Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XX ASR BOSHLARIDAGI ADABIYOT NAZARIYASIGA DOIR ILK MANBA
Nodira Egamqulova
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
As Turkestan modernists began to prepare various programs and textbooks for new method schools, this process directly became a prelude to the creation of the country's national history, geography, culture, and literary studies. Attempts to form the history, theory, and literary criticism of the national literature first began in the national press, and later rose to the main stage in literature textbooks written for middle and upper classes. Here is one of such textbooks - "Amaliy ham nazariy adabiyot darslari" written by Abdurahman Sa’di was published in March 1924 in Tashkent. Keywords: Turkestan. The method is new. Literature. Textbook. Abdurrahman Saadi. ПЕРВЫЙ ИСТОЧНИК ПО ТЕОРИИ ЛИТЕРАТУРЫ НАЧАЛА 20 ВЕКА. Аннотация. Поскольку туркестанские модернисты начали готовить различные программы и учебники для школ нового метода, этот процесс непосредственно стал прелюдией к созданию отечественной истории, географии, культуры и литературоведения. Попытки формирования истории, теории и литературной критики национальной литературы начались сначала в отечественной прессе, а затем поднялись до основного этапа в учебниках литературы, написанных для средних и высших классов. Вот один из таких учебников - «Уроки практической и теоретической литературы», написанный Абдурахманом Саади, был издан в марте 1924 года в Ташкенте. Ключевые слова: Туркестан. Метод новый. Литература. Учебник. Абдуррахман Саади. Kirish. XX asr boshlari Turkistonda kechgan jarayonlar birgina ijtimoiy-siyosiy emas, balki madaniy-adabiy hayotda ham o‘z izlarini qoldirdi. Bu davrga kelib adabiy hayot, matbuot, maorif, teatr, xossatan, adabiyotshunoslik muammolari, masalalari birlashdi, markazlashdi. Dastlab milliy matbuot nashrlarining paydo bo‘lishi, yangi usul maktablarining ochilishi va yangi dars kitoblarining yaratilishi negizida kurtak ochgan adabiyotshunoslik o‘z qamrov doirasiga matbuot, teatr, ta’lim, til, imlo, tarix, madaniyat kabi keng sohalarga oid masalalarni ham kiritdi. 6 22 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1905 yil voqealari, xususan, Turkistonda matbuot ishlarining yo‘lga qo‘yilishi bilan turk, tatar, ozarbayjon, boshqird mutafakkirlari bilan bo‘lgan aloqalar yanada mustahkamlandi. Ahamiyatli tarafi shundaki, ko‘pchilik qardosh taraqqiyparvarlar turkistonliklar bilan aloqa o‘rnatibgina qolmay, bevosita Turkistonga kelib matbuot, maorif, teatr, huquq va ko‘plab sohalarda turkistonliklar bilan yelkama-yelka turib faoliyat olib bordi, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Bir qancha sabablar bilan Turkistonga kelib, shu yerda yashab qolgan qardosh tatar- boshqird xalqlarining Turkistonda faoliyat olib borgan tatar muharrirlari sifatida Ismoil Obidiy, Abdurauf Muzaffarzoda, Ahmad Zaki Validiy, No‘shiravon Yovushev, Shokir Muxtorov, Abduramon Sa’diy, Ibrohim Tohiriy, Ahmadjon Bektemirov, Husayn Makayev, Kabir Bakir, Fotih Bakirlarni misol qilish mumkin. Xuddi shunday, Ozarbayjondan kelib ish olib borgan Muhammad Amin Afandizoda, Jalol Yusufzoda, Piriy Mursalzoda[Do‘stqorayev, 2009: 318] kabi fidoyilar o‘zbek madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shishgan. Yuqorida nomlari keltirilgan zotlar birgina matbuot sohasida emas, balki ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida qizg‘in faoliyat olib borishgan, Turkistondagi jadidchilik harakatining rivojiga o‘z hissalarini qo‘shishgan. Biroq haligacha bu kabi turk, tatar, boshqird ziyolilarining Turkistondagi faoliyati yetarlicha o‘rganilgan emas. Shunday taraqqiyparvarlardan biri Abdurahmon Sa’diydir. Abdurahmon Sa’diy 1889-yili Boshqirdistonning Ufa shahri yaqinida Taymev qishlog‘ida mudarris oilasida tug‘ilgan, asli tatar millatiga mansub. Boshlang‘ich ta’limni Orenburgdagi Muhammadiya madrasasida olgandan so‘ng Istanbul universitetida o‘qigan. 1921-yildan Toshkentda Maorif institutida, SAGU (O‘rta Osiyo davlat universiteti)da Sharq mumtoz adabiyotidan dars bergan. 1948-yildan umrining oxiriga qadar O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutida yetakchi ilmiy xodim sifatida faoliyatda bo‘lgan. Adabiyot nazariyotchisi sifatida “Qavoyidi adabiya va unga ilova”, “Adabiyot usullari”, “Adabiyot muallimi” (tatar va boshqird tillarida), “Go‘zal san’at dunyosida”, “Amaliy ham nazariy adabiyot darslari”, “Adabiyot muallimi”, “Simvolizm to‘g‘risida”, “Futurizm”, “Kompleks usuli” kabi risola, maqola va o‘quv qo‘llanmalari muallifidir. Darslik 198 sahifadan iborat. Kirish ikki qismdan iborat: “Boshlang‘ich” va ”Kirish”. Boshlang‘ichda muallif darslikning tuzilishida “tutulg‘on asos va yo‘llar”dan so‘z ochadi va shunday anglatadi: “1923 inchi yil febrol oyida Turkiston jumhuriyati xalq maorif komissiyarligining ilmiy kengashi yonidag‘i o‘zbek bilim hay’ati o‘zbek tilida o‘zbek o‘rta maktablari uchun darslik o‘laroq bir adabiyot nazariyasi tuzub bermagimiz to‘g‘risida murojaat etgan, shul haqida tuzilgan plan va mundarijalarning taqdim etishim so‘rag‘an edi… Ko‘b qiyinliq va katta mas’uliyatlarni ustimi
Доказательный фрагмент
«As Turkestan modernists began to prepare various programs and textbooks for new method schools, this process directly became a prelude to the creation of the country's national history, geography, culture, and literar…»
Образец извлечения
Демо-превьюAs Turkestan modernists began to prepare various programs and textbooks for new method schools, this process directly became a prelude to the creation of the country's national history, geography, culture, and literar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Turkestan. The method is new. Literature. Textbook. Abdurrahman Saadi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025