К содержанию
РецензированоUZ2026

Tarjima turlari va ularning qo'llanilish metodikasi

TARJIMA TURLARI VA ULARNING QO'LLANILISH (GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr) · Soipova Kamila Alisherovna (GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr) · Sotlikova R.A. (GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr)

Гейбулла Саломов и узбекская школа перевода · 18 · 2026

Аннотация

Chet tilini o'qitish va uni o'rganish uchun ko'p soatli dars jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar minglab o'z oldilariga qo'ygan maqsadli jarayonlarni amalga oshirishi ko'zda tutiladi. Demak, o'qituvchi o'z o'quvchilarida turli metodlarni qo'llay olsa, ularni o'z o'qitish jarayoniga qo'shsa, oldiga qo'ygan maqsadiga oson va muvaffaqiyatli tarzda erishadi. Albatta bizning oldimizda savol paydo bo'ladi, ho'sh, bunga qay tarzda erishsa bo'ladi? OTMning birinchi bosqich talabalariga dars berish jarayonida aynan tarjima turlari va ularning qo'llanilishida qanday uslub va metodlardan foydalanishimiz maqsadga muvofiqligini quyida ko'rib chiqamiz. Kalit so'zlar: Metod, metodologiya, tarjima, tarjima turlari, sinxron tarjima, interferensiya, kompetensiya, konikma. Metodika atamasi bir necha o'n yilliklardan beri keng ko'lamda qo'llanib kelinayotgan atamalardan biridir. Bunga asosiy sabab, albatta ta'lim tizimidagi samarali o'qitishga bo'lgan ehtiyoj, yurtimizga davr talablariga to'laqonli javob beradigan kadrlarni yetishtirish turadi albatta.Chet tillarni o'qitishda ham, maqsadga ko'ra turli metodlar asosida dars jarayonlari olib borish kerakli natijani beradi. O'qituvchining metod salohiyati qancha yuqori bo'lsa, ya'ni maqsadni to'g'ri qo'yib, unga mos metodni qo'llay olsa, dars maqsadi albatta amalga oshadi va o'quvchilar 167 GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr darsda o'rgangan bilimlaridan, unda orttirgan yangi ko'nikma va malakalardan mamnun bo' ladilar. O'quvchilarning til tajribasi uch tildan yig'ilgani bilim, ko'nikma va malakalar (kompetensiya) majmuasi (sintezi) bo'lib, uning hajmi, qo'llanish ko'lami, o'zaro bog'liqligi masalalari metodikaning til tajribasini hisobga olish prinsipi doirasiga kiradi. Til tajribasini hisobga olish deganda, o‘quvchi shu kungacha o'zbek, rus, chet til (ingliz, ispan, nemis yoki fransuz tili)dan olgan bilim, ko'nikma va malakasining hozir o'rganayotgan chet til materialini o'zlashtirishga salbiy (interferensiya) yoki ijobiy (transpozitsiya/fatsilitatsiya) ta'siri tushuniladi. Masalan, chet tildagi “artikl” atalmish grammatik hodisani o'rgatish chog'ida, uning o'zbek tilida mavjud emasligi tufayli, mazkur grammatik kategoriyaga oid “artikl” tushunchasi shakllantiriladi. Oqibatda o'quvchi til tajribasi endi chet tildagi “yangilik” bilan boyiydi. Grammati kadan hozirgi, o'tgan va kelasi zamonlar (mas. Present Indefinite, Presente de Indicativo, Prasens, Present)ni o'rganishda ularning qo'llanilishi (funksiyasi), yasalishi (shakli) va ma'nosi (semantikasi) alohida metodik yondashishni talab etadi. Fe'l zamonining funksiyaviy tarafi o'quvchilar uchun deyarli qiyinchilik tug'dirmaydi, chunki grammatik hodisaning “takrorlanib turadigan ish-harakatni ifodalashi” o‘zbek tilidan ma'lum. Bunday holat o'quvchilar ona tilisi tajribasidan olgan bilimlari yordamida chet til hodisasini egallashga imkon tug‘diradi. Demak, o'quvchilarning til tajribasi chet til o'rganishda g'ov bo'lishi (salbiy ta'sir — interferensiya) yoki yordam berishi (ijobiy ta'sir — transpozitsiya) kuzatiladi. Binobarin, chet til muallimi o'quvchilaming ona tilisini, ikkinchi tilni va o'rganilayotgan chet tilni amaliy va nazariy puxta bilmog'i darkor. Shuningdek, o'qituvchining o‘qitish metodikasidan atroflicha xabardor bo'lishi talab qilinadi. Tarjima turlari va uning nazariyasi haqida so'z yuritar ekanmiz, avvalo uning boshqa fanlardan ajralib turadigan bosh nuqtasi bu materiallarning ko'pligi va chegaralanmaganligini ta'kidlab o'tish joiz.Tarjima turlari asosan uch turda bo'ladi:Ketma-ket tarjima,Vizual tarjima qilish (Sight translation),Sinxron tarjima. Uzoq davrlardan buyon mamlakatimizda asosan yozma tarjima sohasi keng ish 168 GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr olib borar edi. Lekin so'nggi yillarda davr talabi bilan og'zaki tarjimaning, jumladan aynan sinxron tarjimaning salmog'i ortib bormoqda. “Sinxron tarjima masalalari” fanining maqsadi ham talabada o'zbek tilidan chet tiliga, chet tilidan o'zbek tiliga tezkor, bexato, adekvat, mantiqiy tarjima qila olish mahoratini shakllantirishdir. Bu yo'lda fanning vazifalari, avvalo og'zaki tarjimonlik qobiliyati yuqori bo'lgan talabalarni sinxron tarjima faoliyati, uning prinsiplari, strategiyalari, nazariy konsepsiyalari bilan tanishtirish, amaliy ko'rsatmalar berishdan iborat. Fanning predmeti sinxron tarjima va u bilan bog'liq nazariy, amaliy masalalarda o'z ifodasini topadi. Maxsus uskuna-jihoz sinxron tarjimaning sistemasi bo'lib u odatda stasionar yoki yig'ma kabina ko'rinishida bo'lib, bu crda ikki juft quloqliklar va tarjimon uchun mikrofon, yana shuningdek tarjimaga ehtiyoji bor ishtirokchilarning soniga qarab quloqliklar to'plami yoki ko'chma priyomniklardan tashkil topadi. Sinxron tarjimonning xabarga ishlov berish ko'nikmasi, yoki strategiyalari, yoki qobiliyatlariga ega bo'lish. Sinxron tarjima faoliyati og'zaki tarjima ishining eng yuqori cho'qqisi hisoblanadi. Shuning uchun sinxron tarjimonlarning tayyorgarligi

Доказательный фрагмент

«Chet tilini o'qitish va uni o'rganish uchun ko'p soatli dars jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar minglab o'z oldilariga qo'ygan maqsadli jarayonlarni amalga oshirishi ko'zda tutiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Chet tilini o'qitish va uni o'rganish uchun ko'p soatli dars jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar minglab o'z oldilariga qo'ygan maqsadli jarayonlarni amalga oshirishi ko'zda tutiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Metod, metodologiya, tarjima, tarjima turlari, sinxron tarjima, konikma, competence, интерференция, knowledge, interference, types of translation, перевод, simultaneous translation, виды перевода, Method, methodology, компетентность, Метод, kompetensiya, interferensiya, синхронный перевод, translation, знания, методика
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники