К содержанию
РецензированоRU2024

ЛЕКСИКОГРАФИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ НАЗВАНИЙ ЕДИНИЦ ИЗМЕРЕНИЯ И ИНСТРУМЕНТОВ, СВЯЗАННЫХ С СЕЛЬСКИМ ХОЗЯЙСТВОМ, В РЕЧИ УЗБЕКОВ СЕВЕРНОГО АФГАНИСТАНА

A. A. Amini

Современная наука и исследования · 3 · 80-83 · 2024

Аннотация

In this article, the units of measurement and the names of agricultural tools used in the speech of the Uzbek farmers of Northern Afghanistan are analyzed lexicographically. Key words: sir, poycha, biswa, ox, scythe, farmer, batman, spade. ЛЕКСИКОГРАФИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ НАЗВАНИЙ ЕДИНИЦ ИЗМЕРЕНИЯ И ИНСТРУМЕНТОВ, СВЯЗАННЫХ С СЕЛЬСКИМ ХОЗЯЙСТВОМ, В РЕЧИ УЗБЕКОВ СЕВЕРНОГО АФГАНИСТАНА Аннотация. В данной статье проведен лексикографический анализ единиц измерения, используемых в речи узбекских земледельцев Северного Афганистана и названий сельскохозяйственных орудий. Ключевые слова: пан, пойча, бисва, бык, коса, земледелец, денщик, лопата. Hozirgi kunda Shimoliy Afgʻonistonda yashovchi oʻzbek dehqonlari nutqida dehqonchilikka oid o’lchov birliklari ham asboblari bilan bogʻliq koʻplab so‘zlar faol ishlatiladi. Dehqonlarning yer oʻlchov birliklaridan xabardorligi katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, yer hajmidan kelib chiqqan holda dehqonlarga necha soat suv berilishi aniqlanib, shunga muvofiq taqsimot qilinadi. Shimoliy Afgʻoniston oʻzbek dehqonlari nutqida qoʻllaniladigan oʻlchov birliklari asosan quyidagilarni tashkil qiladi: 1. Yer oʻlchov birliklari: poycha, hoʻkiz, hektor (gektar, jirib, bisva). 2. Don oʻlchov birligi: botmon, gʻalbur (gʻalvir), xirmon (xirman), ser, kilogramm. 3. Suv oʻlchov birligi: hoʻkiz (bir hoʻkiz suv), soat (bir soat suv), quloq (bir quloq suv) – “yer sugʻorishda bitta suvchi eplay oladigan suv”1. Hoʻkiz (bir hoʻkiz yer oltmish uch jirib, yaʼni bir yuz yigirma olti ming kvadrat metrga teng) oʻlchov birligi qo‘llanadi. X.Jabborovning “Dehqonchilik soʻzlarining qisqacha izohli lugʻati”da: “Sugʻorishda suv oʻlchov birligi. Suv boʻlish, ariq tozalash paytida qishloq aholisining 1 Жабборов Х. Деҳқончилик сўзларининг қисқача изоҳли луғати. – Қарши: Насаф, 2016. – Б. 47. 2 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ har birining yeri bitta hoʻkizning yerini agʻdarishi bilan oʻlchangan”2, – deb izohlanadi. Poycha (bir poycha zamin, bir poycha yer shaklida) oʻlchov birligi ham qo‘llaniladi. Bir poycha zamin yoki bir poycha yer deb atalishining asosiy sababi, bu oʻlchov birligi bir hoʻkiz yerning toʻrtdan bir qismi boʻlganligi, yaʼni bir hoʻkizning toʻrtta oyogʻi boʻlsa, shuning bir oyogʻi toʻrtdan bir qismni tashkil qilganligi uchun bir poycha zamin shaklida ishlatiladi. Gektar – hektor (bir gektar yer oʻn ming kvadrat metrga teng), X.Jabborovning “Dehqonchilik soʻzlarining qisqacha izohli lugʻati”da: “Metrik sistemada: 10 000 kvadrat metrga teng sath oʻlchov birligi”, – deb ta‘riflanadi. Jirib – bir jirib yer hozirgi 2000 kvadrat metrga tengdir. Bisva – bir bisva yer hozirgi kunda 100 metrga toʻgʻri keladi. Yuqorida izohlangan yer oʻlchov birliklarini ifodalovchi leksik birliklar hozirgi kunda ham Afgʻoniston shimolida yashovchi oʻzbek dehqonlari nutqida faol ishlatiladi. Donli mahsulotlar dehqonchilikning asosiy mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham unga taalluqli oʻlchov birliklarini ishlab chiqish va undan unumli foydalanish dehqonlar va shu soha bilan shugʻullanuvchilar oldiga qoʻyildigan asosiy talablardan biridir. Donli mahsulotlar oʻlchov birligini ikki guruhga ajratgan holda oʻrganish maqsadga muvofiqdir: a). Aniq oʻlchov birliklari: botmon (bir botmon bugʻdoy – qirq ser, yaʼni ikki yuz sakson kilogrammga teng), ser3 (bir serkovul yetti kilogrammga teng), kay-kashkul (bir kay bugʻdoy hozirgi ikki kilogrammga toʻgʻri keladi), kilogramm singar oʻlchov birliklari aniq oʻlchov birliklari qatoriga kiradi. b). Taxminiy oʻlchov birliklari. Asosan donning taxminiy hajmiga qarab chamalanadi: xirman – bir xirmon bugʻdoy, gʻalbur (gʻalvur) – bir gʻalbur bugʻdoy shaklida. Gʻalla mahsulotlarining poya va donini ajratishda bir qator dehqonchilikka aloqador mehnat qurollaridan foydalaniladi. Mazkur asbob va vositalarni ifodalashda Afgʻoniston shimolida yashovchi oʻzbek dehqonlari nutqida qayrogʻtosh, shoxa, oʻroq (choʻb shoxa, temir shoxa), chigʻil, gʻalbur, kurak, qanor, juvoldoʻz, qavda, doʻrgʻa, galagov, xirmontagi, boʻji kabi leksemalar qo‘llaniladi. Masalan, oʻroq yogʻoch va temirdan tayyorlangan dehqonchilik asbobi boʻlib, undan beda, o‘t-o‘lan va gʻalla kabilar o‘rishda foydalaniladi. Qayrogʻtoshdan esa oʻroq oʻtmay qolganda uni tezlash, ya’ni oʻtkirlash uchun foydalaniladi4. Chigʻil, gʻalbur, Kurak kabi mehnat qurollari gʻallani tozalash, donni somon, tosh, kesak kabilardan ajratish maqsadida ishlatiladi. Dehqonchilikka oid so‘zlarni ish bajarish vazifasiga koʻra quyidagicha tasniflashni lozim deb topdik: 1. Ekin ekilgunga qadar ishlatiladigan dehqonchilik oid leksik birliklar. 2. Ekin ekilishi jarayonida qoʻllaniladigan so‘zlar. 3. Hosil olish jarayonida qo‘llaniladigan dehqonchilikka xos atamalar. Ekin ekilishiga qadar boʻladigan jarayon hosil uchun muhim va ahamiyatli jarayondir. Chunki ushbu bosqichning qanday oʻtishi dehqonchilik mahsulotlarining hosildorlik darajasini hal qiladi. Bu jarayond

Доказательный фрагмент

«In this article, the units of measurement and the names of agricultural tools used in the speech of the Uzbek farmers of Northern Afghanistan are analyzed lexicographically.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the units of measurement and the names of agricultural tools used in the speech of the Uzbek farmers of Northern Afghanistan are analyzed lexicographically. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sir, poycha, biswa, scythe, farmer, batman, spade, денщик, лопата., коса, бык, kurak., земледелец, spade., бисва, botmon, bisva, пан, ox, oʻroq, пойча, hoʻkiz, ser, dehqon
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники