К содержанию
РецензированоUZ2024

AKSIYADORLIK JAMIYATLARI LOYIHALARINI STRATEGIK BOSHQARUV TIZIMINI SHAKLLANTIRISH (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ misolida)

TIZIMINI SHAKLLANTIRISH · Berdiyev Mansur Alisherovich · STOCK SOCIETIES

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article provides comments on the formation of a strategic management system for projects of joint-stock companies. The place and role of joint-stock companies in the management system is mentioned separately. The role of joint-stock companies in the creation of a unified system was determined. Key words: joint stock, firm, company, liberalization, joint stock companies, command. ФОРМИРОВАНИЕ СИСТЕМЫ СТРАТЕГИЧЕСКОГО УПРАВЛЕНИЯ ПРОЕКТАМИ АКЦИОНЕРНЫХ ОБЩЕСТВ (В случае АО «Узбекские железные дороги») Аннотация. В данной статье приведены комментарии по вопросам формирования системы стратегического управления проектами акционерных обществ. Отдельно упомянуто место и роль акционерных обществ в системе управления. Определена роль акционерных обществ в создании единой системы. Ключевые слова: акционерное общество, фирма, компания, либерализация, акционерные общества, команда. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, iqtisodiyot, jumladan temir yoʻl transport tizimini rivojlanishini ta'minlash uchun muhim poydevor boʻldi, xoʻjalik boshqaruv organlari, firma va kompaniyalarning munosib faoliyat olib borishlari, tadbirkorlarimizning bunyodkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Iqtisodiyotda ma’muriy- buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani, iqtisodiyotning yuqori sur'atlar bilan oʻsishini va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib oʻtgan taraqqiyot yoʻlining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon'yunkturasi keskin oʻzgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur'atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarishni taqozo etmoqda. 4 43 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizasiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017 - 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi va qabul qilindi. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yoʻnaltirilgan, milliy iqtisodiyot, jumladan temir yoʻl transporti sohasining raqobatbardoshligini oshirish, transport infratuzilmasini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish boʻyicha institusional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, investisiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari, xususan temir yoʻl transporti sohasiga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish boʻyicha kompleks loyihalarni amalga oshirish strategiyadan oʻrin egallagan. Strategik boshqaruv nazariyasining rivojlanishining ikkinchi bosqichi sifatida, odatda 1970-yillarning oʻrtalaridan 1980-yillargacha boʻlgan davr nazarda tutiladi. Bu davrda strategiya nazariyasining akademik infratuzilmasi jadal sur'atlar bilan shakllandi. Shuningdek bu davrda oldingi bosqichda farqli oʻlaroq kompaniyalar faoliyatini rejalashtirish emas, balki ularni tegishli bozorlarda oʻz oʻrnini egallashi muxim masala sifatida ilgari surildi va keng tadqiq etildi. Mamlakatimizda temir yoʻl tizimini isloh etishga qaratilgan bir nechta loyihalar ilgari surilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 2-martdagi “Temir yoʻl transportini monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-2815- son Farmoni muhim axamiyatga ega boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Temir yoʻl transportini monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2001 yil 2 martdagi PF-2815-son Farmonini bajarish yuzasidan va «Oʻzbekiston temir yoʻllari» davlat- aksiyadorlik kompaniyasining boshqaruv tizimini takomillashtirish, temir yoʻl transporti korxonalari va tashkilotlarini xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, tarmoq korxonalarini rivojlantirish, texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish uchun investisiyalar, shu jumladan xorijiy investisiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 3 martdagi 108-son Qarori qabul qilindi va sohada bir qancha ijobiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, «Oʻzbekiston temir yoʻllari» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimida yoʻlovchilarni tashish boʻyicha «Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi», yuklarni konteynerlarda tashish boʻyicha «Oʻztemiryoʻlkonteyner» va refrijerator vagonlarida tashish boʻyicha «Yoʻlreftrans», yoʻlovchi tashish vagonlari va yuk vagonlarini ta'mirlash korxonalari aksiyalashtirildi. Yuk

Доказательный фрагмент

«This article provides comments on the formation of a strategic management system for projects of joint-stock companies.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides comments on the formation of a strategic management system for projects of joint-stock companies. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
joint stock, firm, company, liberalization, joint stock companies, command
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники