Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Ingliz va o‘zbek tillaridagi qishloq xo‘jaligiga oid matnlarida ko‘rsatish hodisasining xususiyatlariga doir
Bozorova Munisa · . ASOSIY QISM (Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti doktoranti)
Переводоведение и лингвистика в эпоху цифровых технологий: изучение передовых подходов · 419 · 478-481 · 2024
Аннотация
— Ilmiy matnda muallif o‘zining nutqini qisqa ravon va izchil bayon etishi lozim. Ilmiy matnlarga xos bo‘lgan atamalardan foydalanish matnni to‘liq shakllantirsada, ba’zi holatlarda ulardan foydalanishni ham kamaytirish lozim bo‘ladi, mazkur holatda ularni ko‘rsatish vositalaridan foydalangan holda bayon qilish matnni mazmunini boyitadi. Mazkur maqola qishloq xo‘jaligiga oid inlgiz va o‘zbek tilidagi matnlarda ko‘rsatish xususiyatining ba’zi holatlarini ko‘rib chiqadi va ular o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlarni ko‘rsatib beradi. Kalit so‘zlar — deyksis, anafora, qishloq xo‘jaligiga oid matn, ilmiy matn, ko‘rsatish, diskurs. 1. KIRISH Har bir nutq ijodkori (matn muallifi) voqelikda kechayotgan hodisani o‘zicha idrok etadi, uni ma’lum makon, zamon hududida tasavvur qilib, hosil bo‘lgan mantiqiy tasavvurga lisoniy libos beradi. Lisoniy voqelanish va mazmun shakllanishi nutq muallifi tanlagan “sanoq boshi”, ya’ni kechayotgan hodisani zamon-makon maydoniga joylashtirish bilan bog‘liqdir. Demak, nutqiy faoliyatda doimo lisoniy shaklni voqelik bilan bog‘lash hamda unga nisbatan shaxsiy munosabat bildirish ehtiyoji tug‘iladi. Xuddi shu vazifalar ijrosi deyktik vositalar zimmasidadir [6, 174]. 2. ASOSIY QISM “Deyksis” so‘zining asl yunoncha ma’nosi “ko‘rsatish”, “ishora” bo‘lib, ilmiy qo‘llanishda lison vositasida “voqelikka ishora, ko‘rsatish” mazmunini olgan. Ko‘rsatish, ishora vazifasini ado etuvchi birliklarni deyktik ibora deb atashadi. Bu iboralarga nisbatan ayrim faylasuf va tilshunoslar “indeksikallar” (indexicalls) atamasini ham qo‘llab kelishmoqda. Ushbu turdagi iboralar nutqiy muloqot tizimi mazmundorligini ta’minlovchi doimiy vositalardan biridir. Masalan, biror bir notanish narsani ko‘rib qolib, “Bu nima?” savoli bilan suhbatdoshga murojaat qilinganda, deyktik ibora (“bu”) vositasida shu muhitda mavjud bo‘lgan narsa- predmetga ishoradir [1, 24]. Bu jihatdan rus olimi B.A.Serebrennikovning deyksis haqidagi quyidagi fikrlari o‘rinli: “Deyksis inson nutqiy faoliyatining o‘ziga xosligidir. Jonsiz narsalar olamida hech qanday deyktik vositalar uchramaydi va bunga ehtiyoj ham mavjud emas. Bir predmetning boshqa predmetlardan ajratib ko‘rsatilishi, uning o‘rniga ishora qilinishi bilan predmet o‘z xususiyatini o‘zgartirmaydi. Insonga deyksis nutq mo‘ljalini olish uchun zarur. Deyktik birliklardan mahrum etilgan nutq tinglovchi uchun umuman tushunarsiz bo‘lib qolishi mumkin” [7,24]. Har qanday qo‘shimcha jiloli so‘zlardan holi tarzda tarkib topuvchi ilmiy matnlar o‘zlarida kerakli ma’lumotni to‘plab o‘quvchiga yetarli ma’lumotni taqdim qilsada, ilmiy matnlarni faqatgina atamalardan iborat deyish ham noo‘rindir. Ya’ni ilmiy matn tarkibida ham muallif o‘quvchiga yetkazmoqchi bo‘lgan masalar bayonini deyktik belgilar ko‘magida berishi mumkin. Deyksis nutqda til birliklarning ishoraviylik xususiyatini namoyon qiluvchi hodisadir. Ishoraviylik vazifasini lingvistik va ekstralingvistik vositalar orqali bajaruvchi deyksis tilning belgilar tizimi sifatida shakllanishida muhim o‘rin tutadi [4, 12]. Qishloq xo‘jaligiga oid ilmiy matnlarda shaxsni deyktik vositalar bilan ko‘rsatish vazifasini ingliz tilida kishilik va egalik olmoshlari bajaradi: By observing individual fields over years, we can understand the effects of crop rotation, tillage practices, soil amendments, and removal of harvested material on soil properties. (Crop ecology 14) O‘zbek tilida bu vazifani nafaqat kishilik olmoshlari vositasida balki egalik qo‘shimchalarining o‘zi ham belgilab kela oladi: O‘z tajribalarimizda nuxatning Yulduz, O‘zbekistanskiy-32 va Umid navlarini har xil (25-fevral, 5-mart, 15-mart, 25-mart,5-aprel,15- aprel) muddatlarda va 60x6 ekish sxemasida ekilganda ekin ildizining biomassasini tuproq gorizontlari bo‘yicha tarqalishini o‘rgandik. 899 Ingliz tilida uchinchi shaxsni birlik shakli turlicha kela olsa, o‘zbek birlikdagi uchinchi shaxs yagona shaklda ifodalanadi: u. Mazkur kishilik olmoshi o‘zbek tilida jonli va jonsiz, inson yoki predmetni ajratmaydi, ya`ni ularning barchasi uchun referent bo‘lib kela oladi: Johannsen observed that the Princess cultivar in common bean had seeds that differed in their weight. He then developed 19 lines by saving progeny from each of 19 single seeds from the original seed lot. (Essentials of plant breeding 78.). www.samdchti.uz 82 RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy maqolalar to‘plami May – 2024 I.V.Michurin bilan bir vaqtda Amerika seleksioneri Lyuter Ber-bank duragaylash va tanlash usullari ustida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadi. U har bir chatishtirish juftlari bo‘yicha juda ko‘p nihollar o‘stirib, ular ichida qat’iy tanlash olib bordi va turli ekinlarning bir qator mashhur yangi navlarini yaratish imkoniyatiga ega bo‘ldi ((X.Otaboyeva. O‘simlikshunoslik, Toshkent- Mehnat 2000. B. 205). Voqelik bayonida zamon – makon – ijtimoiy mavqe markazlari muloqot shaxsi tomonidan belgilanadi [6, 178]. Ilmiy matnlarda makon deyksisining
Доказательный фрагмент
«— Ilmiy matnda muallif o‘zining nutqini qisqa ravon va izchil bayon etishi lozim.»
Образец извлечения
Демо-превью— Ilmiy matnda muallif o‘zining nutqini qisqa ravon va izchil bayon etishi lozim. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- deixis, anaphora, дискурс, diskurs, научный текст, экспозиция, дейксис, анафора, сельскохозяйственный текст, ilmiy matn, deyksis, scientific text, discourse, display, agricultural text, ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligiga oid matn, anafora
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025