Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
Ingliz tilida leksik derivatsiyaning voqelanishi
Karimov Ilhom
Переводоведение и лингвистика в эпоху цифровых технологий: изучение передовых подходов · 79-82 · 2024
Аннотация
—Shuni alohida qayd etish lozimki, soʻz yasalishi muammosi tilshunoslik fanining keyingi taraqqiyoti davriga kelib tadqiqotlar kun tartibidagi asosiy va nufuzli masalalardan biriga aylandi. Bu masalaning grammatikada yohud leksikologiyada oʻrganilishiga ham aynan ana shu davrda chek qoʻyildi. Keywords — iction riddle, cultural significance, metaphor, symbolic interpretation, botanical lexicon, metaphorical complexity. 1. INTRODUCTION Bunda asosiy omil sifatida uni grammatikada (morfologiyada) oʻrganganimizda soʻz yasalishi bilan bogʻliq leksik-semantik muammolar, leksikologiyada oʻrganganimizda esa formal-struktur muammolar nazardan chetda qolib ketishi koʻrsatilmoqda. Ana shu bois soʻz yasalishi masalasi grammatika ham, leksikologiyada ham oʻrganilmasdan, tilshunoslikning mustaqil boʻlimi sifatida oʻz maqomiga ega boʻldi. Albatta, bunday maqom soʻz yasalishi hodisasining mukammal oʻrganilishi uchun keng imkoniyat yaratdi. Tilshunoslik fanining bugungi taraqqiyoti davriga kelib baʼzi olimlar mazkur hodisani til sistemasining alohida sathlaridan biri sifatida talqin eta boshladilar, Masalan, B.N.Golovin bu masalaga ana shunday maqom bermoqda. Biroq bunday fikr va mulohazalarga qoʻshilmayotgan tilshunoslar ham yoʻq emas [1.2.]. 2. MAIN PART Darhaqiqat, soʻz yasalishini tilning alohida sathi deb qaraydigan boʻlsak, u holda tilning boshqa sathlarida boʻlganidek, uning oʻziga tegishli birligi boʻlmogʻi lozim edi. Yasama soʻzlarni esa bunday maqomga ega deb boʻlmaydi. Chunki ular ham soʻz hisoblanganligi uchun tilning soʻz sathi birligi sanaladi. Ammo bu bilan soʻz yasalishi hodisasini tilshunoslik fanining mustaqil boʻlimi sifatida oʻrganish maqsadga nomuvofiq degan xulosaga kelish nooʻrin, deb oʻylaymiz. Chunki uning alohida sath maqomiga ega emasligi bunga monelik qila olmaydi. Biroq shuni ham aytish joizki, soʻz yasalishi hodisasini anʼanaga koʻra morfologiyada oʻrganish, bizningcha, katta xato hisoblanmaydi. Negaki, yasama soʻzlar ham tub soʻzlar singari, leksik maqomga ega boʻlgan birliklardir. Ammo ular yasalish tushunchasi bilan bogʻliq boʻlgani uchun ikkilamchi xarakterlidir. Tub soʻzlar esa bunday belgiga ega emas. Shuning uchun yasama soʻzlarni tilshunoslikning alohida sohasi sifatida oʻrganish maqsadga muvofiq koʻrinadi, Bunday vaziyatda ularga xos boʻlgan formal- semantik, genetik. struktur-funksional aspektlarning barchasini mukammal yoritish imkoniyati vujudga keladi [3]. Aslini olganda, soʻz yasalishi hodisasi leksikologiya bilan ham, morfologiya bilan ham, sintaksis bilan ham uzviy aloqadordir. Uning bunday xususiyati tilshunoslikning barcha sohalari bilan yonma-yon turishidan dalolat beradi, Biroq soʻz yasalishi hodisasi ikkilamchi xarakterli boʻlgani uchun ulardan oʻziga xos yoʻsinda farq qiladi. Soʻz yasalishi bilan bogʻliq boʻnday masalalaming barchasini Ye.S. Kubryakova mukammal yoritib bergan va shu bilan birga, soʻz yasalishi jarayonini shakllantiruvchi asos, yasovchi, hosila kabi tushunchalar izohini ham atroflicha tavsiflagan [1]. Unga koʻra asos deb yasama soʻz tarkibidan barcha grammatik vositalarni olib tashlangandan keyin qolgan qismini tushunmoq kerak. Boshqacha aytganda, fleksiyalardan xoli qism asosi tashkil etadi, Shu bois faqat oʻzak morfemaning oʻzi asos sanaladi va u hosila belgilariga ega boʻlmaydi. Soʻz yasalishida affiks muhim vazifa bajaradi, zero, uning yordamida yangi soʻz yasaladi. Biroq affiks soʻz asosiga turlicha maqsadga qoʻshilishi mumkin. Agar u soʻz oʻzgartiruvchi xarakterli boʻlsa, yangi soʻz yasalmaydi, balki forma yasaladi, Affiks vositasida yangi soʻz yasalgandagina soʻz yasalishi hodisasi shakllanadi. Bunday affiks derivatsion vazifa bajaradi va shu bois uni yasovchi deb atashadilar. Soʻz yasalishi bilan bogʻliq ishlarda derivatsion nufuzga ega boʻlgan affiksni formant deb ham atash mumkin. Ayni paytda soʻz yasalishi asosi yasovchi formant va hosila struktura haqida mulohaza yurita olamiz, Albatta, formantning soʻz yasalish asosiga qoʻshilishi jarayoni har doim ham bir xil, yaʼni mushtarak modellarni vujudga keltirmaydi. Bu jarayonda modellashtirish hodisasi roʻy beradi. Masalan, muayyaan bir affiks yordamida kasb-hunar otlari yasalsa, boshqa bar affiks qurol otlarini, yana boshqa biri esa yasama sifatlarning muayyan turini va hokazolar shakllantiradi. Ana shu jarayonda soʻz yasalishida mushtaraklik kuzatilishi yagona mldel doirasida vujudga keladi va buni soʻz yasalishi tipi deya ataymiz www.samdchti.uz 113 RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy maqolalar to‘plami May – 2024 Maʼlum bir modelga asoslanadigan soʻz yasalishi tipi haqida dastlab chex olimlari fikr bildirgan edilar. Chex tilshunosi N.A. Yanko Trinitskoy bu haqda quyidagilarni taʼkidlaydi: “Model - bu yasama soʻzning kategorial xarakteristikasi va uning qaysi affiks vositasida vujudga kelishini koʻrsatib beruvchi yasama soʻzning struktur sxemasidir” [4]. Tabiiyki, soʻz yasalishi hodisasi har bir tilning oʻz ichki imkoniyatlari d
Доказательный фрагмент
«—Shuni alohida qayd etish lozimki, soʻz yasalishi muammosi tilshunoslik fanining keyingi taraqqiyoti davriga kelib tadqiqotlar kun tartibidagi asosiy va nufuzli masalalardan biriga aylandi.»
Образец извлечения
Демо-превью—Shuni alohida qayd etish lozimki, soʻz yasalishi muammosi tilshunoslik fanining keyingi taraqqiyoti davriga kelib tadqiqotlar kun tartibidagi asosiy va nufuzli masalalardan biriga aylandi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- — iction riddle, cultural significance, metaphor, symbolic interpretation, botanical lexicon, metaphorical complexity, символическое толкование, метафорическая сложность, iction jumboq, ramziy talqin, metafora, metaforik murakkablik, метафора, iction riddle, ботаническая лексика, культурное значение, botanika leksikasi, художественная загадка, madaniy ahamiyat
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025