К содержанию
РецензированоUZ2024

ROSSIYA VA TURKISTON O’LKASI O’RTASIDAGI SAVDO MUNOSABATLARI RIVOJIDAGI TEMIRYO’LLARNING AHAMIYATI

RIVOJIDAGI TEMIRYO’LLARNING AHAMIYATI · Shoqulov Farruxbek · Skobelev, pud.

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article describes the role and importance of railways in the development of trade relations between the Russian Empire and Turkestan in the late 19th and early 20th centuries. In this article, special emphasis is placed on aspects such as the reasons for the construction of railways in the Turkestan region, its impact on the lifestyle of the local population. Key words: Railways, trade, commodity exchange, Kizilarvot, M.I.Annekov, I.N.Kerenovsky, V.Suvorov, Krasnovodsk, Skobelev, pud. ЗНАЧЕНИЕ ЖЕЛЕЗНЫХ ДОРОГ В РАЗВИТИИ ТОРГОВЫХ ОТНОШЕНИЙ МЕЖДУ РОССИЕЙ И ТУРЦИЕЙ Аннотация. В данной статье описываются роль и значение железных дорог в развитии торговых связей Российской империи и Туркестана в конце 19 - начале 20 веков. В данной статье особый акцент сделан на таких аспектах, как причины строительства железных дорог в Туркестанской области, его влияние на образ жизни местного населения. Ключевые слова: Железные дороги, торговля, товарная биржа, Кизилларвот, М.И.Аннеков, И.Н.Кереновский, В.Суворов, Красноводск, Скобелев, пуд. Rus mustamlakachilari Turkistonning katta qismini egallaganidan keyin, asosiy e’tiborini o’lka bozorlari va xomashyo manbalari ustidan hukmronlik o’rnatish uchun harakat qila boshladi. Aynan shu maqsadda, mustamlakachilar o’zlari va Turkiston o’rtasida savdo va tovar ayirloshlashni yanada kuchaytirishga e’tiborini qaratdi. Ammo, bu tadbirlarni amalga oshirishga to’siq bo’luvchi muommolar ham bor edi. Bu ikkala hudud o’rtasidagi savdo yo’llari va ularning karvonlar orqali amalga oshirilishi edi. Shuning uchun ham Rossiya va Turkistonni bog’lovchi temiryo’llar qurish asosiy vazifaga aylanadi. Qisqa vaqt ichida temiryo’llar qurish borasida 40 ga yaqin loyihalar muhokama qilindi. Ular orasida temiryo’llarni Krasnovodskdan boshlash haqidagi loyiha barchaga maqul tushdi. Turkmanlarni bo’ysundirish cho’zilib ketishi va Britaniyaning Turkistonga o’z ta’sirini o’tkazishga urinishi, shuningdek Buxoro va Xiva xonliklariga nisbatan o’z mavqei pasayishidan qo’rqqan Rossiya temiryo’l qurilishini aynan Krasnovodsk qal’asidan boshlashga qaror qildi. Shu munosabat bilan Krasnovodsk qal’asi 1 57 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ kengaytiriladi. Bu yerga Rossiyadan harbiy amaldorlardan tashqari savdogarlar, sanoatchilar, sayyohlar, olim va injenerlar ham kela boshlashadi1. 1879-yil ruslarning turkmanlarga hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin temir yo’l qurish masalasi yada dolzarb mavzuga aylandi. 1880-yil fevral oyida nihoyat Kaspiy dengizi qirg’og’idagi Uzun Ota degan joydan Qizilarvotgacha bo’lgan masofaga tor izli temiryol qurishga kelishildi. Qoraqum cho’lining tabiiy sharoiti juda murakkab edi. Bu yerda temiryo’l qurish ko’pchilik uchun sarobdek tuyulardi. Shunday bo’lsa-da Harbiy vazirlik zimmasiga yuklatilgan bu ish tezda boshlab yuboriladi. Temir yo’l qurilishiga boshliq sifatida Baranovsk temir yo’l komissiyasining ish yurituvchisi M.I.Annekov tayinlanadi. Unga yordamchi sifatida Lesser tayinlanadi2. Ushbu temiryo’l qurilishi uchun dastlab, harbiy batalyon tuziladi. Uning tarkibiga 25 ta zobit, 30 ta injener texnik va shifokorlar, shuningdek turli kasb egalaridan iborat bo’lgan 1081 ta kichik zobit va askarlar ham kiritilgan. Qurilish ishlari 1880-yil 26-avgustda Mixaylovskiy korfazidan Qizil Arvotgacha bo’lgan 217 chaqirimlik masofada boshlab yuboriladi. Yo’l qurilishi uchun barcha xarajatlarni davlat o’z zimmasiga oladi. Lekin mablag’ bilan bo’lgan ta’minotda uzilishlar bo’la boshladi. M.N.Annekov qurilishni davom ettirish maqsadida varshavalik savdogar I.N.Kerenovskiy bilan shartnoma tuzishga majbur bo’ladi. Shartnomaga ko’ra, u qurilish bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlarni o’z zimmasiga oladi. Shu bilan temiryo’l qurilishi jadallashadi va 1881-yil 1-yanvarda 60 chaqirimli masofa qurib bitkaziladi. Kapitalistik munosabatlar tobora rivojlanib borayotgan Turkistonda temiryo’l qurilishi xususiy mulkdorlarni ham befarq qoldirmagan. 1913-yili mahalliy paxta yetishtiruvchi shirkatlardan biri R.Potelyaxov savdo uyi Asakadan Vannovskiy stansiyasigacha temir yo’l qurdi3. Yana bir shirkat “Qo’qon-Namangan temiryo’l jamiyati” esa, Namangandan Jalolobodgacha, Andijongan Qo’qonqishloq va Chinobodgacha bo’lgan masofada temiryo’l qurishga ruxsat oldi. 1912-1915-yillarda Gorchakov-Skobelev, Qo’qon-Namangan, Kogon-Buxoro, Andijon- Guruchmozor, I Andijon-II Andijon, Guruchmozor-Jalolobod, Kogon-Qarshi, Qarshi-Amirobod, Qarshi-Somsonov, Qarshi-G’uzor-Kitob kabi temiryo’l shaxobchalari qurildi4. Ushbu temiryo’l shaxobchalari qurilishining ijobiy tomoni shundaki, ular orqali Turkistondagi aholi zich bo’lgan barcha hududlar o’zaro bog’landi. Bu shaxobchalar yirik paxta zavodlari va konlargacha ham yetkazildi. Natijada, Turkistonda yetishtirilgan paxta, meva, ipak va boshqa tovarlar imperiya bozorlariga temiryo’llar orqali tezroq va ko’proq yetkazish imkonini berdi. Faqatgina Xiva xonligi temir yo’l o

Доказательный фрагмент

«This article describes the role and importance of railways in the development of trade relations between the Russian Empire and Turkestan in the late 19th and early 20th centuries.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the role and importance of railways in the development of trade relations between the Russian Empire and Turkestan in the late 19th and early 20th centuries. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Railways, trade, commodity exchange, Kizilarvot, M.I.Annekov
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники