К содержанию
РецензированоUZ2026

Ingliz tilidagi gipotoksemik qo’shma gaplarni o’zbek tiliga tarjima qilish muammosi

INGLIZ TILIDAGI GIPOTOKSEMIK QO’SHMA GAPLARNI (GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr) · O’ZBEK TILIGA TARJIMA QILISH (GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr) · Bundan tashqari A. G’ulomov (GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr)

Гейбулла Саломов и узбекская школа перевода · 2026

Аннотация

Ushbu tezis ingliz va o’zbek tillaridagi gipotoksemik qo’shma gaplarning yasalishi, turlari va shuningdek ingliz tilidagi gipotaksemik qo’shma gaplarni o’zbek tiliga tarjmasidagi muammolarga bag’ishlangan. Kalit so‘zlar: gipotoksemik qo‘shma gap, subordinativ bog‘lanish, bosh gap, ergash gap, monotoksema, bog‘lovchi vosita, allomorfik jihat. Ma’lumki, gipotoksemik qo’shma gaplar jahon tilshunosligidagi dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Ushbu mavzu bo’yicha ko’plab o’zbek va jahon tilshunos olimlari ilmiy ishlar olib borib, o’z qarashlarini bildirishgan. Jumladan, o’zbek tilshunos olimlaridan N.Mahmudov qo’shma gaplarni onomasiologik aspektda o’rgangan. Buning natijasida N.Mahmudov o’zbek tilidagi ergash gapli qo’shma gaplarning onomosiologik tadqiqini yaratdi va bu bilan turkiyshunoslikning qo’shma gaplar sintaksisi bo’limining rivojlanishiga salmoqli hissasini qo’shdi[1]. Bundan tashqari A. G’ulomov, M.Asqarova, A.Nurmonov, R.Sayfullayeva, B.Mingliyev, J.Bo’ronov, G’.Hoshimov, I.O’sarov va yana boshqa ko’plab olimlar ham ushbu sohada ishlab, ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Ushbu tezis aynan ingliz tilidagi gipotoksemik qo’shma gaplarni o’zbek tiliga tarjima qilishda yuzaga keladigan ba’zi muammolarga bag’ishlanadi. Bilamizki, gipotoksemik qo’shma gap deganda ikki va undan ortiq subordinativ munosabatda bog’langan gaplarga aytiladi.Ular ikki qismdan ergash gap(the subordinate clause) va bosh gap(the principal clause)dan iborat bo’ladi.Ingliz tilida ham, o’zbek tilida ham ergash gap bosh gapga nisbatan qanday funksiyani bajarishligiga ko’ra ega ergash gapli qo’shma gaplar,kesim ergash gapli qo’shma GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr gaplar, aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplar, to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplar va hol ergash gapli qo’shma gaplarga bo’linadi. Shu bilan birga qanday bog’lovchi vositalar bilan bog’langanligiga ko’ra ergash gap bosh gapga nisbatan payt, sabab, natija, maqsad va shart kabi munosabatlar bildirishi mumkin hamda bu, odatda, hol ergash gapli qo’shma gapga tegishli bo’ladi. Ba’zi gipotoksemik qo’shma gaplar tarjimasini misollar bilan ko’rib chiqamiz. Deylik, ingliz tilidagi conditional sentences, ya’ni shart munosabatli hol ergash gapli qo’shma gaplarni o’zbek tiliga mazmuni ham, strukturasi ham saqlangan holda tarjima qilish mumkin: Ing. If you want to avoid the risks of passive smoking, you can take some simple precautions [7.100]. O’zb. Agar sizpassive chekish xavfining oldini olishni istasangiz, ba’zi oddiy ehtiyot choralarini ko’rishingiz mumkin. Sabab munosabatli ergashgan qo’shma gapga misollarni tahlil qilamiz: Ing. I took my umbrella, because it was raining. O’zb.Men soyabonimni oldim, chunkiyomg’iryog’ayotgan edi. Bu gapni ham mazmuni saqlangan holda gipotoksemik qo’shma gap ko’rinishida tarjima qilindi. Ammo quyidagi gapga e’tibor beraylik. Ing. As viruses are able to change their form,they cannot ever be eradicated[7.97]. Bu ergashgan qo’shma gapni mazmuni saqlangan holda quyidagicha tarjima qilish mumkin: O’zb. Viruslar o’z shaklini o’zgartira olgani uchun ularni hech qachon yo’q qilib bo’lmaydi (a), O’ zb. Viruslar o’z shaklini o’zgartira oladi, shuning uchun ularni hech qachon yo’q qilib bo ’lmaydi (b), O’zb.Viruslarni hech qachon yo’q qilib bo’lmaydi, chunki ular o’z shaklini oladi(c). Birinchi tarjimamizda (a) as bog’lovchisi ko’makchi sifatida tarjima qilingani uchun gipotoksemik qo’shma gapimiz monotoksemada tarjima qilindi. Gipotoksemik qo’shma gap ko’rinishida tarjima qilganimizda (b) esa ergash gap GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr qismida kelib gaplarni bog’layotgan as bog’lovchisi o’rniga gaplar bosh gap tarkibida keluvchi ko’makchili qurilma yordamida bog’landi.(c) tarjimamiz o’zbek tilidagi ergash gap strukturasiga to’liq mos kelgan, ya’ni avval bosh gap, so’ng ergash gap hamda sabab bog’lovchisi ergash gap boshida kelyapti, ammo ingliz tilidagi strukturasi o’zgarib ketdi. Shu gapni time boglovchisi bilan bog’langan qo’shma gaplar tarjimasini tahlil qilamiz. Ing. It was the spring of 1974 when Mariam turnedfifteen[8.18]. Badiiy asardan olingan ushbu gipotoksemik qo’shma gapni R.Jabborov quyidagicha monotoksema ko’rinishida tarjima qilgan: O’zb. 1974 yilning bahorida Maryam o’n besh yoshga to’ldi[9.22]. Ing. What have you been doing since I last saw you? [10.249]. O’zb. Sizni men oxirgi marta ko’rganimdan buyon nima qilyapsiz[10.249]? Bunda ham since bog’lovchisi ko’makchi tarzida ifodalanib, qo’shma gap tarjimada sodda gapda beriladi. Ing. I know the man who wrote this article.(1a) O’zb. Men bu maqolani yozgan kishini bilaman. Ing. Tom told me what he had seen there.(1b) . O’zb. Tom u yerda ko’rganlarini menga aytib berdi [10.252]. Demak, faqat hol ergash gapli qo’shma gap emas, balki ega ergash gapli qo’shma gap(1a) yoki to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap(1b) tarjimasida ham gipotoksemik qo’shma gapning monotoksemaga aylanishi muammosini ko’rishimiz mumkin. Ing. As it was raining, we could not s

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezis ingliz va o’zbek tillaridagi gipotoksemik qo’shma gaplarning yasalishi, turlari va shuningdek ingliz tilidagi gipotaksemik qo’shma gaplarni o’zbek tiliga tarjmasidagi muammolarga bag’ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezis ingliz va o’zbek tillaridagi gipotoksemik qo’shma gaplarning yasalishi, turlari va shuningdek ingliz tilidagi gipotaksemik qo’shma gaplarni o’zbek tiliga tarjmasidagi muammolarga bag’ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bosh gap, придаточное предложение, subordinativ bog‘lanish, связка, allomorfik jihat, monotoxema, connective, monotoksema, ergash gap, монотоксема, предлог, gipotoksemik qo‘shma gap, сослагательное наклонение, allomorphic aspect, гипотоксический союз, hypotoxemic conjunction, preposition, subordinate clause, subjunctive clause, алломорфный вид, bog‘lovchi vosita
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники