Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Badiiy tarjimada nasr va nazm masalalari
Abdirasulov Bahodir Abdimital o‘g‘li · Ismoilova Mashhura Maxsudxon qizi (Samarqand davlat chet tillar instituti o‘qituvchisi,)
Переводоведение и лингвистика в эпоху цифровых технологий: изучение передовых подходов · 478-481 · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada badiiy adabiyotda nasr va nazm janrlarida yaratilgan asarlarning tarjima usullari va malakalarining muhim jihatlari yoritilgan. Maqolada nasriy va nazmiy tarjima masalalari, shu jumladan, badiiy tarjimaning ham muayyan bir turda yaratilgan asarning boshqa bir til vositasida qayta yaratilganligi sifatida badiiy adabiyot me’zonlariga to‘g‘ri kelishi, to‘liqligi va tarjima jarayonida qo‘llanilgan usullar, muqobil so‘zlarni tanlash haqida fikr –mulohazalar bildirilgan. Kalit so‘zlar: tarjima, adabiy yo‘nalish, nasr, nazm, badiiy adabiyot, poetik tuzilish, majoziy ibora, tovush, ekspressivlik. 1. KIRISH. Adabiyot – so‘z san’ati deb tan olingan ekan, badiiy asarlarning tarjimalariga ham bu ta’rifni qo‘llash mumkin. Chunki tarjima adabiyoti ham asl adabiyotning namunasi hisoblanadi. Badiiy asarlarni tarjima qilish uchun til bilishning o‘zi yetarli emas, buning uchun ijodkorlik iste’dodi va badiiyat ilmidan xabardor bo‘lish ham talab etiladi. Shuning uchun badiiy asarlar tarjimasiga ko‘proq shoir-yozuvchilar yoki badiiy adabiyotdan bahramand kishilargina qo‘l uradilar. Dunyoning mashhur so‘z san’atkorlari “tuyg‘u va obrazlar olamini chuqur anglamoq uchun tarjimon o‘zi qalban san’atkor bo‘lmog‘i zarur” deydilar [1, 3]. Ko‘rinib turibdiki, nasriy tarjima-roman, ocherk, baddiy adabiyot, qissa, komediya, xalq ertaklari, avtobiografiya, tanqidiy asarlar, ilmiy-fantastik va hokazolarni qaytadan yaratish hisoblanadi. She’riy tarjima o‘ta murakkab ekanligini bilamiz, lekin nasriy asarni tarjima qilish jarayonida ham tarjimon juda ko‘p qiyinchiliklarga duch kelishini tan olish kerak. Masalan, Uiklif injil ingliz tilidagi asar bo‘lib, u tabiatan zaif bo‘lgan ingliz nasrining kamchiliklarini tasvirlab beradi. Ingliz nasriy tarjimasining buyuk davri 15-asrning so‘nggi bosqichlarida Sir Tomas Maloryning “Le morte d’Artur” asari bilan boshlanadi, lekin uni to‘g‘ri tarjima deb atash qiyin. 2. ASOSIY QISM. Agar manba va tarjima tilllari turli madaniy guruhlarga aloqador bo‘lsa, nasriy asarni tarjima qilayotgan tarjimon oldida turgan birinchi muammo – bu o‘z tilida ya’ni tarjima qilinayotgan tilda so‘zlarning ma’nosiga maksimal darajada muvofiqligini ifodalovchi atamalarni topishdir. Masalan, odatiy tilda ishlatiladigan matolar, pazandachilik mutaxxassisligi yoki ish joylari bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi so‘zlar mavjud bo‘lib, ular ham o‘ziga xos madaniyatni ifodalaydi va tarjimonlardan bunday so‘zlardan foydalanishda juda ham ehtiyotkorlik talab etiladi. Ular, shuningdek, noaniq so‘z birikmalarini aniqlashtirishni qiyinlashtiradi. Xuddi shunday, nasriy tarjimada hikoya va romanlarning sarlavhalarini tarjima qilish jiddiy muammo tug‘diradi yoki butunlay imkonsiz bo‘lgan bunday noaniqliklarga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Nasriy tarjimadagi muammolar san’at sohasiga bevosita aloqador hisonlanadi va uning o‘ziga xos qonuniyatlariga chambarchas bog‘liqdir. Adabiy nasr tarjimasi adabiy ijoddan farq qiladi, chunki uning yaratilishi tarjima obyektining mavjudligi bilan bilan bog‘liq. Biroq haqiqiy adabiy jarayonda nasriy tarjima va badiiy ijodiy namunalar o‘rtasida alohida farqlashning umuman imkoni yo‘q. Ayrim hollarda asar umumiy ma’noda tarjima asari bo‘lmasligi mumkin, lekin uni adabiyot namunasi sifatida mutlaqo ifodalab bo‘lmaydi. “Tarjima jarayonining mohiyati asl nusxada aks etgan shakl bilan mazmunning birligini, yaxlitligini saqlash uchun bo‘lak tildan muqobil vositalar qidirib topishdan iborat. Bundan tashqari, asl nusxa mazmunini boshqa tilda berishning mavjud bir nechta imkoniyatlari orasida eng muqobil va muvofiq variantini tanlash ham adekvat tarjimaning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Ana shu muqobil til vositalarini qidirib topish va muvofiq variant tanlash ijodiy xarakterga ega bo‘lib, tarjima qiluvchi kishi, ya’ni tarjimondan ongli mehnatni talab qiladi. Tilning ifodaviyligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar tarjimasida ham muayyan badiiy – ijodiy masalalarni yechishga to‘g‘ri keladi. Bu tarjimondan badiiy mahoratni talab qiladi. Bunday tarjima san’at darajasiga kiradi” [2, 149]. Nasriy tarjimadagi qiyinchilik shundan iboratki, mazmun ham, uslub ham asl nusxada allaqachon yaratilgan bo‘ladi va tarjimon ularni butunlay boshqa tilda bo‘lganligi sababli asarni qayta yaratish uchun qo‘lidan kelganini ya’ni bor mahoratini ishga solishi kerak bo‘ladi. Tarjimonlar duch keladigan eng o‘ziga xos muammolar qatoriga o‘qib bo‘lmaydigan matn, yetishmayotgan havolalar, grammatikaning bir nechta usullari, shevaga xos atamalar neologizmlar, atamalar, qisqartmalar, tarjima qilib bo‘lmaydigan alohida madaniy havolalar va boshqalar kiradi. Bu muammolar tarjimada nasr uchun ham nazm uchun ham birdek aloqador. Afsuski, ko‘pgina nasriy tarjimonlar badiiy matnning murakkab tizimlar yig‘indisi ekanligini tushuna olmaydilar. Bunday nosozliklar muntazam ravishda matnning asosiy qismidan chetlab o‘tib fikrni boshqa tarafga qaratishga olib keladi. www.samdchti.uz 52 RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRI
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada badiiy adabiyotda nasr va nazm janrlarida yaratilgan asarlarning tarjima usullari va malakalarining muhim jihatlari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada badiiy adabiyotda nasr va nazm janrlarida yaratilgan asarlarning tarjima usullari va malakalarining muhim jihatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ekspressivlik, adabiy yo‘nalish, sound, проза, prose, poetic structure, перевод, выразительность, nasr, художественная литература, tarjima, образное выражение, стих, tovush, poetik tuzilish, expressiveness, literary direction, nazm, figurative expression, поэтическая структура, badiiy adabiyot, majoziy ibora, translation, fiction, verse, литературное направление, звучание
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025