Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИСТОРИЯ СТАНОВЛЕНИЯ НАУКИ СОЦИОЛОГИИ
Hamroyeva Oynisa Azamatovna
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
The article sheds light on the scientific work of David Riesman, his contributions to sociology, and the analysis of one of his works, "Persons in the World". Key words: Crowd, individual, social, social, Freudianism, neo-Freudianism, psychoanalysis, free-radical. ЧЕЛОВЕКИ В ТОЛПЕ, ДЭВИД РИСМАН Аннотация. В статье освещается научная деятельность Дэвида Рисмана, его вклад в социологию, а также анализ одной из его работ «Человек в мире». Ключевые слова: Толпа, индивидуальность, социальная, социальная, фрейдизм, неофрейдизм, психоанализ, свободный радикал. Kirish. Sotsiologiyada freydizm neofreydizmga qadar yo‘lni bosib o‘tgan. Neofreydizm, asosan, AQSHda, ruhiy tahlilning amerikacha sotsiologiya bilan birlashuvi zamirida vujudga keldi, uning asosiy namoyandalari esa Erix Fromm va Devid Rismen edi. Neofreydizmda shaxs ruhiyatiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy omillar ahamiyati sezilarli kuchayadi. Freydda asosiy tushuncha hisoblangan va unda faqat biologik mexanizmlar bilan bog‘liq bo‘lgan ongsizlik neofreydizmda ijtimoiy va ruhiy tuzilmalar o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘inga aylandi. Bundan tashqari Devid Rismen psixoanalizda Erix Fromm bilan birga erkin- radikal oqim tarafdari ham hisoblanadi. Metod va materiallar. Erix Frommning nazariy g‘oyalari, ayniqsa kapitalizm sharoitida sotsial xarakater va shaxsning begonalashuvi konsepsiyalari sohasidagi qarashlari o‘z zamonasi ijtimoiy tafakkuriga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu ta’sirni boshidan o‘tkazgan tadqiqotchilardan biri - amerikalik sotsiolog, ijtimoiy ruhshunos, Amerika sotsiologiya maktabining ruhiy tahlil namoyandasi Devid Rismen (1909-2002) edi. Uning asosiy asarlari: “Yolg’iz olomon: amerikacha tabiat o‘zgarishi tadqiqoti” (1950, N.GIeyzer va R.Denni bilan hammualliflikda), “Olomondagi shaxslar” (1952) kabi asarlari hisoblanadi. Rismen eng ommabop mualliflar va sotsial xarakater konsepsiyalari asoschilaridan biri bo‘ldi. 1 26 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ U o’zining “Olomondagi shaxs” asarida jamiyatning uch tipiga xos bo‘lgan uch tipdagi xarakter haqida fikr yuritadi. Birinchi tip – urug’-aymoqlar, tabaqa, toifada urf bo‘lgan xulq-atvor namunalariga qaratilgan konservativ tipdir. U industriallashuvdan oldingi jamiyatga xos1. Xarakterning ikkinchi tipini Rismen “o‘zini o‘ylaydigan shaxs” deb belgiladi. Bunday shaxs an'analari unutilayotgan, ommaviy axborot vositalari bo'lmagan yoki rivojlanmagan, birlamchi guruhlar tomonidan sust nazorat qilinuvchi ilk industrial jamiyatga xosdir. Bu tipdagi xarakter sohibi bo‘lmish shaxs kuchli, sobitqadam, tadbirkor, yangiliklar va o‘zgarishIarga moyildir. Shu bilan birga, bu yerda ham an'anaviy me'yorlar va qadriyatlar ahamiyati saqlanib qolgan. Uchinchi tipdagi xarakter iste’molchi, ya’ni rivojlangan industrial jamiyatga o'tish davrida tug‘iladi va “tashqi muhitni o‘ylaydigan shaxs” nomini oladi. Bunday xarakterga ega shaxsning xulq-atvori qog‘ozbozlik, ommaviy axborot vositalari, moda, aloqa va munosabatlarning hukmron tizimi ta’sirida shakllanadi, ammo zinhor an'analar va tamoyillar, qabul qilingan me'yorlar va qadriyatlar ta’sirida emas. “Tashqi muhitni o‘ylaydigan shaxs”da kuchli mustaqil “Men” hissi bo‘lmaydi deb ta’kidlaydi Devid Rismen o’zining “Olomondagi shaxslar” asarida. “O’ta men” hissini esa bundan ham murakkabroq ekanini bildiradi. Bu bir qolipga solingan va qiyofasini yo‘qotgan, ortdan turib boshqarish obyekti va begonalashuv hosilasi bo‘lgan shaxsdir. Bunday tipdagi shaxs chin insoniy fazilatlarga (muhabbat, ehtiros, haqqoniylik, halollik va hokazolarga) intiladi, ammo butun tashqi ta ’sir tizimi unga halal beradi. Barcha aytib o‘tilgan xarakter tiplari zamonaviy jamiyatda yonma- yon yashaydi, deb hisoblaydi Rismen.2 Ammo ulardan har birining salmog‘i va ta’siri turlichadir, ular iqtisodiy, ijtimoiy, demografik omillarga, jamiyatning urbanizatsiya darajasiga bog‘liq. So‘nggi, uchinchi tip “olomonda yolg‘izlik”ni ifodalaydi, ammo ayni damda chinakamiga ijobiy sotsial xarakter - aniq, oqilona maqsadlarga ega bo‘lgan, iste'molparast jamiyatga va madaniy muhit ta’sirlariga qaram bo‘lmagan “mustaqil shaxs”ga intilishni paydo qiladi. Rismen sotsial xarakaterlarga erkin tanqid nuqtayi nazaridan qaraydi, ba’zan juda qattiq tanqid qiladi. Bu tanqid qog‘ozbozlikka, iste'molparast jamiyatga qarshi qaratilgan. U hayotning turli jabhalariga - mehnat, o‘yinlar, ta’lim, hordiq, din, hokimiyat, erkinlik va hokazolarga taalluqli. Sotsiolog o‘z tanqidida ba’zan klassik kapitalizm davrini birmuncha ideallashtirib yuboradi. Xulosa. Kitob asosan zamonaviy muvofiqlikni o'rganish bo'lib, u "ichki yo'naltirilgan" va "boshqa yo'naltirilgan" shaxslarning mavjudligini tasdiqlaydi. Rismanning ta'kidlashicha, Ikkinchi jahon urushidan keyingi Amerika jamiyatining xarakteri odamlarni "boshqa tomonga yo'naltirilganlik" ga undaydi, buning eng yaxshi namunasi zamonaviy shahar atrofi bo'lib, u erda odamlar qo'shnilarining roziligini izlaydilar
Доказательный фрагмент
«The article sheds light on the scientific work of David Riesman, his contributions to sociology, and the analysis of one of his works, "Persons in the World".»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article sheds light on the scientific work of David Riesman, his contributions to sociology, and the analysis of one of his works, "Persons in the World". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Crowd, individual, social, social, Freudianism, neo-Freudianism, sotsiologiya, rivojlanish, Общество, ijtimoiy., Jamiyat, tarix, development, социология, social., история, соц., history, развитие, sociology, Society
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026