К содержанию
РецензированоUZ2024

Kompyuter tarjima dasturlari tarjimonning kasbiy kompetensiyasi sifatida

KOMPYUTER TARJIMA DASTURLARI · TARJIMONNING KASBIY · KOMPETENSIYASI SIFATIDA · Abdullayev Tursunpo‘lat · . ASOSIY QISM (Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti)

Переводоведение и лингвистика в эпоху цифровых технологий: изучение передовых подходов · 2 · 223–243 · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada kompyuter tarjima dasturlarining tarjima sohasidagi ahamiyati, ularning tarjimon kasbiy kompetensiyasini shakllantirishdagi roli tahlil qilingan. Kalit so’zlar: Tarjima dasturlari, mashina tarjimasi, kasbiy kompetensiya 1. KIRISH Tarjima kompetensiyasining asosiy qismlariga rus tarjimashunoslari bilim-mahorat-ko’nikma uchligi doirasida shakllanadigan asosiy, maxsus va xususiy komponentlarni kiritsa [Latishev, Provorotov, 20021: 136], Baresolonada faoliyat ko’rsatayotgan PACTE (Process in the Acquisition of TranslationCompetence and Evaluation) guruhi tarjima kompetensiyasini juft tillik (bilingvistik), ekstralingvistik bilim, instrumental, strategik va psixofiziologik kabi besh komponentdan iborat deb hisoblaydilar. Bu komponentlar ichida instrumental komponent turli manbalar va axborot texnologiyalaridan foydalanish imkonini beradigan bilim zahirasini anglatishligi tarjimashunos olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. 2. ASOSIY QISM Mashina tarjimasi (MT) tizimi bilan mashg’ul va axborot-semiotik yondashuv tarafdorlari bo’lgan tadqiqotchilar tarjima faoliyatini nutqiy faoliyatni axborot uzatish jarayoni sifatida talqin qiladilar [5, 228]. Avtomatik tarjima bilan mashg’ul tadqiqotchilar nazdida tarjima – axborot yaratish va uzatish jarayonidir va ushbu faoliyat esa induktiv usullar yordamida o’rganilishi lozim. Bu yondashuvda nutq yaratilishining umumiy mexanizmlari so’nggi o’rinda turadi. Bundan tashqari, informatsiya – semiotik yo’nalishda faqat til va kommunikatsiya munosabati sifatida o’rganilib, tarjima faoliyatining markaziy elementi – inson nazardan chetda qoladi. Mashina tarjimasi tizimlari nomini olgan kompyuter tarjima dasturlari tarjima sanoatida muhim vositaga aylansada, ular professional tarjimon shaxsi vazifasini to’liq bajarib bera oladi degan fikrdan yiroqmiz. Faqatgina ular tarjimonlarning ishini yengillashtirishi va muayyan kontekstlarda ularning samaradorligi va mahsuldorligini oshirishi mumkin. Kompyuter tarjima dasturlari professional tarjimonlarning malakasi bilan qanday bog‘liqligini quyida tahlil qilib o’tamiz. Kompyuter tarjimasi dasturlari katta hajmdagi matn yoki hujjatlarni tarjima qilishni avtomatlashtirish orqali professional tarjimonlarning samaradorligi va mahsuldorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Tarjimonlar dastlabki qoralamalarni tezda yaratish uchun MT tizimlaridan foydalanishlari va keyin faoliyatini tarjimalarni takomillashtirish va jilolashga yo'naltirishlari mumkin. MT tizimlari izchillik va aniqlik muhim bo'lgan texnik qo'llanmalar, huquqiy hujjatlar yoki mahsulot tavsiflari kabi informatsion matnlarni tarjima qilish uchun foydalidir. Professional tarjimonlar yuqori sifat standartlariga javob bera oladigan tarjimalarni yaratish bilan birga, ushbu turdagi kontentni yanada samaraliroq boshqarish uchun MT dan foydalanishlari mumkin. Tarjima sohasida inson omili til me’yorining toʻgʻriligi, madaniy muvofiqligi va umumiy uygʻunligini taʼminlash uchun mashinada yaratilgan tarjimalarni koʻrib chiqish va tahrirlash orqali sifatni taʼminlashda hal qiluvchi rol oʻynaydi. Tarjima kompetensiyasi haqida gapirganda, tarjimonning o’z faoliyati turli sohalarida kommunikativ vositachilikni amalga oshirishdagi professional qobiliyatini tavsiflovchi tushunchani nazarda tutamiz. So‘nggi o‘n yilliklarda ushbu konsepsiya (tarjimonlik kompetensiyasi) Yevropa Kengashi tomonidan ta'lim sohasida ishlab chiqilgan standartlar doirasida, shuningdek, o‘zbek va xorijiy ekspertlarning maqolalarida tavsiflanib kelinmoqda. “Tarjima” va “kompetentlik” tushunchalarini bog’lash g’oyasi birinchi marta isroillik mutaxassis va tarjimon G.Turi tomonidan ilgari surilgan. Olim bu atamani N.Xomskiyning til kompetensiyasi nazariyasidan ilhomlanib yaratgan bo’lsa ajab emas. Tarjima kompetensiyasining mazmuni haqida ancha uzoq davom etgan munozaralar davomida tarjimonning ijtimoiy, kommunikativ va to‘g’ri matn tuzish ko‘nikmalarini tavsiflovchi bir nechta kichik kompetensiyalardan iborat model paydo bo‘ldi. Ko‘rinib turibdiki, tavsiflangan kompetensiya xorijiy tillarni bilish darajalari bo‘yicha hujjat – Common European Framework of Reference for Languages bilan bog’liq. www.samdchti.uz 37 RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy maqolalar to‘plami May – 2024 Ushbu konsepsiyani ishlab chiqqan ispan mutaxassislari V. Montalt Ressurrechio, P. Espeleta Piorno va I. Garsia Izkuerdo tarjima kompetensiyasining markaziy tushunchasi matn toifalariga va birinchi navbatda janrga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblaydilar, chunki kompetensiy tarjimonlarga ta’lim berish amaliyoti, ularning kasbiy faoliyati sohasida shaxsiy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun xizmat qiladi. A.Noyber tarjimon kompetensiyasining mazmuni muammosini o‘rganar ekan, madaniyatlararo muloqot sohasidagi mutaxassis bilimi va ko‘nikmalarining murakkabligi, turli xilligi va nisbiy empirik xususiyatini hisobga olishni taklif qiladi. Tarjimonlik faoliyati mazmunining o‘ziga

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada kompyuter tarjima dasturlarining tarjima sohasidagi ahamiyati, ularning tarjimon kasbiy kompetensiyasini shakllantirishdagi roli tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada kompyuter tarjima dasturlarining tarjima sohasidagi ahamiyati, ularning tarjimon kasbiy kompetensiyasini shakllantirishdagi roli tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
machine translation, Translation programs, Tarjima dasturlari, professional competence, kasbiy kompetensiya, машинный перевод, Программы перевода, профессиональная компетентность, mashina tarjimasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники