К содержанию
РецензированоUZ2026

Ingliz tilidagi parataksemik qo'shma gaplarning o'zbek tiliga tarjimasi muammosi

INGLIZ TILIDAGI PARATAKSEMIK QO'SHMA GAPLARNING (GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr) · O'ZBEK TILIGA TARJIMASI MUAMMOSI (GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr)

Гейбулла Саломов и узбекская школа перевода · 2026

Аннотация

Ushbu tezisning umumiy mazmuni shundan iboratki, parataksemik qo‘shma gaplar haqida umumiy ma‘lumot beriladi hamda ingliz tilidagi parataksemik qo‘shma gaplarning o‘zbek tiliga tarjimasi muammosini bir nechta misollar orqali tushuntirib beriladi va tezis yakunida barcha fikrlardan chiqarilgan xulosalar ifodalanadi. Kalit so‘zlar: parataksemik qo‘shma gaplar, asliy til, tarjima tili, semantik va grammatik munosabatlar. Hozirgi zamonaviy o'zbek tilshunosligida o'rganilayotgan asosiy mavzulardan biri qo'shma gap hisoblanadi. Qo'shma gap turlaridan biri parataksemik qo'shma gaplardir. Parataksemik qo'shma gaplarni tashkil etuvchi teng huquqli qismlar shaklan mustaqil, mazmunan o'zaro bog'langan, ba'zan mantiqan biri ikkinchisiga tobe gaplardan tashkil topadi. Bunday bog'liqlik qo'shma gap qismlarining tuzilishida, kesimlarining mazmunan va grammatik munosabatida yoki umumiy gap bo'laklarining mavjud bo'lishida ko'rinadi. "Bog'langan qo'shma gap qismlari orasida turli mazmun-munosabatning ifodalanishida shu qismlar tarkibidagi gap bo'laklarining ma'nosi va o'rinlashishi, ularning semantik va grammatik o'zaro munosabati, ayrim leksik elementlarning qo'llanishi kabi faktorlar asosiy ro'l o'ynaydi"[1.123] Anglashiladiki, bunday turdagi qo'shma gaplarning qismlari mazmunan bir-birini taqozo qilsa-da, grammatik jihatdan tobe bo'lmaydi.Qo'shma gap mavzusi ichidagi muammolardan biri ham ingliz tilidagi parataksemik, ya'ni teng bog'lovchili bog'langan qo'shma gaplarni (Compound sentence) o'zbek tiliga tarjima qilishda sodir bo'ladigan o'zgarishlar hamda ingliz tilidagi parataksemik GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr qo'shma gap bo'laklarining o'zbek tili tarjimasi tarkibida aynan takrorlanmasligi deb hisoblashimiz mumkin. Ingliz va o'zbek tillarida parataksemik qo'shma gaplar tarjimasi borasida bu ikki tilning bir-biriga o'xshash va farqli tomonlari, ular o'rtasidagi mazmun- munosabatlarning o'zgarish yoki o'zgarmasligi va bu ikki xil oilaga mansub bo'lgan tillarda so'z tarkibi kabi masalalarni ingliz yozuvchisi J.Swiftning «Gulliverning sarguzashtlari« asaridan olingan misollar orqali ko'rib chiqamiz. Ingliz tilida: »It was about twelve at noon, and a servant brought in dinner».[4.74] J.Swiftning «Gulliverning sarguzashtlari» asarini o'zbek tiliga S.Yuldoshev tomonidan tarjima qilingan variantida quyidagicha berilgan: O‘zbek tilida: «Tush payti edi; xizmatkor ovqat keltirdi»[5.65]. O'zbek tilidagi tarjimani tahlil qiladigan bo'lsak, ikkala gapda ham ketma- ketlik mazmuni ifodalanmoqda, shu bilan birgalikda, so'zma -so'z tarjima qilingan. Birgina istisno tomoni shundaki, ingliz tilidagi bog'langan qo'shma gap o'zbek tilidagi tarjimasida bog'lovchisiz qo'shma gap tarzida ifodalangan. "Gaplarni biriktiruvchi grammatik va leksik vositalar qancha kam bo'lsa yoki bo'lmasa, qo'shma gap tarkibidagi gaplar bir-biriga shunchalik kirishib ketadi" [2..299] Bizning ham fikrimizga ko'ra, bu o'zgarish to'g'ri hisoblanadi, chunki asliyat tildagi stilistik qolip tarjima tilida ham yaratilishi kerak. Ya'ni badiiy adabiyotlarda uslubiy bo'yoqdorlik uchun bog'lovchisiz qo'shma gaplar tanlanadi. Xuddi shu asardan olingan navbatdagi misolni tahlilini ko'ramiz: «I grew weary of the sea, and intended to stay at home with my wife and family». [4.15] «Dengiz me'damga tegdi, xotinim, bola-chaqalarim bilan uyda qolmoqchi bo'ldim» [5.6]. S.Yuldoshevning tarjimasida ushbu gapni juda chiroyli tarjima qilgan, ushbu tarjima bizga shuni ma’lum qiladiki, ingliz tilidagi parataksemik qo’shma gap o’zbek tiliga tarjima qilinganda ham aynan shu tuzilishda bo’ladi. Ammo bizning qarashlar bo’yicha bu biroz soddalikni va badiiy g’alizlikni yuzaga keltirib GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr chiqaradi, shu sababli bu tarjimadagi bog’lovchisiz qo’shma gapni sodda gapga aylantirishni joiz deb topdik. Chunki biz o’zbek tilida tasavvur qilishimizga ko‘ra, “dengiz uning me’dasiga tekkanligi sababli xotini, bola-chaqalari bilan uyda qolmoqchi”, tarjima esa quyidagi ko’rinishda bo’lsa yaxshiroq bo’ladi deb o‘ylaymiz: “Dengiz me ’damga tekkanidan xotinim, bola-chaqalarim bilan uyda qolmoqchi bo ‘ldim ”. Navbatdagi misol tariqasida keltirmoqchi bo’lgan tarjimamizda ingliz tilidagi birgina parataksemik qo’shma gap o’zbek tiliga tarjima qilinganda bir necha bog’langan qo’shma gaplarga bo’linib ketgan. “The horse that fell was strained in the left shoulder, but the rider handkerchief as well as I could, however I would not trust to the strength of it any more in such dangerous enterprises”[4.33]. O’zbek tilidagi tarjimasi: “Yiqilgan otning oldingi oyog’i chiqqan bo’lsa-da, chavandoz shikastlanmagan edi. Ro’molchani hafsala bilan yamadim, lekin o‘shandan beri bunaqa xavfli mashqlar paytida ro’molchaning pishiqligiga ishonmay qo‘ydim ”.[5.25]. Nazarimizda, bu tarjimada barcha bo’laklardan foydalanilmaganligi sababli ingliz tilidagi birgina qo‘shma gap o‘zbek tilidagi tarjimada bir necha gaplarga bo‘linib ketgan. Aynan “however”

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisning umumiy mazmuni shundan iboratki, parataksemik qo‘shma gaplar haqida umumiy ma‘lumot beriladi hamda ingliz tilidagi parataksemik qo‘shma gaplarning o‘zbek tiliga tarjimasi muammosini bir nechta misollar…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisning umumiy mazmuni shundan iboratki, parataksemik qo‘shma gaplar haqida umumiy ma‘lumot beriladi hamda ingliz tilidagi parataksemik qo‘shma gaplarning o‘zbek tiliga tarjimasi muammosini bir nechta misollar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
язык оригинала, parataxemic sentences, asliy til, semantic and grammatical relations, semantik va grammatik munosabatlar, original language, parataksemik qo‘shma gaplar, tarjima tili, паратаксемические предложения, семантические и грамматические связи, translated language, язык перевода
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники