Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МЕТОДОЛОГИЯ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ФИНАНСОВОЙ СТАБИЛЬНОСТИ КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ
Ismailov Botir Egamberdiyevich · COMMERCIAL BANKS
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
Ensuring the financial stability of commercial banks is considered an important factor of the efficiency of the banking system today, based on this, the issues of ensuring the financial stability of commercial banks are included in this scientific thesis. Key words: banking system, commercial banking, banking operations, financial stability. МЕТОДОЛОГИЯ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ФИНАНСОВОЙ СТАБИЛЬНОСТИ КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ Аннотация. Обеспечение финансовой устойчивости коммерческих банков сегодня считается важным фактором эффективности банковской системы, исходя из этого вопросы обеспечения финансовой устойчивости коммерческих банков включены в данную научную диссертацию. Ключевые слова: банковская система, коммерческий банкинг, банковские операции, финансовая устойчивость. Tijorat banklari moliyaviy barqarorligi ko‘p hollarda banklar ishonchliligi bilan hamohang ravishda o‘rganilishi va ko‘rib chiqilishi bir qancha tadqiqotlarda aniqlandi. Shu bois, biz tijorat banklari yoki har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy barqarorligi, ishonchliligi yuzasidan tadqiqotlarni chuqur o‘rganishga harakat qilamiz. Ushbu tushunchalardan farqli jihatlar, olimlarning tijorat banklari moliyaviy barqarorligi xususidagi bildirgan nazariy qarashlari va metologik asoslarini tadqiq etishga harakat qilamiz. Har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini moliyaviy-iqtisodiy tahlili va uning asosiy vazifalaridan biri – bu sub’ekt moliyaviy ishonchliligi va barqarorligini baholash ekanligi aniqlanadi. Shu bois, ishonchlilik, barqarorlik tushunchalari va tijorat banklari faoliyatini baholash 4 va tahlil etish uslublari yuzasidan umumiy yondoshuvlar talab etiladi. Eng avvalo, aynan, ushbu ikki tushunchalarni asoslash va farqli jihatlarini yoritishga harakat qilamiz. Ba’zi manbalarda keltirilishicha, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy barqarorligi ular moliyaviy mustaqilligi, sub’ektlar faoliyati doimiyligi va bardavomligini ta’minlashda o‘z mablag‘larini mustaqil tasarruf etishi, shuningdek, moliyaviy barqarorlik bir qancha ko‘rsatkichlar tizimi asosida baholanishi aniqlanadi. Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy barqarorligini baholashda qo‘shimcha ravishda aktivlar sifati va strukturasi ham katta ahamiyat kasb etishi aniqlandi. Yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, shu jumladan, tijorat banklari moliyaviy barqarorligini baholash yuzasidan bir-birini to‘ldirsada, lekin ularni umumiy integral baholashini nazarda tutmaydi. Shu bilan birga, ishonchlilik va moliyaviy barqarorlik o‘rtasida hech qanday aloqadorlik va bog‘liqlik keltirilmaydi. Bizning fikrimizcha, tijorat banklari moliyaviy barqarorligini kapital etarliligi, uning rentabelligi va aktivlarga nisbati, shuningdek, moliyaviy barqarorlikka ijobiy ta’sir etuvchi likvidlilik, to‘lov qobiliyati, rentabellik va ishonchlilik ko‘rsatkichlar tizimi orqali baholash maqsadga muvofiq hisoblanadi. O.A. Tarasenko va E.G. Xomenkolarning fikricha tijorat banklari moliyaviy barqarorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimiga: likvidlilik, aktivlar sifati, kapitalning holati va daromadlilikni kiritishadi. Mazkur qarashlarga qo‘shilamiz, lekin mualliflar banklar risklilik darajasiga e’tiborni chetda qoldirishgan. Xalqaro moliyaviy tashkilotlarning tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta’minlash metodologiyasini o‘rganish, mazkur metodologiyalardan tegishli xulosalarni shakllantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois, biz eng avvalo, Xalqaro valyuta fondi tomonidan tavsiya etilgan indikatorlar va ularning ahamiyatli jihatlarini ko‘rib chiqamiz. Xalqaro valyuta fondi asosiy va tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan 39 ta Moliyaviy barqarorlik (Financial Soundness Indicators - FSI) ko‘rsatkichlarini chop etib keladi. 39 ta moliyaviy barqarorlik indikatorlaridan 12 tasi aosiy indikatorlar bo‘lsa, 27 tasi tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan indikatorlar hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlik asosiy ko‘rsatkichlari qatoriga: kapital etarlilik ko‘rsatkichlari, aktivlar sifati, foyda va rentabellilik, likvidlilik, bozor riskiga sezgirlik darajasi kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olsa, tavsiyaviy xarakteriga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlar qatoriga banklar, shuningdek, boshqa moliyaviy muassasalar, korporativ kompaniyalar, xonadon xo‘jaligi, bozor likvidligi, ko‘chmas mulk bozoriga mo‘ljallangandir. 5 Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan 2001 yildan e’lon qilinayotgan bo‘lsa, bugungi kunda uning butun dunyo davlatlarida reytingi e’lon qilib kelinadi. Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarining maqsadi davlatlar moliyaviy tizimini makroprudentsial tahlil qilish orqali joriy moliyaviy holatni aks ettirish, XVF aa Jahon banki tomonidan moliyaviy sektorni baholash Dasturini (Financial Sector Assessment Programm— FSAP) amalga oshirish va mamlakatlar moliyaviy tizimi barqarorligini baholash bo‘yicha hisobot nashrlari (Financial System Stability Assessment—FSSA) e’lon qilish, mamlakat moliyaviy muassasalarininazorat qi
Доказательный фрагмент
«Ensuring the financial stability of commercial banks is considered an important factor of the efficiency of the banking system today, based on this, the issues of ensuring the financial stability of commercial banks a…»
Образец извлечения
Демо-превьюEnsuring the financial stability of commercial banks is considered an important factor of the efficiency of the banking system today, based on this, the issues of ensuring the financial stability of commercial banks a… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- banking system, commercial banking, banking operations, financial stability, bank tizimi, bank operatsiyalari, банковские операции, банковская система, moliyaviy barqarorlik, tijorat banki, коммерческий банкинг, финансовая устойчивость.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025