Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUSIQA MASHG‘ULOTLARIDA BOLALARGA FOLKLOR QO‘SHIQLARNI O‘RGATISH
QO‘SHIQLARNI O‘RGATISH · Muzaffar O‘rinovich Naimov · Muzaffar Orinovich Naimov (PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS)
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
This article provides information about the unique features of music education in preschool educational institutions. In the music classes, it was considered to familiarize the young generation with our national traditions, rituals and their history by teaching folklore songs, i.e. game folklore, seasonal and ceremonial songs. Also, during the training, the responsibilities of the music director were shown. Keywords: ritual, folklore, tradition, customs, national values, harmony, range, method, galagov Kirish: Yurtimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan barcha sohalarda bo’lgani kabi san’at va madaiyat sohasiga ham katta etibor qaratila boshlandi. Hususan, milliy o‘ziga xoslikning shakllaninshida muhim omil sanalgan milliy 1047 madaniyatimizga, marosimlarga, an’anaviy musiqa va uning ijrochiligiga xususan folklor qo‘shqilariga e’tibor nihoyatda oshdi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Tengsiz ma’naviy boyligimiz bo‘lmish mumtoz san’atni, xalq ijodining nodir namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish jahondagi ilg‘or fikrli olimlar va san’atkorlarning, davlat va jamoat arboblari, barcha madaniyat ahlining ezgu burchidir”. Demak, folklor san’atiga xos ijro uslublarida yaratilgan musiqiy namunalarni MTT tarbiyalanuvchilariga o‘rgatish musiqa rahbari zimmasiga katta mas’uliyat yuklamoqda. Malumki, folklor qo‘shiqlari ajdodlarimizdan bizgacha bobodan o‘g‘ilga, momodan qizga, ustozdan shogirdga an’anaviy ya’ni og’izdan og’izga o‘tib o‘g‘zaki tarzda yetib kelgan. Respublikamizning barcha viloyatlarida tashkil etilgan folklor-etnografik ansambllar ana shunday xayrli ishni ya’ni folkolr qo‘shiqlarini ommaviy tadbirlarda, umumxalq bayramlarida, festivallarda, ko‘rik tanlovlarda zamonga moslashtirib, sayqallashtirilib ijro etishmaqda. Pirovardida, folklor qo‘shiqlari yanada rivojlanib kelmoqda. Shunday ekan MTT tarbiyalanuvchilari ham folklor qo‘shiqlarini o‘rganish orqali qadimiy urf-odatlar, udumlarimiz mavsumiy, oilaviy mehnat marosimlari bilan bog‘liq qo‘shiqlarni kuylash orqali milliy qadryatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalanadilar. Bolalarga folklor qo‘shiqlarini o‘rgatish jarayonida bolalar yoshini inobatga olinishi muhimdir. Folklor qo‘shiqlarini o‘rgatish jarayonini qo‘shiqlarning kelib chiqish tarixi, asrlar silsilasidan o’tib bizga qadar yetib kelish bosqichlarini tarbiyachi pedagog ertak tarzida bolajonlar yetkazib beririshi maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonda tarbiyachi nafaqat bir asar tarixi haqida bilim beradi, balki yosh avlod qalbida ezgulikka, tarixiy voqeylikka hurmat ruhini shakllantira boradi. Bu esa pedagogikaning bosh maqsadlaridan biridir. Shu bilan bir qatorda asarning audio, video variyantlariga ham e’tibor qaratish lozim. Folklor qo‘shiqlarning aksariyat qismini marosimlar bilan bog‘liq qo‘shiqlar tashkil etadi. Xususan, Surxon marosim qo‘shiqlari 3 turkumga bo‘linadi: mavsumiymarosim, oilaviy-maishiy qo‘shiqlari va diniy ibodat aytimlari. Mavsumiy- marosim qo‘shiqlari mazmun jihatidan, bajarayotgan vazifasi va ijro uslubiga ko‘ra quyidagilarga tavsiflanadi: 1048 1. Umumxalq marosim va bayramlari bilan bog‘liq, masalan, Navro‘z qo‘shiqlari (Navro‘z, Jarchilar qo‘shig‘i, Muborakbod, Yilboshi, Navro‘znoma, Sumalak, Boychechak, Lola sayli, Hey lola, Xalinchak va boshqalar). 2. Yil fasli, ya’ni mavsum va mavsumiy-mehnat marosimlari qo‘shiqlari bahor, yer haydash, ekin ekish, yoz, kuz, qish vaqtida (Shohmoylar, Qo‘sh haydash, Dehqonlar qo‘shig‘i, Sust xotin, Turna keldi, Hamal, O‘roqchi, Mayda, Shamol chaqirish, Choy momo, Qor chaqirish, Do‘rsi-do‘rsi, Shohi Naqshband va boshqalar) 3. Yilnoma va tavqim bilan bog‘liq qo‘shiqlar ( Yo ramozon yoki Yo rabiman). Oilaviy marosim qo‘shiqlari uch guruhga bo‘linadi: 1. To‘y-marosim qo‘shiqlari. 2. A’za-motam aytimlari. 3. Oilaviy-maishiy marosim aytimlari. To‘y-marosimlariga “Beshik to‘y”, “Soch olar to‘y”, “Sunnat to‘y”, “Muchal to‘y”, “Nikoh to‘y”lar kiradi. To‘y-marosim qo‘shiqlariga (Hay yorey, hay do‘st”, “O‘lan”, “Yor-yor”, “Kelin salom”,“Muchal” qo‘shiqlari va boshqalar). Bahorda nishonlanadigan bayramlardan eng qadimiysi “Navro‘z” bayramidir. Navro‘z bayramida yigit-qizlar bayramona milliy liboslar kiyib, boshlariga gulchambarlar taqishib, raqsga tushib, bahorning elchisi boychechakka atab “Boychechak” qo‘shig‘ini kuylaganlar: Boychechak chiqibdi bugun Navro‘z ekan, Olam ham barobar kecha-kunduz ekan. Hamma bir-biriga jigar so‘z ekan-o, Boychechak chiqibdi bugun Navro‘z ekan. Mehnat jarayoni bilan bog‘liq mavsumiy-marosim qo’shiqlari kishilarning mehnat turi bilan bog’liqdir. Bu kabi qo‘shiqlardan yana biri “Mayda” qo‘shig‘idir. O‘rib olingan hosilni dehqonlar xirmonga to‘plashib, uni quritishib, so‘ngra qo‘sh ho‘kizlar yordamida galagov qilib yanchishgan. Mana shu jarayonda “Mayda” qo‘shig‘ini kuylashgan: Mayda desam ho‘p deding - maydayo, mayda, Somonini ko‘p deding maydayo, mayda. Mayda qilsang yarashar maydayo, mayda, Jami jonvor qarashar maydayo, mayda. 1049 Qo‘shiq quvnoq ohangda ijro e
Доказательный фрагмент
«This article provides information about the unique features of music education in preschool educational institutions.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about the unique features of music education in preschool educational institutions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ritual, folklore, tradition, customs, national values, harmony, urf-odatlar, hamohang, folklor, an’ana, marosim, metod, galagov, milliy qadriyatlar, diapazon
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026