К содержанию
РецензированоRU2017

SURXON VOHASINING TURMUSH TARZI, TARIXIY MADANIYATI VA O‘ZIGA XOSLIGI

Naimov Muzafar O‘rinovich

Журнал универсальных научных исследований · 2017

Аннотация

В данной статье отмечается быт образа жизни, своеобразые исторические культуры, обряды, обычаи и неповторимые искусство Сурханского оазиса. Ключевые слова: обычай, традиция, обряд, верование, дар, мелодия, инструмент, репертуар, терма, национальная ценность, поговорка, народ, календарь, этнография, фольклор. Annotation. This article notes the way of life, unique historical cultures, rituals, customs and unique art of the Surkhan oasis. Key words: custom, tradition, rite, belief, gift, melody, instrument, repertoire, terma, national value, saying, people, calendar, ethnography, folklore. Surxondaryo viloyati respublikamizning janubida joylashgan o‘lkadir. Uning etnografiyasi olis tarixga va xilma-xil el-elatlar rishtasiga borib taqaladi. “Baqtriya, Kushon kabi ko‘hna davlatlar tarixi, Dalvarzintepa, Kampirtepa, Zartepa qal’asi singari noyob yodgorliklar bu yerda qadim zamonlarda ham yuksak taraqqiyot mavjud bo‘lganini isbotlaydi” - deb ta’kidlaydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev [1.1,-277].1 “Dalvarzintepa ko‘p yillar mobaynida miloddan oldingi Kushonlar davlatining poytaxti, Tarmita, ya’ni ko‘hna Termiz esa Zardo‘shtiylar 1 Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.: O‘zbekiston, 2017. 277-b 1089 davlatining bosh shahri bo‘lgani, uning nomi “Avesto”da ham tilga olinishi buning yana bir tasdig‘idir. Voha hududidagi Xolchayon shahri xarobalari, Sopollitepa, Fayoztepa, Sulton Saodat maqbaralari majmui, Qirqqiz qal’asi, Zartepa qo‘rg‘oni, Jarqo‘rg‘on minorasi kabi o‘nlab obidalar bu yerda juda olis zamonlardayoq yuksak taraqqiyot mavjud bo‘lganidan dalolat beradi”, - deb ta’kidlagan edi O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov2. Qadimgi madaniyat yodgorliklari orasida Sherobod tumani Zarautsoydagi ibtidoiy suratlar alohida o‘rin tutadi. Bu suratlar qariyb 10-15 ming yoshga kirgan bo‘lib, unda yovvoyi buqalarni ovlash jarayoni tasvirlangan bo‘lib, rasmda yugurib ketayotgan buqalar, ular izidan quvib borayotgan ovchi va itlar ko‘rinadi. Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, tasviriy san’at yodgorliklari ajdodlarimizning badiiy tafakkuri serqirraligini ko‘rsatuvchi g‘oyat qimmatli tarixiy faktlar hisoblanadi3. Ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-madaniy sohalarda ro‘y bergan chuqur o‘zgarishlar diniy-mifologik e’tiqodlar rivojida ham o‘z ifodasini topgan. “Otashparastlik, hayvonlarni muqaddaslashtirish (totemizm), marhumlar ruhini ilohiylashtirish (animizm) kabi urf-odatlar, dehqonchilik bilan bog‘liq turli marosim va toat-ibodatlar kelib chiqqan. O‘sha davrda quyoshga, yerga sig‘inish odatlari ham keng rasm bo‘lgan”4. Vohadagi qadimiy madaniyat o‘choqlaridan yana biri Dalvarzintepa hisoblanadi. Dalvarzin I-VII asrlarda Kushon saltanatining poytaxti bo‘lgan. Buyuk ipak yo‘li ham shu shahar orqali o‘tgan. Kushon madaniyati jahon tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Yozma manbalar va arxeologik topilmalarning guvohlik berishicha, O‘rta Osiyo xalqlari bilan hindlar o‘rtasida azaldan o‘zaro iqtisodiy, madaniy aloqalar kuchli bo‘lgan. Kushon imperiyasida bundan 2500 yil avval Hindistonda vujudga kelgan yakkaxudolik dini – buddizm (buddaviylik) hukmron bo‘lgan. Buddizm Surxon vohasiga milodning boshlarida tarqaladi. Bu yerda buddizm diniy-falsafiy qarashlaridan tashqari hindlarning ko‘pgina dunyoviy bilimlari - ilmi nujum, jug‘rofiya, tibbiyot, tilshunoslik, musiqa, rassomlik va haykaltaroshlik san’ati ham keng yoyildi5. 2 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin farovon hayot – pirovard maqsadimiz. - T.: O‘zbekiston, 2000. 247-b. 3 Javliev T. An’analar - hayot sabog‘i. - T.: O‘zbekiston, 1992. 6-b. 4 Javliev T. Ko‘rsatilgan asar. 7-b. 5 Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И. История искусства Узбекистана. – М., 1965. Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И. 1090 Amudaryo sohilidan topilgan Ayritom frizida chiltor va boshqa soz chertayotgan ayollar va boshqa tasvirlar aks etgan. Mana shu suratning o‘zi ham o‘sha zamon san’ati, madaniyati, diniy e’tiqodlaridan darak beradi6. O‘rta Osiyoning ko‘hna madaniy markazlaridan biri bo‘lmish Surxondaryo azaldan san’atkorlar o‘lkasi. Bu yerda qadimdan me’morlar, chevarlar, hunarmand- ustalar, sozandalar, baxshilar, qiziqchilar ko‘p bo‘lgan. Surxon vohasi aholisining ko‘proq qismini o‘zbeklar tashkil qiladi. Voha tegishli davlatlar bilan chegaradosh bo‘lgani uchun chegara hududlarida tojiklar, turkmanlar, afg‘onlar, qozoqlar, shuningdek, boshqa millat vakillari ham istiqomat qilishadi7. Surxondaryo to‘y-hashamlari, bayram-an’analari, odat-udumlari - g‘oyat rang- barang va bugun ham o‘zining ilg‘or xalqlar madaniyatlari qatorida shuhrat topib yashab kelayotgani bilan jozibalidir. Badiiy ijod xalq hayoti yutuqlarining turli janrdagi o‘ziga xos in’ikosidir. Qadim-qadimdan yerli xalq zavq-shavqi-yu, dard-alamini termalarda, to‘y-yig‘inlardagi dostonchiligida vasf etgan, ma’rakalarda ifodalagan. Surxondaryo moziydan sado beruvchi so‘zga boy baxshilari va rang-barang musiqa cholg‘u (do‘mbira, dutor, g‘ajir nay, sibiziq, cho‘pon nay, chanqovuz,

Доказательный фрагмент

«В данной статье отмечается быт образа жизни, своеобразые исторические культуры, обряды, обычаи и неповторимые искусство Сурханского оазиса.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье отмечается быт образа жизни, своеобразые исторические культуры, обряды, обычаи и неповторимые искусство Сурханского оазиса. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
custom, tradition, rite, belief, gift, melody, instrument, repertoire, cholg‘u, aytim, baxshi, taqvim, folklor, urf-odat, an’ana, marosim, ohang, terma, repertuar, elat, e’tiqod, milliy qadriyat, etnografiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники