Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОСОБЕННОСТИ РАБОТЫ С ТАЛАНТЛИВЫМИ ДЕТЯМИ
Baxronova Adiba Ismoilovna
Современная наука и исследования · 216- 218 · 2026
Аннотация
Talent and genius are the highest level of development of human abilities. The article talks about the features of working with gifted children. Keywords: talent, education, nationality, teacher, abilities, child. ОСОБЕННОСТИ РАБОТЫ С ТАЛАНТЛИВЫМИ ДЕТЯМИ Аннотация. Талант, гениальность – это высшая ступень развития человеческих способностей. В статье говорится об особенностях работы с одаренными детьми. Ключевые слова: талант, образование, народность, педагог, способности, ребенок. Hozirgi davrda aqlan zukko, kreativ qobiliyatli, mustaqil mulohaza yurituvchi yuksak iqtidorli, talantli yoshlarga eng qulay shart-sharoitlar yaratish, ular faoliyatini aniq maqsad sari yetaklash, boshqarish bugungi kunning talabidir. Bunday yoshlar turli soxalarda xalqning milliy imkoniyatlarini jahon talablari darajasiga olib chiqaoladigan qudratli kuchga ega. Mazkur nuqtai nazardan muammoga yondashish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ular faoliyatini yo‘lga qo‘yish muximdir. Iqtidor, talant, daholik inson qobiliyati rivojlanish darajasining eng yuqori bosqichidir. Iqtidor tushuncha bo‘ladi. Ulardan biri ijtimoiy iqtidor bo‘lib, peshqadamdik (boshlovchilik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik) deb atash mumkin. Iqtidorning bu turi oilada ham, maktabda ham hech qanday ziddiyatga sabab bo‘la olmaydi. Mutaxassislar tomonidan ko‘proq o‘rganilgan iqtidor bu badiiy iqtidor bo‘lib, bunda bolada musiqaga, tasviriy san’atga, sahna madaniyatiga qiziqish o‘ta kuchli bo‘ladi. Bolaning sportga bo‘lgan qiziqishi, ishtiyoqi va jismoniy qobiliyati psixomotor iqtidor deb ataladi. O‘quvchi yoki talabaning bilim olishdagi o‘ziga xos kuchli qobiliyati, bilim olish uchun intilishi va tirishqoqligi akademik iqtidor deb ataladi. Tahlil qilishda, fikrlashda, faktlarni taqqoslashda namoyon bo‘ladigan qobiliyat intilektual iqtidor deb ataladi. 84 Bunda bola oilada - aqlli, maktabda - a’lochi. Ba’zida - bunday bola faqat bir yoki ikki predmet bo‘yicha a’lo bilimga ega bo‘lishi mumkin, biroq boshqa predmetlar bo‘yicha ulgurmay, ijobiy bilimlarga ega bo‘la olmaydi. Ijodiy iqtidor dunyoni boshqacha anglashda va boshqacha fikrlash jarayonida namoyon bo‘ladi. Bunday bolalar ba’zida o‘z maqsadlari sari intiladilar va maqsadiga yeta olmay «Omadsiz» bo‘lib qoladilar. Ular bolaligida oilada va maktabda ko‘pchilikni g‘ashiga tegadilar. Bunday bolani ertaroq aniqlab, o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish kerak. Umuman olganda iqtidorli bolalarda bilim olishga ehtiyoj kuchli. Ularni o‘qishga majbur qilishning keragi yo‘q. Ular o‘zlariga ish topib oladilar, ko‘p hollarda bu ish juda murakkab va intelektual bilimni talab etadi. Ular aqliy mehnatni xush ko‘radilar. Bu esa ota - onalarda qo‘rquv va xijolat chekish holatlariga sabab bo‘ladi. Iqtidorli bola kattalar bilan muloqatda bo‘lishni yaxshi ko‘radilar, chunki ular (katta yoshdagilar) bolani tushunadilar va bu muloqotdan zavq oladilar. Tengdoshlari uni tushunmaydilar, ustidan kuladilar va har xil laqablar bilan atay boshlaydilar. Bunday bolalarning sezgirligi juda kuchli bo‘lib ko‘rinadi. Ular juda tez, arzimagan narsadan ham janjal chiqarishi mumkin, bu injiqlik emas balki o‘ta sezgirlik, oqibatidir. Ijod qilishga moyil bolalar vazmin bo‘ladilar, ular bolaligidan o‘zini iqtidori tufayli aziyat chekishi mumkin. Bunday bolalarda yumorga kuchli tug‘ma xissiyot mavjudligi sezilib turgandek bo‘ladi. O‘zlari xazil qilmasa ham kichkinagina vaziyatdan yoki holatdan kulgili narsa axtarib topa oladilar. Ularning nutqlari ham o‘zgacha. Ularning yurish - turishi, atrofdagilarga bo‘lgan munosabati boshqa bolalarnikidan ancha farq qiladi. Yuqorida aytilgan fikrlarga hulosa yasab shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, iqtidorli bolalarni boshqa hususiyatlarini hisobga olgan holda umumjaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti qaroriga muvofiq ular aqli zaif, voyaga yetmagan huquqbuzarlar, ichkilikbozlikka mukkasidan ketgan kishilarning bolalari qatori «qaltis guruhga» kiradilar. Ularga maxsus tarbiya, maxsus individual o‘quv dasturlari, maxsus tayyorgarlikka ega o‘qituvchilar, maxsus maktablar darkor. Oiladagi iqtidorli bola oilaning faxri. Ko‘p xollarda oilada bolaning iqtidori sezilmay qolishi mumkin. Agar bola oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lsa yoki hamma bolalari talantli bo‘lsa bu oilada odatiy hol hisoblanishi mumkin. Biroq hamma ota - onalar ham, bunday bolalar bilan faxrlanmaydilar. Farzandini boshqalardan ajrab turishini hoxlamaydilar. Agar ota - onalar o‘z farzandlaridagi iqtidorni o‘z vaqtida sezib, unga har tomonlama yordam berishganda edi, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Ayrim hollarda talantli bolalarni oilada qiynab yuboradilar. Bunga bola bardosh bera olmasligi mumkin va aksincha talantsiz, qobiliyatsiz bolani ota - onalari undan ko‘p narsa talab qiladilar, bunday 85 jarayon bolaning sog‘ligini izdan chiqarishi mumkun. Sog‘liqni o‘nglash mumkundir, lekin yetkazilgan ma’naviy zararni bartaraf etish ancha qiyin. Talant bo‘lsa unga o‘z vaqtida yordam berish bu yaxshi, lekin talant «yaratish» bolani haqoratlashdir. Ota - onalar farzandini iqtidor
Доказательный фрагмент
«Talent and genius are the highest level of development of human abilities.»
Образец извлечения
Демо-превьюTalent and genius are the highest level of development of human abilities. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- talent, education, nationality, teacher, abilities, child, tarbiya, milliy, iqtidor, pedagog, child., bola, qobiliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026