Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUVCHILARGA AXLOQIY-ESTETIK TARBIYA BERISHDA NOTIQLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Фазлиддин Абдуразаков
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
O‘quvchilarga axloqiy-estetik tarbiya berishda notiqlikning o‘rni katta. Bunda so‘zga chiqayotgan kishi nutqining tuzilishini ko‘rib chiqish va buning uchun nutq mazmunini ishlab chiqishda rioya qilinishi kerak bo‘lgan asosiy qoidalarni bilish muhim rol o‘ynaydi. Bu haqida ko‘plab olimlarimiz o‘rganish olib borib, samarali natijalarga erishgan. Mazkur tezisda ushbu fikrlar haqida so‘z borib, o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish orqali estetik tarbiyani rivojlantirish asosiy maqsadimiz. Kalit so‘zlar: nutq, notiqlik, ritorika, voizlik, estetik go‘zallik, madaniyat, qobiliyat. Kirish. Notiqlik san’atiga qiziqish kuchayishi bilan rivojlana boshlagan mantiq dastlab gapiruvchi uchun muhim bo‘lgan masalani hal etishga harakat qilgan. Qadimgi notiqlarning fikricha, yaxshi nutqning kuchi fikrlarning o‘zaro bog‘lanishi bilan belgilanadi - agar tinglovchilar bir fikrni qabul qilsa, u bilan bog‘liq qolgan fikrlarini ham tan olishi kerak. Tinglovchilarga haqiqatni yetkazish va ularni u yoki bu fikrning to‘g‘riligiga ishontirish bilan bog‘liq har qanday axborot uzatish jarayoni o‘zaro bog‘liq 3 unsurdan tashkil topadi. Birinchi unsur - isbotlanishi kerak bo‘lgan fikr. Ikkinchi unsur- fikrning to‘g‘riligini isbotlovchi asos va dalillar. Uchinchi unsur - namoyishi, ya’ni fikr va asos, dalillar o‘rtasidagi aloqani ko‘rsatuvchi mantiqiy bog‘lanish. 1073 Fikrlashning mantiqiyligini ta’minlashda bu unsurlar borasida shakllangan qoidalarga rioya etish muhim ahamiyatga ega. Yunon madaniyati, xususan, Afina notiqlik san’ati tanazzulga yuz tutgan bir paytda Italiyada Rim notiqlik san’ati rivojlana boshladi. U antik notiqlikning yana bir muhim tarmog‘i edi. Bu notiqlik lotin tilida shakllanganligi tufayli “Lotin notiqligi” deb ham yuritiladi. Rim imperiyasi ijtimoiy mazmuni jihatidan quldorlik tizimiga asoslangan bo‘lib, unda faqat ijtimoiy tuzum taraqqiyoti emas, balki notiqlik san’ati taraqqiyotida ham Yunoniston tarixining, xususan, Afina tarixining ayrim bosqichlarining takrorlanishini ko‘ramiz. Chunki Rim madaniyatiga yunon, xususan Attika madaniyati katta ta’sir o‘tkazgan edi. Negaki, yunon demokratiyasining ravnaqi eramizdan oldingi I asrga to‘g‘ri kelsa, Rim imperiyasining rivojlanish davri eramizdan oldingi IV-III asrlarga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham ilg‘or yunon madaniyati, yunon notiqlik san’atining Rim notiqlik san’atiga ta’sir etishi tabiiy bir hol edi. Notiqlik san’ati - bu, asosan, nutqning og‘zaki shakli. Nutq madaniyati esa, nutqning ham og‘zaki, ham yozma shakli uchun taalluqli tushunchadir. Notiqlik nutq vositasida kishilarga muayyan g‘oya va maqsadlarni yetkazishni, tushuntirishni, ta’sirlantirishni, ularni ma’lum maqsadda safarbar qilishni ko‘zda tutadi. Umuman olganda, o‘quvchilarga axloqiy-estetik tarbiya berishda notiqlik madaniyatini shakllantirish shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun zarur bo‘lgan keng ko‘lamli bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yordam beradi. Omma oldida nutq so‘zlash va muloqotning boshqa shakllari bilan shug‘ullanib, o‘quvchilar o‘z fikrlarini samarali ifoda etishni o‘rganishi, shu bilan birga tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va madaniy ongni rivojlantirishi mumkin.1 Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u uchtaasosiy vazifani bajaradi: individuallararo, ichkiindividual va umuminsoniy. Nutq vazifasi uning ontogenezdagi haqiqiy rivojlanish jarayoni bosqichini aks ettiradi, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga egadir: 1 Сариев Ш. Бошланғич синф ўқиш дарсларида матн устида ишлаш орқали нутқ ўстириш (методик қўлланма). – Т.: Юрист медиа маркази, 2010. 76 б. 1074 1-vazifasi – individuallararo – kishilar o‘rtasidagi muloqot vositasidir. Ushbu holatda nutq og‘zaki nutq – monolog, dialog, bir nechta odamlar suhbati sifatida chiqadi. 2-vazifasi – ichkiindividual – bu yerda nutq ko‘plab ruhiy jarayonlarni (fikrlash, diqqat-e’tibor, xotira, tasavvur va boshq.) aniq-tiniq anglash darajasiga ko‘targani hamda shaxsga ruhiy jarayonlarni tartibga solish va nazorat qilish imkonini bergani holda ularni amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. 3-vazifasi – umuminsoniy – bu o‘rinda nutq alohida bir odamga umuminsoniy ijtimoiy-tarixiy tajriba xazinasidan axborot olish imkonini beradi. Ushbu holatda – bu grafik ramzlar va belgilarda moddiylashtirilgan yozma nutqdir. Har qanday nutq notiqlik emas! Notiqlik qadimiy davrdan beri mahorat, san’at sifatida inson maxsus, noyob qobilyat sifatida talqin qilinadi. Nutq texnikasining tarkibiy qismlari: -Nutq madaniyati - Savodli gapirish, o‘z nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon etish, o‘z fikr va his-tuyg‘ularini so‘zda aniq ifodalash. - Mimik pantomima - Aniq imo-ishora, ma’noli qarash, rag‘batlantiruvchi yoki iliq tabassum - O‘qituvchining hissiy holati - Jiddiylik darajasi, xayrxohlik kayfiyatini saqlash, o‘zining hissiy holatini tashkil etish. Jahon olimlari tomonidan til ta’limining rejali tashkil etilishi va boshqarilishi sohasida o‘tkazgan ilmiy tadqiqotlar natijasida: ta’lim
Доказательный фрагмент
«O‘quvchilarga axloqiy-estetik tarbiya berishda notiqlikning o‘rni katta.»
Образец извлечения
Демо-превьюO‘quvchilarga axloqiy-estetik tarbiya berishda notiqlikning o‘rni katta. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- axborot-kutubxona, mutolaa, muomala, notiqlik, madaniyat, san’at, kutubxonachi, kitobxonlik
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025