Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИСТОРИЯ ЗЕМЕЛЬНО-ВОДНЫХ ОТНОШЕНИЙ БУХАРСКОЙ НАРОДНОЙ СОВЕТСКОЙ РЕСПУБЛИКИ
Bibirajab Yuldosheva · Umidjon Baqoyev · REPUBLIC OF BUKHARA
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article describes the history of land-water relations of the Bukhara People's Soviet Republic. The article was researched by studying and analyzing various sources and scientific literature. During the government of the USSR, land-water relations, like many other areas, were regulated on the basis of both the Soviet and the national model. Lands of large landowners were confiscated, and the role of state property was increased. The article also discusses the role of the new land-water system in the country’s economy and the consequences of the changes. Key words: Republic, Agricultural inspectorate, land and water, decree, foundation waqf. ИСТОРИЯ ЗЕМЕЛЬНО-ВОДНЫХ ОТНОШЕНИЙ БУХАРСКОЙ НАРОДНОЙ СОВЕТСКОЙ РЕСПУБЛИКИ Аннотация. В статье описана история земельно-водных отношений Бухарской Народной Советской Республики. Статья написана путем изучения и анализа различных источников и научной литературы. Во времена правления СССР земельно-водные отношения, как и многие другие сферы, регулировались как на основе советской, так и национальной модели. Земли крупных землевладельцев были конфискованы, возросла роль государственной собственности. В статье также рассматривается роль новой земельно- водной системы в экономике страны и последствия изменений. Ключевые слова: республика, Сельскохозяйственная инспекция, земля-вода, постановление, земли основания. Kirish. O‘zbek davlatchilik tarixida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi katta o’rin tutadi. Buxoro amirligi 1920-yil qizil armiya tomonidan qulatilganidan so‘ng, 8-oktyabrda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil etilgan. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hukumati tomonidan ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohada chuquqr va inqilobiy islohotlar o‘tkazilgan. Jumladan, yer- suv munosabatlarini tartibga soluvchi qator farmon va qarorlar qabul qilingan. 1 10 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1920-yil 6-8-oktabr kunlarida Buxoro amirining yozgi saroyi Sitorai Mohi Xossada chaqirilgan Butun Buxoro xalq vakillarining birinchi qurultoyida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi tantanali ravishda eʼlon qilingan. Bu davlat tuzumi jihatidan xalq demokratik hokimiyati edi. Uning zimmasiga qisqa muddat ichida oʻrta asrchilik anʼanalari meros qolgan amir Buxorosini demokratik davlatga aylantirishdek tarixiy vazifani bajarish tushgan. Qurultoy davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi oliy organi boʻlgan Buxoro inqilobiy qoʻmitasi (Markaziy Revkom), Buxoro Xalq Nozirlar Shoʻrosi — dastlabki hukumat tarkibini uzil-kesil tasdiqladi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review). Buxoro Xalq Sovet Respublikasi yer-suv munosabatlari tarixining turli jihatlarini “Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalaridan oʻrganish mumkin. Shuningdek, Q. Rajabov (1999), I.Alimov (2009), K.Rahmonov (2012) kabi olimlar maxsus tadqiqotlar olib borgan. - Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Mazkur maqolani yozishda tarixiylik, tizimlilik, xolislik, qiyosiy tahlil va statislik usullardan foydalanilib, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi yer-suv munosabatlari tarixi tahlil qilingan. Tahlil va natijalar (Analysis and results). Tarixchi olim Kamol Rahmonov yozishicha, agrar munosabatlarni tartibga solish, dehqonlarga yerlarni bo‘lib berish masalasida hukumat tomonidan 1920-yilning kuzida va 1921-yil davomida bir qator qonun, qaror, farmon, buyruqlar chiqarilgan [2.53]. Yer to‘g‘risidagi dekret (qonun) loyihasi dastlab Buxoro Kompartiyasi MK majlisida 1920-yil 20-sentyabrda, so‘ngra BXSR Inqilobiy qo‘mitasi (Markaziy revkom) majlisida 1920-yil 24-sentyabr muhokama qilingan. Mazkur qonun agrar sohadagi dastlabki hujjat bo‘lib, unda BXSR iqtisodiy siyosatining tashkiliy asoslari ko‘rsatib o‘tilgan [3.153]. 1921-yil 22-fevralda BKP Markaziy Komitetining kengaytirilgan majlisida boshqa masalalar qatori Yer masalasida muhokama qilingan. Mazkur masala yuzasidan Butunbuxoro Markaziy Revkomi raisi Abdulqodir Muhitdinov so‘zga chiqib, yer sotish va sotib olish huquqini saqlab qilishni va yerga xususiy mulkchilik huquqini saqlab qolishni taklif qilgan. Majlisdagi so‘l komunistlar Abdulqodir Muhitdinov taklifiga qarshi chiqadilar va barcha yerlarni natsionalizatsiya qilishni talab qiladilar [1.127]. Biroq Markaziy Komitet a’zolarining qo’llab-quvvatlashi natijasida Abdulqodir Muhitdinov taklifi qabul qilingan. Mazkur qarordan norozi bo’lgan so‘l komunistlar majlisni tark etishgan. Ammo Komunistik Internatsional (Komintern)ning Buxorodagi vakili Sanjar Isfandiyorov, Fayzi Xodi, RSFSRning BXSR hukumati huzirdagi muxtor vakili Karim Hakimov taklifi so‘l komunistlar syezdga qaytib kelgan. Xullas, so‘l komunistlarning bosimi bilan yer to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qilingan [4.144]. 1921-yil 2-fevralda BXSR Markaziy Inqilobiy Komiteti tomonidan “Yer tog‘risida” dekret (qonun) qabul qilingan. Mazkur qonuning 1 va 2-moddalarida quyidagicha yozilgan: “1. Buxoro Respublikasi hududidagi barcha yerlar, suvlar, o‘rmon
Доказательный фрагмент
«This article describes the history of land-water relations of the Bukhara People's Soviet Republic.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the history of land-water relations of the Bukhara People's Soviet Republic. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Republic, Agricultural inspectorate, land and water, decree, foundation waqf, yer-suv, постановление, Сельскохозяйственная инспекция, республика, foundation waqf., земля-вода, земли основания., dekret, vaqf yerlari., respublika, Ziroat nozirligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025