Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FITRAT VA UNING MATNSHUNOSLIKKA DOIR ISHLARI
Xongeldiyeva Sevara Shuxrat qizi
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
In this article, the contribution of Jadids to textual studies and the work done in this regard are expressed. Key words: the development of Uzbek textual studies, the activity of moderns, Fitrat textual scholar. ФИТРАТ И ЕГО ТЕКСТОЛОГИЧЕСКИЕ ИССЛЕДОВАНИЯ Аннотация. В данной статье высказываются мнения о вкладе джадидов в текстологию и их работе в этом направлении. Ключевые слова: развитие узбекского текстологии, деятельность современников, текстолог Фитрат. Matnshunoslikning tarixiy ildizlari eng qadimgi davr yozma yodgorliklari matnini o’rganishga borib taqaladi. O’zbek (turkiy) matnshunosligi tarixi xususida so’z ochar ekanmiz, uning ibtidosi sifatida qadimgi manbalar matni bilan bog’liq holda olib borilgan ishlar haqida gapirish o’rinlidir. O’zbek (turkiy) matnshunosligi shakllanishida qadimgi yodgorliklar, bitiktoshlar va kitobning ilk namunalari katta ahamiyat kasb etgan. O’tgan davrda yashab ijod etgan ko’plab mutafakkir adiblarimiz matn tuzish ishlari qanchalik muhim ekanligiga e’tibor qaratganliklarini alohida ta’kidlash kerak. Masalan, qomusiy olimlar Abu Rayhon Beruniy, Abu nasr farobiy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Koshg’ariy faoliyatida buni ko’rish mumkin. Farobiy “Xattotlik haqida kitob” (“Kitob fi san’at at-kitobat”) asarida aynan yozuv turlari va xattotlik mahorati masalalariga ahamiyat qaratdi[3]. Undan keying davrlarda ham o’zbek matnshunosligi shakllanishi davom etdi. Adabiyotshunos olim A.Hayitmetov o’zbek matnshunosligi rivojlanishi xususida so’z yuritarkan, shularni yozadi: “Bizda matnshunoslikning taraqqiyoti matnshunos olimlar nomi bilangina bog’liq emas. Birinchi manbalar ustida ilmiy-tadqiqot olib boruvchi ko’pgina adabiyotshunoslar ham, asosiy kasbiga ko’ra matnshunos bo’lmasa ham, tekstologik tegshirish ishlari olib borishga majbur bo’lgan va bu sohada muhim vazifalarni amalga oshirib, tekstologiya rivojiga o’z hissalarini qo’shganlar”. Adabiyotshunos Vadud Mahmud, Fitrat, munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurahmon Sa’diy, Sadriddin Ayniy, Hodi Zarif kabilar mumtoz adabiyot vakillari ijodini ilmiy muomalaga olib chiqish va xalqni madaniy meros bilan tanishtirishda qator vazifalarni bajarishdi. 6 80 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Masalan, Adabiyotshunos, shoir, publitsist Vadud Mahmudni to’la ma’noda matnshunos deya olmaymiz. Lekin u ilmiy maqolalari, jumladan “Navoiygacha turk adabiyoti”, “Alisher Navoiy”, “Fuzuliy Bog’dodiy” kabi ishlarida qo’lyozma va toshbosma nusxalardan “misqollab yiqqan faktlari bilan Alisher Navoiy va Fuzuliy hayoti va ijodini muxtasar yoritib beradi”. Abdurauf Fitrat o’zbek adabiy tanqidchilik, manbashunoslik va matnshunoslik sohasi tarixida o’ziga xos mavqeiga ega bo’lgan shaxsdir. Uning ilmiy-tanqidiy maqolalari, nashr ettirgan kitoblari matnshunoslik ishlari bilan daxldor hisoblanadi. Xususan, Fitrat yozma yodgorliklarning nashrga tayyorlanishiga printsipial yondashadi. U bugungi kungacha o’z ahamiyatini yo’qotmay kelayotgan “Adabiyot qoidalari”, “Eng eski turk adabiyoti namunalari”, “O’zbek adabiyoti namunalari” kitoblari materiallarini aynan qo’lyozma manbalar asosida tayyorlagan. Fitrat Navoiyning asarlari manbalarini o’rganishga alohida e’tibor qaratgan. Qo’lyozma manbalarni nashrga tayyorlash, xususan, mumtoz shoirlar ijodidan namunalar jamlab, chop ettirish matnshunoslikka oid izlanishlar olib borganligini ko’rsatadi [1]. Shundan kelib chiqsak, jadidchilik nafaqat ijtimoiy harakat sifatida, balki ilm va ma’rifatdagi yangilanish sifatida ham adabiyotshunoslikda muhim ahamiyatga ega[2]. Jumladan, Fitrat “O’zbek adabiyoti namunalari jakmuasida Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga keng o’rin ajratilgan. Namunalarni taqdim qilar ekan, Turkiyadagi nashrlarni ham e ‘tibordan chetga qoldirmagan. Fitrat “O’zbek adabiyoti namunalari” uchun Bobur g’azallarni tanlab olayotganda dastlab tayanch manbalar sifatida A.N.Samaylovich tasnififa aoslangan. Xulosa qilib shuni aytish mukinki, Fitrat o’z davriningi yirik matnshunosi sifatida noyob qo’yozmalarni ilmi ahli va xalqqa tanishtirishni o’z oldiga maqsad qilib olgan. Va natijada bir qancha mumtoz asarlarimizning qo’lyozma nusxalari olib qolib qolingan.
Доказательный фрагмент
«In this article, the contribution of Jadids to textual studies and the work done in this regard are expressed.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the contribution of Jadids to textual studies and the work done in this regard are expressed. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- the development of Uzbek textual studies, the activity of moderns, Fitrat textual
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026