К содержанию
РецензированоEN2024

Methodological significance of aphorisms in teaching foreign languages

AFORIZMLARNING XORIJIY TILLARNI · METODOLOGIK AHAMIYATI · Ahmedova Gulizebo Yakubovna · Ahmedova Gulizebo Yakubovna (Samarqand davlat chet tillar instituti tayanch doktoranti)

Переводоведение и лингвистика в эпоху цифровых технологий: изучение передовых подходов · 478-481 · 2024

Аннотация

This article deals with the issue of using aphorisms in teaching foreign languages. Due to the fact that aphorisms trace the specific nationality of a language, aphorisms help learners to learn about the culture of another nation, to understand the speech in a foreign language correctly, as well as to enrich the vocabulary of learners. Effective use of aphorisms allows to develop students' communicative abilities at all levels of language: phonetic, lexical and grammatical. Keywords: aphorism, paremiology, teaching material, language skills, phonetics, vocabulary, grammar. 1. KIRISH QISMI Til ijtimoiy hodisa sifatida ushbu tilda so‘zlashuvchilarning haqiqatlari va an’analari bilan chambarchas bog‘liq. Til va madaniyatni hamohanglikda o‘rganish talabalarning xorijiy tillarni bilish darajasini oshiradi, bu esa talabalarga o‘rganilayotgan tilning paremiologik birliklariga qiziqishini oshiradi. 2. ASOSIY QISM Bugungi kunda tilshunoslikda paremiologiya sohasi tilshunoslarning e’tiborini tortib kelmoqda. Paremiologiyaning obyekti paremalar bo‘lib, ular maxsus til birliklari, belgilari hamda inson muloqotining zarur elementlari hisoblanadi. Parema yoki paremiya yunoncha paroimia - “masal”, “ramzli hikoya” degan ma’noni bildirib, ma’lum bir tildagi avloddan-avlodga og‘zaki shaklda ko‘chib yuruvchi, ixcham va sodda, qisqa va mazmundor, mantiqiy umumlashma sifatida paydo bo‘lgan turg‘un ibora, maqol, matal va aforizmlardir [5, 222 b.]. www.samdchti.uz 62 RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy maqolalar to‘plami May – 2024 Dunyo tillarining paremiologik fondlari nafaqat madaniy manbani, balki lingvistik ma’lumotlar jamlanmasini ham anglatadi. Paremiologik birliklarni o‘rganish xorijiy tillarning grammatikasi, fonetikasi, lug‘at boyligi va sintaksisining jihatlarini tushunishga imkon beradi. Paremiyalarni tahlil qilish orqali ona tilida so‘zlashuvchilar lisoniy olam manzarasining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish mumkin. Xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida maqollardan foydalanish bo‘yicha bir qator ilmiy ishlar olib borilgan. Jumladan, amerikalik mashhur paremiolog Miderning so‘zlariga ko‘ra, til o‘rgatishda qadimdan maqollardan foydalanib kelingan va bu an’ana davom ettirilishi lozim, chunki maqollar bilim berishning asosiy didaktik vositalaridan biridir. Olimning fikricha, maqollar bir tilda so‘zlashuvchi kishilarning barchasiga xos bo‘lganligi sababli, inson tabiati va umuman, dunyo haqidagi umumiy bilimlarni berishning samarali vositasidir. Xorijiy tillarni o‘qitishda esa ular o‘ziga xos madaniy va metodik vazifani bajarib, ingliz tilini o‘rgatishda maqollar o‘quvchilarning so‘zlashuv qobiliyatiga samarali ta’sir ko‘rsatadi [2, 146 b.]. Bizning tadqiqotimiz aforizmlarni xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida qo‘llashga qaratilgan, chunki aforizmlarning xorijiy tillarni o‘qitishda bir qator afzalliklari borligiga qaramay, aforizmlarga ta’lim jarayonida, ayniqsa xorijiy tillarni o‘qitishda yetarli ahamiyat berilmaydi. Aforizm deganda biz muallifning atrofdagi ma’lum bir voqealarni kuzatuvi asosida vujudga kelgan umumlashtiruvchi bayonotini tushunamiz. Bir kishi tomonidan yaratilgan bunday bayonot keyinchalik boshqa odamlarning nutqida ushbu kuzatuvlarning haqqoniyligi sababli qayta-qayta takrorlanishi mumkin. B. Tomlinson “Materials Development for Language Learning and Teaching” asarida o‘quv materiallarining ta’limiy, tajribaviy, aniqlashtiruvchi va kashf etuvchi kabi maqsadlarini ta’kidlaydi [1, 143 b.]. Turli xil o‘quvchilar xorijiy tillarni turli yo‘llar bilan o‘rganar ekan, aforizmlar o‘quv materiallarining yuqorida keltirib o‘tilgan maqsadlaridan biri sifatida o‘quvchilar uchun xorijiy tillarni o‘rganishda qo‘llanilishi mumkin. Xorijiy tillarni o‘rganuvchilar samarali natijalarga erishishlari uchun, barcha til ko‘nikmalaridan foydalangan holda aforizmlarga xos bo‘lgan mantiqiy va lingvistik xususiyatlarni tushunishga harakat qilishlari zarur. Aforizmlar nafaqat ingliz tilining balki boshqa xorijiy tillarning ham til va nutq materiallarining ajralmas qismidir. Ular og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan bir qatorda, gapirish va yozish ko‘nikmalarini shakllantirishda ham turtki bo‘ladi. O‘rganilayotgan tilning aforizmlarini anglash so‘zlovchi nutqining mazmuni va ma’nosini tushunish darajasiga bog‘liq. Nutq jarayonida aforizmlardan foydalanish, albatta, nutq madaniyatini ko‘p jihatdan oshirishi mumkin, bu esa unga falsafiy yondashuv bilan yanada chuqurroq ma’no beradi. Ingliz tili darslarida aforizmlardan talabalarning lug‘at boyliklarini oshrish, grammatikani faollashtirish, har xil o‘qish turlarini shakllantirish va nazorat qilish, monologik va dialogik nutq va yozish qobiliyatini rivojlantirish kabi ko‘plab vazifalarni hal qilish uchun ishlatilishi mumkin [4, 295 b.]. Xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida aforizmlar til qobiliyatini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan ifodali vosita sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quv jarayoni

Доказательный фрагмент

«This article deals with the issue of using aphorisms in teaching foreign languages.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article deals with the issue of using aphorisms in teaching foreign languages. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
aphorism, paremiology, teaching material, language skills, phonetics, vocabulary, grammar, грамматика, leksika, til ko‘nikmalari, paremiologiya, o‘quv materiali, fonetika, grammatika, языковые навыки, учебный материал, афоризм, aforizm, фонетика, паремиология, лексика
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ФилологияRUРецензированоОткрытый доступ
Контекстуальное согласование семантических образований и их эстетико-эмоциональное воздействие на описание языковой картины мира

Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019

3