К содержанию
РецензированоUZ2024

Problems of derivatology in the interpretation of world linguists

DERIVATOLOGIYA MUAMMOLARI JAHON · TILSHUNOSLARI TALQINIDA · Karimov Ilhom

Переводоведение и лингвистика в эпоху цифровых технологий: изучение передовых подходов · 54 · 68-77 · 2024

Аннотация

— This article provides a brief overview of the multifaceted nature of derivation and highlights its importance in various fields of study. Keywords — derivation, linguistics, derivational, lexical derivation 1. KIRISH Derivatologiya tilshunoslik fanining aloxida yo‘nalishi sifatida bugungi kunda o‘ziningmustaqil maqomiga ega. U derivatsiya muammolarini o‘rganishga hoslanganligi bois, etimologiknuqtai nazardan mazkur tushuncha bilan uzviy bog‘lanadi. Derivatsiya tushunchasi aslida lotintilidagi derivatio (ayrilish, ajralish; tarmoqlanish)so‘zidan olingan bo‘lib, u tilshunoslikda yasalish, shakllanish ma’nolarida qo‘llanmoqda [1. 67]. 2. ASOSIY QISM Derivatologiya termini 1981 yilda Perm universitetida “Derivatologiyaning nazariy muammolari” mavzusida o‘tkazilgan nufuzli ilmiy konferentsiyada qabul qilindi va hayotga yo‘llanma oldi. Ammo mazkur konferentsiyaning asosiy maqsadi derivatsion muammolarning o‘rganilishi tarixiy ildizlarini belgilab berish emas edi. Bu anjumanning amaliy ahamiyati shundaki, unda derivatologiya tushunchasi nafaqat ilmiy iste’molga kiritildi, balki unga tilshunoslikning alohida bir yo‘nalishi sifatida hayotga yo‘llanma ham berildi. Ravshanki, derivatsiya tushunchasi qariyb hozirga qadar so‘z yasalishi tushunchasining mantiqiy sinonimi sifatida qo‘llanilib kelindi. Ammo buni nisbiy tushunmog‘imiz kerak, zotan, derivatsiya o‘zining keng qamrovliligi bilan so‘z yasalishidan birmuncha farqlanadi (Bu haqda ishimizning keyingi sahifalarida mukammal ma’lumot berilmoqda). Hozirgi tilshunoslikda derivatsiya nazariyasidan so‘z birikmalari, gap, murakkab sintaktik qurilma va matn kabi nutq birliklarining shakllanishi muammolarini o‘rganishda keng foydalanilmoqda. Bugungi kunda derivatologik tadqiqotlarda iste’molga kiritilishi lozim bo‘lgan terminlarni va derivatologiya shug‘ullanishi kerak bo‘lgan vazifalarni aniq belgilangan deyish mumkin. Shuni ham aytish lozimki, derivatologiya muayyan bo‘shliqda paydo bo‘lgani yo‘q, boshqa fanlar kabi uning ham tarixiy ildizlari mavjud. To‘g‘ri, derivatologik muammolarini o‘rganish ancha kech boshlandi. Biroq leksik derivatsiya masalalari, garchi u shu nom bilan atalmagan bo‘lsa ham, azaldan olimlarni qiziqtirib kelgan. Fikr dalilini qadimgi Hindistonda Panini tomonidan yozilgan me’yoriy grammatikada ko‘rishimiz mumkin. Panini grammatikasida sanskritda so‘zlar o‘zaklarining shakllanishi bilan bog‘liq tovushlar almashinishi haqida atroflicha ilmiy ma’lumot berilganligi mazkur ish dastlabki derivatsion grammatikani taqozo etishini ko‘rsatadi [2, 48]. Qadimgi hind olimlari tilning fonetik hamda morfologik sathlari birliklarining talqiniga jiddiy e’tibor beradilar. Masalan, morfologiya haqida so‘z yuritilganda, uning quyidagi uch bo‘limdan tashkil topishini eslatib o‘tadilar: 1. So‘z turkumlari tasnifi. 2. So‘z yasalishi. 3. So‘z o‘zgarishi. Ayni paytda, albatta, derivatsion nuqtai nazardan so‘z yasalishi masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Panini grammatikasida hatto hosila shakllar xususida ham ma’lumot beriladi. Bunda so‘z tahlili masalasi haqida fikr bildirilganda, sanskritda o‘zak uch xil, ya‘ni birlamchi sodda o‘zak, yasovchi o‘zak hamda hosila (yasama) o‘zak tarzida bo‘lgani aniq qilib ko‘rsatiladi [3.20]. Bu esa, o‘z navbatida, derivatsion grammatikaning dastlabki kurtaklari qadimgi hind tilshunosligida shakllanganligidan dalolat beradi. Umuman olganda, hindlarning antik davr tilshunosligi tom ma‘noda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda mulohaza yuritganida V. Tomsen quyidagilarni alohida ta‘kidlaydi: “Hind tilshunosligi shunday cho‘qqiga ko‘tarilgan ediki, bunday cho‘qqiga Ovrupo tilshunosligi XIX asrdagina, shunda ham xindlardan ko‘p narsalarni o‘rgangan xolda, ko‘tarila oldi” [4. 10]. Derivatologiyaning shakllanishi va tarixiy ildizlari haqida so‘z yuritar ekanmiz, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida berilgan yasama so‘zlarga ham nazar tashlab o‘tish lozim, deb o‘ylaymiz. Asarda tub hamda yasama so‘zlar xususida ma‘lumot berilganda, olim quyidagilarni qayd etadi: “Otlar ikki turlidir: yasama ot va tub ot. Fe’llardan yasalgan otlar fe’l oxiriga 12 harfdan birini qo‘shish bilan yasaladi. Qilich, oq kabi otlar tub otlardir. Bu xil otlar boshqa so‘zlardan kelib chiqmagan. Yasama otlar boshqa so‘zlardan kelib chiqadi” [5. 50]. Mahmud Qoshg‘ariy otdan ot yasalishi, fe’llarning yasalishi haqida ham atroflicha ma’lumot beradi. Eng muhimi, uning so‘z yasalishi masalasiga jiddiy e’tibor qaratganligidir. Bu esa bugungi derivatologiyaning tarixiy ildizlarini turkiy tillar materialida www.samdchti.uz 117 RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy maqolalar to‘plami May – 2024 ham kuzatish mumkinligini ko‘rsatadi. Fikr dalilini Alisher Navoiyning “Muhokamatul-lug‘atayn” asarida so‘z yasalishi bobida aytilgan mulohazalarda ham qayd eta olamiz. Afsuski, Mahmud Qoshg‘ariyning sintaktik muammolar tahliliga bag‘ishlangan “Javohirun naxvi fi lug‘atit turk” asari bizgacha yetib

Доказательный фрагмент

«— This article provides a brief overview of the multifaceted nature of derivation and highlights its importance in various fields of study.»

Образец извлечения

Демо-превью

— This article provides a brief overview of the multifaceted nature of derivation and highlights its importance in various fields of study. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
— derivation, linguistics, derivational, lexical derivation, derivatologik, tilshunoslik, деривация, leksik derivatsiya, лексическая деривация, derivatsiya, лингвистика, derivation
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники