К содержанию
РецензированоRU2024

BUXORO DAVLATINING QO’SHNI MAMLAKATLAR BILAN SAVDO – IQTISODIY VA ELCHILIK MUNOSABATLARI (XVI – XIX ASRLAR)

Yakubov Husniddin Muxitdinovich

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article is devoted to some historical sources on diplomatic relations between Bukhara and Russia in the first half of the 19th century. Key words: Emirate of Bukhara, diplomatic relations, economic-political relations, memorandum, merchants and ambassadors. НЕКОТОРЫЕ ИСТОРИЧЕСКИЕ ИСТОЧНИКИ ПО ДИПЛОМАТИЧЕСКИМ ОТНОШЕНИЯМ БУХАРЫ И РОССИИ В ПЕРВОЙ ПОЛОВИНЕ XIX ВЕКА Аннотация. Статья посвящена вопросу некоторых исторических источников по дипломатическим отношениям между Бухарой и Россией в первой половине XIX века. Ключевые слова: Бухарский эмират, дипломатические отношения, экономико- политические отношения, меморандум, купцы и послы. Buxoro amirligi Rossiya bilan o‘z munosabatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratgan. Xususan, ikki tomon ham bu munosabatdan manfaatdor bo‘lgan. Ikkala davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar XIX asrdan boshlab ancha tez rivojlandi. Savdo, elchilik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Ko‘plab savdogarlar va elchilar ikkala davlat bo‘ylab tez – tez yuborib turildi. Mazkur savdogarlar, elchilar safar taassurotlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z kundaliklari, yo‘l xotiralari va asarlarida yozib qoldirganlar. Shuning uchun ushbu yozib qoldirilgan merosiy ma’lumotlar mazkur davr tarixi, diplomatik munosabatlarni o‘rganishda muhim manbalar sirasiga kiradi. Xususan, 1820-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan katta diplomatik missiya tashkillashtiriladi. Ushbu missiyaga A.F.Negri boshchilik qiladi. Missiya tarkibida G.Meyendorf, E.Eversman va Budrinlar qatnashadilar. Ular faoliyati davomida yo‘l xotiralarini yozib qoldirganlar. Bundan tashqari, 1824-yilda harbiy otryad mudofaasi ostida Buxoroga yuborilgan savdo karvonining boshlig‘i, E.Kaydalovning xotiranomasi va G.Spasskiyning asari ayniqsa harakterlidir. Bu asarlarda XIX asrning birinchi yarmida Buxoro va Rossiya o‘rtasida olib borilgan savdo va diplomatik aloqalarning umumiy holati, o‘zaro savdoda eksport va import qilinadigan mollarning turi, hajmi, narxi, diplomatik missiya va elchilarning yuborilish sabablari, ularning 4 97 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar va keltirilgan natijalarni aniqlab beruvchi juda qimmatbaho ma’lumotlar o‘z aksini topgan [1]. G.Meyendorfning “Orenburgdan Buxoroga sayohat” asari fransuz tilida turkolog Amediy Jobert tahriri ostida 1826-yilda Parij shahrida nashr etilib, shu yilning o‘zidayoq, nemis tilidagi tarjimasi K.Xerm va B.Sheyder tahriri ostida bosilib chiqdi [2]. Ushbu kitob uch qismdan iborat bo‘lib, uning ohirida Peterburg universitetining professori I.O.Senkovskiyning, M.Kelerning va X.Panderning maqolalari ilova shaklida berilgan. Asarda elchilik missiyasining kutib olinishi, o‘lkaning geografik holati, Buxoroning ijtimoiy-iqtisodiy va davlat tuzilishi tizimli ravishda bayon qilingan. Asar asosan muallifning shaxsiy fikr - mulohazasi, o‘lka kishilaridan eshitgan va so‘rab bilgan ma’lumotlari asosida yozilib, unda keltirilgan ko‘pdan-ko‘p izohlar va ma’lumotlarni aks ettirishda muallif mahalliy tarixchilar asarlaridan va yevropalik sayohatchilarning yozib qoldirgan xotiranomalaridan keng foydalangan. G.Meyendorfning yozishicha, Rossiya bilan olib borilgan tashqi savdo Buxoro uchun katta ahamiyatga ega edi. Buxorodan eksport qilinadigan tovarlar hajmi Iqlim mo‘tadil bo‘lgan vaqtlarda sakkiz millionga yetardi. Vaholanki Buxoro aholisining soni esa ikki yarim milliondan oshmasdi [3]. G.Meyendorf o‘z asarida Buxoro va Rossiya munosabatlariga yuzlanar ekan, ularning tarixiga oid juda qiziq ma’lumotlarni keltiradi. Bu ma’lumotlar orasida qadimda Sharqiy Yevropadan sharq mamlakatlari: Hindiston, Xitoyga o‘tgan tranzit savdo yo‘li Buxoro orqali o‘tganligi va bu savdoda Buxoroning vositachilik rolini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar bor. Muallif, Buxoroning Sharqiy Yevropa davlatlari bilan bo‘lgan savdo aloqalari miloddan avvalgi III asrdan boshlanib, Somoniylar davriga (X asr) kelib ayniqsa rivojlanganligi va Chingizxon davrida buzilib, Amir Temur tomonidan yana qayta tiklanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham yozadi. Meyendorf ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga baho berar ekan ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar qadimiyligi, uzluksizligi va rivojlanayotganligini aytib o‘tgan. Asarda o‘rta asrlarda Buxoro va Rossiya munosabatlarining Sibir va Astraxan orqali olib borilishi va rus podsholari temuriylar bilan savdo muzokaralari olib borganliklari to‘g‘risida juda qimmatli ma’lumotlar berilgan. G.Meyendorf XVIII-XIX asrlarda Buxoro va Rossiya o‘rtasidagi diplomatik aloqalar anchagina kengayib, savdogarlar va elchilar to‘xtovsiz yuborilib turilganligi va Rossiyada Buxoro savdogarlariga ayrim imtiyozlar berilganligi to‘g‘risida bayon qiladi. Bundan tashqari Budrinning yozib qoldirgan xotiranomasini ham eslab o‘tish o‘rinlidir. Uning xotiranomasi to‘rt qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida muallif Orenburgdan Buxorogacha bo‘lgan masofani qisqacha izohlab o‘tadi. Asarda shuningdek, ikki

Доказательный фрагмент

«This article is devoted to some historical sources on diplomatic relations between Bukhara and Russia in the first half of the 19th century.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is devoted to some historical sources on diplomatic relations between Bukhara and Russia in the first half of the 19th century. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Emirate of Bukhara, diplomatic relations, economic-political relations
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники