and it seemed to him extraordinarily touching. (Theodore Dreiser . Jenny Gerhardt). Keltirilgan misolda MSQ and biriktiruv bogʻlovchisi ishtirokida shakllanganligini koʻramiz. Bunda murakkab sintaktik qurilmalar birdan ortiq gaplarning oʻzaro bogʻlanishidan tugal xabar ifodasini beruvchi yaxlit strukturani tashkil etmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, hosila struktura shakllanishi uchun vosita boʻlmoqda. Murakkab sintaktik qurilma tobe komponentli (Complex sentence) boʻlganda sintaktik aloqa vositalari sifatida ergashtiruvchi bogʻlovchilar, feʼl shakli va hokazolar faollik koʻrsatadi. 1. When Jenny came the next time, the senator began to ask in detail about how her relatives live, what she wants and what she dreams about. (Theodore Dreise. Jenny Gerhardt). www.samdchti.uz 180 RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy maqolalar to‘plami May – 2024 Berilgan misol komponentlari payt maʼnosini ifodalovchi tobe komponentli murakkab sintaktik qurilmadir. Ayni paytda komponentlar oʻrtasidagi tobelik payt maʼnosi ifodasi doirasida roʻy berayotgani uchun When vositasi qatnashgan. Murakkab sintaktik qurilma komponentlari vazifasida gaplar faollik koʻrsatishi sababli uning sathida voqelanadigan sintaktik munosabat ham oʻz xarakteriga koʻra gap doirasida kuzatiladigan bunday munosabatdan birmuncha farq qiladi. Zotan, bunda nafaqat til birliklari, balki nutq birliklari oʻrtasida ham oʻziga xos sintaktik bogʻlanish oʻz aksini topadi. Boshqacha aytganda, murakkab sintaktik qurilma bilan gap oʻrtasida voqelanuvchi sintaktik munosabat sof nutq birliklari doirasida roʻy beruvchi struktur-sistem bogʻlanishni taqozo etadi. Aytish joizki, teng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar tarkibiy qismlari oʻzaro maxsus bogʻlovchilar vositasida yoki bogʻlovchisiz bogʻlanishi mumkin. Ammo komponentlarining qanday bogʻlanishidan qatʼi nazar, ularda matn maqomi mavjudligini koʻramiz [1]. Teng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar anʼanaviy tilshunoslikda bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar nomlari bilan atalib kelindi. Teng komponentli MSQlar qismlari teng bogʻlovchilar yordami bilan tuzilib, mazmunan va grammatik tomondan bir butunlikni tashkil etgan gaplar birikmasiga bogʻlangan. MSQ komponentlarini bogʻlash uchun teng bogʻlovchilar (biriktiruvchi, inkor, zidlovchi, ayiruvchi bogʻlovchilari), yuklamalar (-u(-yu), -da, -ki) va boʻlsa, esa feʼl formalari xizmat qiladi [2]. Ammo teng komponentli MSQlarni tuzishda sanab oʻtilgan vositalargina xizmat qilib qolmay, gaplar tarkibidagi ayrim soʻzlarning mazmuni
Доказательный фрагмент
«— The article analyzes the interrelationships between the components of complex syntactic devices, studies the semantic and syntactic relations between them according to derivation using examples given in English and…»
Образец извлечения
Демо-превью— The article analyzes the interrelationships between the components of complex syntactic devices, studies the semantic and syntactic relations between them according to derivation using examples given in English and… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- — Complex syntactic devices, semantic communication, morphological elements, derivate, derivational operands, component, integral derivational structure, derivational operands, Сложные синтаксические устройства, yaxlit hosila struktura, деривационные операнды, morphological elements, Complex syntactic devices, semantic aloqa, компонент, целостная деривационная структура, semantic communication, bogʻlovchi, derivatsiya operandlari, семантическая связь, морфологические элементы, Murakkab sintaktik qurilmalar, соединитель, komponent, connector, morfologik unsurlar, дериват
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025