Инновации в современной лингвистике и преподавании языковХурлиман Хабибуллаева2025
Ingliz tilida moliyaga oid atamalarning kelib chiqishi va tarixi
CHIQISHI VA TARIXI (GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr) · Xasanova Qunduzxon Otajon qizi (GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr) · Mirzo Ulug’beknomidagi (GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr)
Гейбулла Саломов и узбекская школа перевода · 2026
Аннотация
Moliyaga oid so’z va tushunchalarning kelib chiqishi sivilizatsiyalarning boshlanishi bilan bog'liq hisoblanadi. Moliya haqidagi eng qadimgi tarixiy dalillar miloddan avvalgi 3000-yilga to'g'ri keladi. Bank ishi haqidagi dastlabki tushunchalar Bobil imperiyasi davridapaydo bo'lgan, u yerdan ibodatxonalar va saroylar qimmatbaho narsalarni saqlash uchun xavfsiz joy sifatida ishlatilgan. Kalit so’zlar: moliya, kapital, bank, iqtisodiy, mablag’ va boshqalar. Bugungi kunda har bir fuqaro uchun kuchli moliyaviy bilimga ega bo’lish nihoyatda muhim hisoblanadi. Nega deysizmi? Chunki biz hozirda iqtisodiy jihatdan o’ta jadal rivojlanayotgan olamda yashamoqdamiz va bizdan ma’lum bir darajada pulga oid bilimlarni bilish talab etiladi. Kundalik hayotimizda biz deyarli har kuni turli xil moliyaga oid termin va atamalarni eshitamiz. Ularni ko’p hollarda o’zimiz ham nutqimizda qo’llaymiz. Ammo hech siz har kuni ishlatadigan shunday so’z va birikmalarning tarixi haqida, ular qayerda, qanday paydo bo’lgani haqida o’ylab ko’rganmisiz? Ushbu maqola orqali siz Ingliz tilida ko’p ishlatiladigan ba’zi moliyaviy birliklarning kelib chiqishi hamda asl ma’nolari haqida g’oyatda qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lasiz. Ingliz tili uzoq tarixga ega. Shu bilan birga bu tilda uchrovchi ba’zi iqtisodiy atamalar ham o’ziga xos olis o’tmish va ma’no-mazmundan tashkil topgan hisoblanadi. Ularning tarixini chuqur o’rganish davomida shunga amin bo’ldimki, deyarli har bir terminning yaratilishida insoniyat tarixida yuz bergan qandaydir voqealar, vaziyatlar ta’siri sezilarli darajada kuchli bo’lgan. Hech bir moliyaviy 172 GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr atama o’z-o’zidan paydo bo’lgan emas. Qaysidir holat uning paydo bo’lishi va real hayotda qo’llanishida turtki vazifasini bajargan. Ingliz tili moliyaviy so’zlar lug’atida eng ko’p foydalanadigan so’zlardan biri bu - “Capital” ( o’zbek tilida “Kapital”) atamasi deb bemalol aytishimiz mumkin. Bu terminning hozirgi kunda bildiruvchi ma’nosi sarmoya, keng ma’noda esa o’z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo’luvchi jami vositalar va mablag’lar hisoblanadi. Ammo bu atamaning kelib chiqishi juda qiziqarli. Kapital so'zining ilk marotaba qo'llanilishi dastlabki O'rta asrlarga to’g’ri keladi va u "bosh yoki unga tegishli" ma'nosini bildiruvchi sifat sifatida ishlatilgan. U lotincha “capitalis” sifatidan olingan bo'lib, lotincha bosh “caput" so’ziga asoslangan. Bu so'z dastlab "capital bruise" (bosh ko’karishi) yoki "capital wound" (bosh yarasi) kabi boshga ta'sir qiladigan narsalarni anglatish uchun ishlatilgan. Boshning shikastlanishi jiddiy va hatto o'limga olib kelishi mumkin holat hisoblanadi. Keyinchalik vaqt o’tishi bilan “Capital” so’zi moliyaviy dunyoda sarmoya ma’nosida qo’llanila boshlangan. Ingliz tilida faol qo’llaniluvchi yana bir so’z bu - “Bank” (o’zbek tilida ham “bank” deb tarjima qilinadi) hisoblandi. "Bank" so'zi tijorat banki ma'nosida qo'llaniladi. Ba'zi odamlar uning kelib chiqishini fransuzcha "Banqui" va italyancha "Banca" so'zlaridan izlaydilar. Bu so’z qarz beruvchilar va almashtiruvchilar tomonidan bozorda pul yoki tangalarni saqlash, qarz berish va almashtirish uchun joyiga ishora qildi. 1640-yilgacha "bank" degan so'z yo'q mavjud emas edi, garchi Bobil ibodatxonasida saqlash va jamg'arma amaliyoti miloddan avvalgi 2000- yildayoq rivojlangan bo’lsa-da. Chanakya o'zining miloddan avvalgi 300-yillarda yozilgan Arthashastra asarida depozitlar, avans, o'tkazma xatlari olgan kuchli bankir savdogarlari mavjud bo’lganligi haqida gapirib o'tgan. Jayn qo’lyozmalarida milodiy 1197 va 1247 -yillarda Abu tog'idagi mashhur Dilvare ibodatxonalarini qurgan ikki bankirning ismlari tilga olinadi. Ko’rib turganingizdek, bank so’zi ham juda uzoq tarixga ega sanaladi. Yana bir Ingliz tilida deyarli har kuni qo’llaniladigan atama bu - “Money”( o’zbek tilida “pul” deb tarjima qilinadi). Inglizcha pul so'zi birinchi marta 14-asrda 173 GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr paydo bo'lgan. U lotincha "moneta" so'zidan olingan bo'lib, bu atama rimliklar tomonidan miloddan avvalgi 300-yillarda tanga zarb qila boshlagan Rim ma'budasi Junoga nomiga berilgan ismdir. Miloddan avvalgi 5000-yillarda hozirgi Iroqda Shumerlar standart o'lchov va pul birligi sifatida foydalanish uchun kumush quyma ishlab chiqarishni boshladilar. (Ular g'ildirak va arifmetikani ham ixtiro qilganlar.) Misrliklar oltindan miloddan avvalgi 4000-yillarda pul birligi sifatida foydalanishni boshladilar. Demak, Ingliz tilida moliyaga oid atamalarning o’ziga xos tarixi va kelib chiqish bosqichlari bor. Hech bir so’z yoki atama o’z-o’zidan paydo bo’lgan emas. Ularning yaratilishi va foydalanilishiga qandaydir asosli sabablar turtki bo’lgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1. https://www.merriam-webster.com/words-at-play/financial-word-origins 2. Grammarly.com 3. https://www.consumerfinance.gov/consumer-tools/educator-tools/youth- financial-education/learn/financial-knowledge-decis
Доказательный фрагмент
«Moliyaga oid so’z va tushunchalarning kelib chiqishi sivilizatsiyalarning boshlanishi bilan bog'liq hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMoliyaga oid so’z va tushunchalarning kelib chiqishi sivilizatsiyalarning boshlanishi bilan bog'liq hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kapital, bank, iqtisodiy, mablag’ va boshqalar, фонды и т. д., moliya, банковское дело, экономика, capital, finance, etc, funds, капитал, финансы, economic, banking
Смежные источники
Современные подходы и новые исследования в современной наукеВасиля Гиясова, Диёра Бурхонова2025
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026