Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ КНИЖНОГО ИСКУССТВА В ПОЭЗИИ АЛИШЕРА НАВОЯ (на примере «Алифа»)
Narzullayeva Iymona Sadriddin qizi · Tohirov S.Q.
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article analyzes Alisher Navoi's poetry and the meaning types of "Alif" book art used in the epic "Garayib us-sigar". Key words: Alisher Navoi, Garaib us-sigar, the art of kitobat (lettering), teaching of superstition, Alif. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ КНИЖНОГО ИСКУССТВА В ПОЭЗИИ АЛИШЕРА НАВОЯ (на примере «Алифа») Аннотация. В данной статье анализируется поэзия Алишера Навои и смысловые типы книжного искусства «Алиф», использованные в эпосе «Гараиб ус-сигар». Ключевые слова: Алишер Навои, Гараиб ус-сигар, искусство китобата (письма), учение суеверий, Алиф. Mumtoz adabiyot namunalari oʻzining badiiy san’atlari bilan bugungi kungacha adabiyotshunoslarning diqqatini oʻziga tortib kelmoqda. Shunday badiiy sanatlardan biri kitobot san’atidir. Kitobot san’atidan foydalanmagan mumtoz adabiyot vakillari uchramasa kerak. Biz Alisher Navoiy, Jomiy, Lutfiy, Bobur, Gadoiy, Ogahiy kabi ijodkorlarning asarlarida kitobot san’atining goʻzal namunalarini uchratishimiz mumkin. Kitobot san’ati yoki xat san’ati - arab alifbosi harflari shaklidan lirik (epik) timsollar chizishda, poetik obraz yaratishda foydalanish usulidir. Ma’lumki, arab harflari tik va egri shakllardan tashkil topgan. Shunga xos tarzda, tik qomat alifga, egik qomat dolga, egrilik lomga qiyoslanadi. Mumtoz adabiyotda “Alif” badiiy san’at turi sifatida qoʻllanilib yorning tik qomatini ifodalasa, xurufiylik ta’limotiga koʻra esa “Alif” Allohning mutloq toqligidan dalolat beradi. Abjad hisobida ham alifning qiymati birga tengdir. “Alif” birlik va fardlikni ifodalaydiki, bu orqali Ollohga ishorat aylash mumkin. Zero, barcha harflar bir harfda mujassam erur. Chunki (ا) “alif” bukilib (د) “dol”ni, yana boshqa shaklga kirib (ر) “ro”ni hosil qiladi, uning ikki uchi bukilganda (ب) “be” harfi, chuqur shaklida esa (ن) “nun” harfiga aylanadi. Demak, barcha xarflarni “alif”da ko‘rmoq mumkin bo‘lganidek, jami mavjudotda ham Ollox zuhr topgan. Ammo “alif”ni o‘zga hech bir harfda aynan ko‘rish mumkin emas.[3,24] Davr xam qildi qaddingni, go‘shaye tut, yo‘q aso, 3 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Negakim, dard-o‘q bo‘lur zohir alif yondashsa dol[2] Bu misra orqali alifning bukilishidan dolga aylanishi nazarda tutilyapti. Bundan tashqari hurufiylik ta’limotiga koʻra inson yuzi ham arab harflariga qiyoslangan. Jumladan, insonning burni – alif (ا)ga, koʻzlari – sod (ص) yoki ayn (ع)ga, tor va kichik ogʻzi – mim (م)ga, soch kokillari va zulflari – dol (د)ga, qoshlari – nun (ن)ga qiyoslangan. Yana shuni ham ta’kidlash joizki, na’t xarakterida yaratilgan she’rlarda “alif” – Hazrati payg‘ambarning bo‘yiga qiyoslangan. Arab alifbosidagi ikkinchi harf “be” ham Hazrati payg`ambarni ifodalagan. Jumladan, Ey alifdek qomating mayli buzulg‘an jon aro Ganji husnung javhari bu xotiri vayron aro.[2] Navoiyning na’t g‘zalida ham Hazrati payg‘ambarning bo`ylari “alif”ga qiyoslangan. Ammo “buzulg‘an jon aro” deya ta’riflanmoqda. Hurufiylik ta’limotiga ko‘ra “alif” Allohni ifodalasa, arab alifbosidagi ikkinchi harf “be” esa Hazrati Muhammad (s.a.v.)ni ifodalaydi. Barcha harflar “alif”dan kelib chiqqanligini inobatga olsak, “alif”ning qomati buzilib, ya’ni ikki uchi bukilib “be”ni hosil qilishi orqali Hazrati payg‘ambarga ishora qilinyapti. Alisher Navoiy she’riyatida alif ham badiiy san’at, ham hurufiylik gʻoyalarini ifodalab kelgan. Jumladan, Alisher Navoiy o‘zining 62 she’rida “Alif” harfiga murojaat etadi, shundan 36 she’ridagi “alif” orqali Allohga ishora qilinadi. Qolgan 26 she’rida esa poetik timsol sifatida qo‘llanilgan. Alisher Navoiy kulliyotida “alif”ga eng ko`p “G`aroyib us-sig`ar” dostonida murojaat qilingan. Jumladan, dostonning 33 ta g‘azalida va 2 ta ruboiysida “alif” harfiga murojaat qilingan. Ko‘ksuma na’lu alif tarxi imorat shaklidur, Tashqari ham yetti ishqing mulkiga devori past.[1,70] Allohning go‘zal, hammadan ustun va ulug‘ mavjudoti insondir. Xoliqi olam unga sharaf, yuksalish tojini ato etdi va qalbiga “Alloh” deya ilohiy muhr qo‘ydi. Mutafakkir shoir ta’biricha, bu “tarxi imorat shakli”, ya’ni ushbu na’l (tamg‘a) Xoliq (Alif)ning o‘z maxluqotiga qo‘ygan ilohiy imzosidir. Baytning ikkinchi misrasida inson yaratilishining yetti bosqichi inobatga olingan bo‘lib, bunda ishq bir xazina, mulk sifatida, uning o‘rni esa qalb deya e’tirof etilgan. Ishq mulkini tutib turuvchi qalb devor (inson tanasi) bilan ihota etilgan. Ushbu devorning yetti bosqichli ekanligini Qur’oni Karimdagi “Mo‘minun” surasining 13-14-oyati karimalarida o‘qiymiz: “Biz insonni loyning sarasidan yaratdik, so‘ngra uni nutfa qildik, so‘ngra bu nutfani laxta qon qildik, bas parcha go‘shtni suyaklar qilib yaratib, bu suyaklarga go‘sht qopladik, so‘ngra unga jon kirgizib, odingi holidan butunlay boshqacha bir vujudni paydo qildik...”. Alisher Navoiy ham “Alloh insonni o‘z suratida yaratdi” hadisidan ilhomlanib, g‘azallar bitgan: Yoshurun husnungda bir onedururkim, jon aro, Ham alif ham na’l uza dog‘im erur andin nishon.[2,
Доказательный фрагмент
«This article analyzes Alisher Navoi's poetry and the meaning types of "Alif" book art used in the epic "Garayib us-sigar".»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes Alisher Navoi's poetry and the meaning types of "Alif" book art used in the epic "Garayib us-sigar". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Alisher Navoi, Garaib us-sigar, the art of kitobat (lettering), teaching of, Алиф., Alif., Alisher Navoiy, Гараиб ус-сигар, учение суеверий, искусство китобата (письма), kitobot (xat) san’ati, Алишер Навои, xurufiylik ta’limoti, G‘aroyib us-sig‘ar, teaching of superstition
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026