Иностранная филология: язык, литература, образованиеШамахмудова Азиза2019
Taomnoma va menyulardagi taom nomlarini tarjima qilish usullari
TAOMNOMA VA MENYULARDAGI TAOM NOMLARINI (GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr) · TARJIMA QILISH USULLARI (GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr) · Ne’matova Gulnozaxon Valijon qizi (GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr) · Odilova G.K. (GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr)
Гейбулла Саломов и узбекская школа перевода · 2019 · 15-32 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada taom nominantlarini tarjima qilishda tarjima turlari,tarjima jarayonida qo’llaniladigan tarjima usularining vazifasi haqida tahlil qilinadi.Ma’lumki bugungi kunda turizim , shu jumladan gastranomik turizim kundan-kunga jadal rivojlanmoqda. Bu sohani rivojlanishida eng katta qiyinchilik - bu taomlarning sarlavhalari yoki nomlari, ingredientlar nomlari hamda "pazandachilik" leksemalarining tarjimasidir. Ko‘pincha bu leksemalar bir qator ekvivalent bo‘lmagan birliklarga tegishli bo‘lib, tarjima jarayonini murakkablashtiradi. Taom nomlarning ingliz tilida berilishini tahlil qilish, ularni berilishiga oid tavsiyalar ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb muammolaridandir. Tayanch so’zlar: taom nomlari, tavsifiy tarjima tadqiqotlari, taom nomlarini tarjima qilish protseduralari, tarjima transformatsiyalari. So'nggi yillarda turizimning barcha jabhalari shu jumladan gastranamik turizm kundan-kunga jadal rivojlanmoqda. Gastronomiya madaniyatning muhim qismi sifatida tobora ko'proq e'tirof etilmoqda va taom boshqa odamlar va jamoalar bilan muloqot qilish uchun ajoyib vosita sifatida namoyon bo'lmoqda. Turistlarni nafaqat bizning go'zal inshoatlarimiz, tarixiy obidalarimiz balki og'izda qoluvchi unutilmas ta'mlar mujasam bo’lgan taomlarimiz yordamida ham jalb qilish mumkin.Gastronomik turizmda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish ko‘p jihatdan oziq- ovqat mahsulotlari assortimentini adekvat tarjima qilishga, shuningdek, restoranlar va umumiy ovqatlanish joylarida ingliz tilidagi matnlarga qo‘yiladigan til talablariga bog‘liq. Milliy oshxona nomi nantlarini tarjima qilish metodologiyasini o‘rganish 162 GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr zamonaviy tarjimashunoslikning dolzarb masalalaridan biridir. Ovqatlarning nomlari, milliy o'ziga xoslik belgilari sifatida, odamlarni nima is’temol qilishlari bilan tasvirlash mumkin. Brillat-Savarin:”Menga nima yeyayotganingizni ayting, men sizga kimligingizni aytaman”. Aforizm biz iste'mol qiladigan oziq-ovqat kimligimizni aniqlab berishi mumkinligini aniq ko'rsatib berdi. Aslida, har bir millat ma'lum bir taom bilan asotsatsiya qilinadi.Misol uchun Italiya deganda pitsa(pizza), Yaponiya sushi ko’z oldimizga keladi. An'anaviy taomlar ma'lum bir mintaqadagi qabilaning merosidir. Odatda ma’lum bir mintaqada yashovchi insonlarni ovqat borasidagi tanlovlari ularning yashash joylariga ham bog’liq. Har bir milliy taom o’zida taomning tarkibiy qismlari, pishirish jarayoni, tashqi ko'rinishi va xizmat ko'rsatish ko'rsatkichlari o’zida ma’lum bir falsafani aks etadi. Shunday qilib, restoran menyusida an'anaviy taomlarni taklif qilish va uni boshqa tilga tarjima qilish oson jarayon emas, chunki u shunchaki bir tildagi nomlarni boshqa tilga tarjima qilish emas,balki boshqa madaniyatdagi kontseptsiyani kiritishdir. Odatda tarjima nafaqat lingvistik faoliyat, balki madaniy faoliyat hamdir[1]. Bundan tashqari, Nida "Til tuzilishidagi farqlardan ko’ra tarjimon uchun madaniyatlar o'rtasidagi farqlar tarjima jarayonida qiyinchiliklar yuzaga keltiradi”deb ta'kidlaydi.[2] Stovianova fikriga ko’ra menyularni tarjima qilishda:transliteratsiya (transliteration,), o’zlashtirma (calque) tarjimasi va tavsiflovchi (descriptive) tarjima usulari keng qo’llaniladi. Taom retsepti tarjimasida sarlavha, ya’ni taom nominantining tarjimasi muhim o’rin tutadi. Aslida, ko’pgina tilshunoslar taom nominantlarini milliy realiyalar qatoriga kiritadilar [3]. Badiiy va sohaviy tarjima 6 ta tarjima usullariga bo’linadi va ular quyidagilar: 1. Adekvat (Adequate) 2. Ekvivalent (Equivalent;) 3. Erkin (Free) 4. So‘zma-so‘z (Word-for-word) 163 GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr 5. Tasviriy (Descriptive) 6. Mashina tarjimasi (Machine translation) Adekvat tarjima uslubi, g‘oya va syujet jihatidan asl nusxaga imkon qadar yaqin bo‘lgan tarjimadir. Adekvatlik nisbiy tushunchadir va tarjimalarda ko'pincha to'liq adekvatlik emas, balki adekvatlik mezonlari mavjud. Ekvivalent tarjima - asarning umumiy ma’nosini uslub va gap tarkibidagi o‘zgarishlar orqali yetkazishdir. Erkin tarjima - matnning asl uslubi va hajmidagi o'zgarishlar bilan ijodiy tarjima qilinishiga nisbatan erkin tarjima deyiladi. Mashina tarjimasi asosan tarjima dasturlari va elektron lug'atlar yordamida amalga oshiriladigan tarjimadir. Biroq, taomnomalar yaratishda taom nominantlarini shunchaki, transliteratsiya qilishning o’zi yetarli emas. G. Odilova taom nomlari tarjimasi jarayonida 7 ta transformatsiya usullaridan foydalanib menyu yoki taomnomalarni tog’ri tarjima qilish mumkin deb takidlab o’tgan. 1. Transkriptsiya va transliteratsiya 2. Qisman transkriptsiya 3. Izohli transkriptsiya 4. Adaptatsiya 5. Perefraza 6. Generalizatsiya 7. Konkretizatsiya Transkriptsiya va transliteratsiya: Mazkur usul bir tildagi taom nominantining harf sostavini ikkinchi tilga olib o’tish va o’sha tilning fonetik imkoniyatlariga moslashtirish usulidir. Bu usul bilan ikkinchi tilda muqobili bo’lmagan milliy koloritga ega taom no
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada taom nominantlarini tarjima qilishda tarjima turlari,tarjima jarayonida qo’llaniladigan tarjima usularining vazifasi haqida tahlil qilinadi.Ma’lumki bugungi kunda turizim , shu jumladan gastranomik turi…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada taom nominantlarini tarjima qilishda tarjima turlari,tarjima jarayonida qo’llaniladigan tarjima usularining vazifasi haqida tahlil qilinadi.Ma’lumki bugungi kunda turizim , shu jumladan gastranomik turi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- descriptive translation studies, процедуры перевода названий продуктов питания, translation transformations, taom nomlarini tarjima qilish protseduralar, переводческие трансформации, taom nomlari, tavsifiy tarjima tadqiqotlari, food names, исследования описательного перевода, food name translation procedures, tarjima transformatsiyalari, названия продуктов питания
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025