Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ВАЛЕНТНОСТЬ КАК ПРИЛАГАТЕЛЬНОЕ
Begimqulova Sevara Faxriddinovna
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
This article provides information about the effect of adjectives on valence, the concept of valence and its types, and its role in our speech is highlighted through examples. The study of the word in speech and its ability to combine with other words are mentioned. Key words: valence, lexical valence, semantic valence, syntactic valence, grammatical form valence, word string valence. ВАЛЕНТНОСТЬ КАК ПРИЛАГАТЕЛЬНОЕ Аннотация. В данной статье представлена информация о влиянии прилагательных на валентность, понятие валентности и ее виды, а также на примерах освещена ее роль в нашей речи. Упоминается изучение слова в речи и его способности сочетаться с другими словами. Ключевые слова: валентность, лексическая валентность, семантическая валентность, синтаксическая валентность, валентность грамматической формы, валентность словесного ряда. Tilshunoslikda XX asrda lisoniy birlikning substansial ma’nosi bormi yoki yoʻqmi degan savol oʻrtaga tashlandi. Jahon tilshunosligida birinchi boʻlib G.Paul asos soldi va substansial dialektika maktabini ochdi. Oʻzbek tilshunosligida XX asrning oxiri XXI asrning boshlarida Azim Xojiyev, R.Rasulov va Eltazarovlar valentlik va substansial tilshunoslik yuzasidan tadqiqotlar olib bordilar. Valentlik atamasi dastlab kimyo fanidan kirib kelgan va uni kimyoviy atama sifatida koʻramiz. Tilshunoslikdagi valentlik tushunchasining mohiyati ham kimyo fanidagidek. Valentlik bu — lisoniy birliklarning birikish va biriktirish imkoniyatidir. Birikishi lozim boʻlgan leksemalar 224 ma’no va grammatik jihatdan mos boʻlishi lozim. Bunga: it vovulladi, chumchuq sayradi, eshak hangradi, odamlar kuldi, ot kishnadi, soʻzlar yozildi, shamol esdi kabi misollarni keltirish mumkin. Bir leksemaning ongdagi birikish imkoniyati valentlik ekan, uning nutqda voqelanishi sintaktik aloqa hisoblanadi. Masalan, bir elementni olaylik, uning valentligi ro‘yobga chiqmagan, namoyon bo‘lishi uchun sharoit talab etiladi.Lisoniy birlik ham shunday birikish va biriktirish imkoniyatiga ega. Valentlik ham insoniyat, jamiyat a’zolari ongida yashaydi. Masalan, yoz leksimasini olaylik, kishi ongida bir qancha bo‘sh o‘rniga ega holatda mavjud. Yoz leksimasi nutqda voqelanib, bir qancha leksema bilan birikish imkoniyatiga ega. Bu leksemani sifatlar bilan kengaytiramiz; chiroyli yoz, katta yoz, kichik yoz, mayda yoz, bejirim yoz, lotincha yoz, ruscha yoz va hakoza.Ammo yuqorida aytganimday leksemalar hamma bir turdagi ma’no tashiydigan so‘zlar bilan birikib ketolmaydi. Chiroyli yoz birikmasi o‘rniga go‘zal yoz deyolmaymiz yo latofatli yoz deyolmaymiz. Turli xil elementlar bir biriga mos bo‘lgandagina birika olganligi kabi lisoniy birlik ham ma’no va grammatik jihatdan muvofiq bo‘lmog‘i lozim.Boshqacha aytganda biriktiruvchi leksema birikishi lozim bo‘lgan leksemani nafaqat ma’no jihatdan,balki bir grammatik shaklda ham mos bo‘lishini talab etadi.Shunga ko‘ra valentlik lug‘aviy va sintaktik qatlamga ajraladi. Lugʻaviy valentlik — ikki birikuvchi leksemaning ma’no jihatdan birikishi. Masalan, sifat va otlarning birikuvida ko‘radigan bo‘lsak,o‘ktam yigit,latofatli qiz ; biz latofatli yigit yoki o‘ktam qiz deya olmaymiz.Yana misol qilib “Eshak qattiq hangradi”, “Qiz sokin kuyladi”ni olishimiz mumkin. Xuddi shunday hangramoq so‘zi eshakka hos bo‘lganligi uchun “mayin, sokin’’ so‘zlari bilan birika olmaydi. Bunday birikmalardan foydalansak juda qoʻpol gʻalizlik qilgan boʻlamiz. Semantik valentlikni sodda qilib soʻz turkumlarining birika olish qobiliyati desak mubolagʻa boʻlmaydi. Masalan, chiroyli qadam — sifat + ot, shahdam qadam bosmoq — ravish + fe’l, koʻp daftar — ravish + ot, oʻqiydigan talaba — sifatdosh + ot, koʻplab bahonalar — ravishdosh + ot. Sintaktik valentlik — tobe hokimlik munosabatidagi izchil birikishdir. Bunga yana sifatlardan misol qilib quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin: Ko‘zining qorasiga qaradi — boshqaruvli aloqa; go‘zal qiz — bitishuvli aloqa; Inson yalqovining bahonasi ko‘p— moslashuvli aloqa. Grammatik shakl valentligi. Leksemaga Grammatik shakl qo‘shilganda ularning birikuvchilari orasida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi.Grammatik shakl o‘zi qo‘shilib kelgan leksemaning ma’noviy va sintaktik valentligini yo kengaytiradi, yoki cheklaydi.Buni tushunish uchun bola leksemasini grammatik shaklsiz va grammatik shakllangan holatida valentlik imkoniyatini taqqoslash kifoya: 225 Katta Kichik Yig‘loqi Yoqimtoy bola Gapdon O‘qimishli A’lochi Kichik Yig‘loqi bolacha Yoqimtoy Gapdon Ayon bo‘ladiki, yuqoridagi jadvalda bola leksemasining birikuv imkoniyati kichraytirish - cha qo‘shimchasi hisobiga toraygan. Sifat so‘z turkumi sifatida tilshunoslikda leksik-semantik, morfologik, uslubiy, formal- funksional jihatidan o‘rganilgan.Tarixga nazar solsak, dastlabki tekshirish olib borgan ko‘p turkologlar turkiy tillar tizimida sifatlarning alohida so‘z turkumi ekanligiga shubha bilan qaraganlar. Ular sifat va ot kategoriyalarini tashqi shakllariga asoslanib bir o‘ringa qo‘yib tekshirgan [M.Sodiqova, 1974, 4]. Qozoq-qirg‘iz, turk-ta
Доказательный фрагмент
«This article provides information about the effect of adjectives on valence, the concept of valence and its types, and its role in our speech is highlighted through examples.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about the effect of adjectives on valence, the concept of valence and its types, and its role in our speech is highlighted through examples. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- valence, lexical valence, semantic valence, syntactic valence, grammatical, лексическая валентность, grammatical form valence, валентность грамматической формы, семантическая валентность, valentlik, синтаксическая валентность, grammatik shakl valentligi, soʻz tizmasi valentligi., sintaktik valentlik, валентность, валентность словесного ряда., lugʻaviy valentlik, semantik valentlik, word string valence.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024