К содержанию
РецензированоRU2024

BADIIY ASARLARDA KO‘P MA’NOLI SOʻZLARNING QOʻLLANILISHI

Davidov Yunus Jummayevich

Современная наука и исследования · 3 · 80-83 · 2024

Аннотация

This article analyzes the phenomenon of polysemy in works of art on the example of some words. It is highlighted that polysemantic words are a means of providing imagery in artistic works. Key words: polysemy, imagery, monosemy, artistic work. УПОТРЕБЛЕНИЕ МНОГОЗНАЧНЫХ СЛОВ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ ИСКУССТВА. Аннотация. В данной статье анализируется явление многозначности в художественных произведениях на примере некоторых слов. Подчеркивается, что многозначные слова являются средством образного обеспечения художественных произведений. Ключевые слова: многозначность, образность, моносемия, художественное произведение. Polisemiya har qanday tilda ham salmoqli oʻrin tutadi. Til boyligi faqat soʻzlar, iboralar bilangina emas, soʻzlarning leksik maʼnolari bilan ham oʻlchanadi. Demak, soʻzlarning koʻp maʼnoliligi – polisemiya til boyligida oʻz oʻrniga ega1. Polisemantik soʻzning alohida olingan semalari qanchalik rang-barang boʻlmasin, ular har doim yagona maʼnoviy asos tevaragida guruhlashadi. Ikkilamchi maʼnolar dastlabki maʼnoning keyingi taraqqiyoti tarzida eʼtirof etiladi2. Darhaqiqat, Polisemiya bir til doirasida soʻzlarning turli maʼnolari oʻrtasidagi munosabatlarni belgilaydi. Borliqdagi predmet, hodisalarning oʻzaro mustahkam bogʻliqligini va uning tilda oʻz ifodasini topganini koʻrsatadi. Polisemiyada maʼno aniqligini belgilashda matnni hisobga olish lozim. Negaki polisemantik so‘zning anglatayotgan ma’nosi gap tarkibidagi boshqa so‘zlar orqali ochiqlanadi. Soʻzlarning koʻp maʼnoliligi natijasida yuzaga keladigan ko‘chma ma’no va ulardagi nozik attenkalari badiiy adabiyotda muhim tasviriy vosita sifatida keng qoʻllanadi3. Har qanday monosemantik so‘zda polisemantik soʻzga aylanish imkoniyati mavjud boʻladi. Vaqt oʻtishi bilan oʻsha monosemantik soʻzga yangi ma’nolar yuklatilishi mumkin. Lugʻatlarda polisemantik soʻzlarning barcha ma’nosi keltirilmagan, 1 Миртожиев М. Ўзбек тилида полисемия. Тошкент, “Фан”, 1975, 3-бет. 2 Будагов Р.А. Введение в науку о языке. М., Учпедгиз, 1958, с. 39 –50. 3Y.Davidov. “Maxtumqulining_polisemantik_so‘zlardan_foydalanish_mahorati”. “Maxtumquli-doʻstlik kuychisi” konferensiya to‘plami. Termiz, “Surxon ilm nashri” , 2024, 448-453. 1 26 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ polisemantik soʻzlar lugʻatlarda keltirilgan ma’nosidan tashqari yana bir qancha ma’nolarni ifodalashi mumkin. Masalan, OʻTILda oʻynamoq feʼlining dam olish, koʻngil ochish maqsadidagi biror mashgʻulot, oʻyin bilan shugʻullanmoq; dam olish, sayr etish; sport oʻyini bilan shugʻullanmoq, oʻyinda qatnashmoq; qaqs tushmoq; sahna asarida biror rolni ijro etmoq; harakatlantirmoq, aylantirmoq;.hazillashmoq, gap bilan tegishmoq; turli xil shoʻx, yoqimli harakat qilmoq; koʻrk, goʻzallik aks ettirib harakatlanmoq, pirpiramoq, dirkillamoq; irgʻishlash, shox tashlash tarzidagi oʻynoqi harakat qilmoq; qabarib, boʻrtib chiqmoq kabi oʻn ikki4 maʼnosi keltirilgan. Yuqoridagi ma’nolaridan tashqari oʻynamoq fe’lining badiiy asarlarda qoʻllangan yana quyidagi maʼnolarini keltirishimiz mumkin. Zarrin kokardali furajkasi tagidan kalta qirqilgan qora sochlari daryo shamolida oʻynaydi. (A.Muxtor. “Chinor”) Keltirilgan gapda oʻynamoq fe’li harakatga kelmoq, tebranmoq ma’nosida qoʻllanilgan. Qiyin ahvolda qolsa hamki, choʻziq, qotma yuzida hayajonli quvonch shuʼlasi oʻynardi. (A.Muxtor. “Chinor”) Bu gapda esa aks etmoq, namoyon boʻlmoq ma’nosida qoʻllanilgan. Uch odamning joni bilan oʻynashyapsiz. (A.Muxtor. “Chinor”) Bu gapda esa eʼtiborga olmaslik, mensimay harakat qilmoq, qaltis harakat kabi ma’nolar ifodasi uchun ishlatilgan. Zebi necha yillik gʻam-tashvishlardan toʻrt-besh kun ichida ortigʻi bilan yozilib kelarkan, oʻz orqasida oʻynayotgan oʻyinlardan xabarsiz edi. (Choʻlpon. “Kecha va kunduz”) Yuqoridagi gapda kutilmagan voqea-hodisa yuz bermoq, (unga nisbatan) amalga oshayotgan kabi ma’nolarni qisqa tarzda ifodalashga xizmat qilgan. …Bir gorodovoy qamchi oʻynatib, olomonning orasini yorib, qalandarlarga yoʻl boʻshattirib kelar edi. ( Gʻ. Gʻulom. “Shum bola”) Bu gapda esa harakatlantirmoq, silkitmoq kabi ma’nolar ifodasi uchun ishlatilgan. Uning barmoqlari dutor qillarida mohir oʻynadi. (Oybek. “Qutlugʻ qon”) Keltirilgan gapda yoqimli harakat qilmoq; chalmoq, chertmoq ma’nosida qoʻllanilgan. Shaloladek shagʻillab, Shovqin-suron qaynaydi; Mashinalar oʻynaydi, Yonib, porlab, gurullab. (H. Olimjon. Tanlangan asarlar) Bu gapda oʻynamoq fe’li tez harakat qilmoq, oʻtib- qaytmoq ma’nosini anglatgan. Badiiy asarlarda oʻynamoq fe’li turli ma’nolarda qoʻllangan boʻlib, yozuvchining soʻz qoʻllash mahorati bilan bogʻliq ravishda turli obraz yaratishga xizmat qilgan. M.Mirtojiyev ta’kidlaganidek, polisemiya sivilizatsiya belgisidir. Qaysi xalqda fan, texnika, madaniyat, san’at taraqqiy etgan bo‘lsa, o‘sha xalq obyektiv borliqning o‘zaro aloqasini shuncha ko‘proq ko‘radi, ularni bir-biriga ko‘proq qiyos etadi va bular tilda ko‘proq o‘z aksini topadi. So

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the phenomenon of polysemy in works of art on the example of some words.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the phenomenon of polysemy in works of art on the example of some words. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
polysemy, imagery, monosemy, artistic work
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники