К содержанию
РецензированоUZ2024

O`ZBEKISTON SHAROITIDA DEMOKRATIK BOZOR IQTISODIYOTINI LIBERALLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH

LIBERALLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH · Otajonova Mahliyo Qudrat qizi

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

After gaining independence, our country faced very important problems related to the fate of the country, such as which path of development to follow, which principles to rely on in the development of the national economy. After that, we can learn about the development of Uzbekistan through this essay. Key words: market, economy, attitude, development, principle. ЛИБЕРАЛИЗАЦИЯ И РАЗВИТИЕ ДЕМОКРАТИЧЕСКОЙ РЫНОЧНОЙ ЭКОНОМИКИ В УСЛОВИЯХ УЗБЕКИСТАНА Аннотация. После обретения независимости наша страна столкнулась с очень важными проблемами, связанными с судьбой страны, например, по какому пути развития идти, на какие принципы опираться в развитии национальной экономики. После этого мы сможем узнать о развитии Узбекистана через это эссе. Ключевые слова: рынок, экономика, отношение, развитие, принцип. Kirish. Bozor munosabatlariga o’tish bo’yicha qabul qilingan xujjatlarning aksariyati ushbu tamoyillarga asoslangan yoki ularni rivojlantirishga, yoxud ularni hayota tatbiq etishga bag’ishlangan. Bu qoidalarning naqadar to’g’ri ekanini hayot to’la tasdiqlanadi, shu bois, ular ho’zir ham, bundan keyin ham o’z ahamiyanini yo’qotmaydi. Zotan, besh tamoyil bozor munosabatlariga tayangan mustaqil, milliy iqtisodiyotning asosiy shakl va shamoyillarini tarkib toptirish va uni iqtisodiy yuksalish sari izchil harakatlantarish imkonini berdi. Chunki ular mamlakatimizda yangi, oldingisidan tubdan farq qiladigan ijtimoiy-iqtisodiy tizimni qaror toptirishning o’ziga xos dasturi edi. Bu qoidalar istiqlol va taraqqiyot yo’lni tanlagan jamiyatimizning bu yo’ldan og’ishmay ilgarilab borishi uchun asos etib qabul qilindi. Bu qoidalarning rivojlantirilishi va hayotga tobora dadilroq joriy etilishi ijtimoiy – siyosiy barqarorlikni yanada mustahkamladi. Mana masalan, birinchi qoida – iqtisodiyotni siyosiy qobiqlardan xolos qilishni tahlil qilib ko’raylik. Bu tamoyil mamlakatimizda demokratik bozor o’zgarishlarini amalga oshirishning asosi deb e’tirof etildi. Iqtisodiyotni yana siyosatga, mafkuraviy akidalarga qurbon qilmaslik uchun siyosiy maqsadlarga erishish vositasi deb qaralmadi.Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining o’zi ijtimoiy ustqurmaning poydevorida butun jamiyat miqyosida demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish uchun asos, shart – sharoit 1 43 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ hozirlaydi. Bozor iqtisodiyotining o’zi barchaga bir xil imkoniyat (imtiyoz) berish bilan iqtisodiy demokratiyadir. Shu bois, endi mamlakat ichkarisida ham, uning tashqarisida ham, ishlab chiqarish munosabatlarni bozor, bozor bo’lganda ham tartibli asosga qurilgan bozor belgilaydigan bo’ldi. Endi kim bilan savdo – iqtisodiy aloqalarni o’rnatish va rivojlantirish, aksincha, kim bilan esa bunday munosabatlarga kirimaslik yuqoridan belgilanmaydi. Shuning uchun ham hozirgi iqtisodiy hamkorlarimiz orasida nafaqat hamdo’stlik mamlakatlari, balki yangi va eski dunyo ham, rivojlangan Evropa va rivojlanayotan Afrika ham, demokratik Amerika va totalitar Xitoy ham, o’zaro nizoli arab dunyosi va Isroil ham bor. Lekin, ular o’rtasidagi nisbat o’rni almashgan bo’lishi mumkin. Agar ilgari mamlakatimiz asosan sobiq ittifoq respublikalari bilan tovar ayirboshlagan bo’lsa, bugungi kunda 70 foiz savdo – sotiqni yuksak taraqqiy etgan – AQSh, Angliya, Belgiya, Niderlandiya, Janubiy Koreya, Shveystariya, Finlandiya kabi davlatlar bilan amalga oshiryapti. Endi sheriklarni bozorni o’zi tanlamoqda. Bu jarayonlar eksport va import tarkibida jiddiy o’zgarishlar bilan sodir bo’lmoqda eksport tarkibida paxta tolasining xissasi jiddiy qisqardi. Mashina va asbob uskunalar energiya tarqatgichlar, transport vositalarning xissasi esa ortmoqda. Importda oziq- ovqat maxsulotlarning hajmi kamayib bormoqda.Ikkinchi tamoyilga muvofiq bozor munosabatlariga o’tish davrida davlat bosh islohotchi, islohot taqdiri uchun javob beradigan asosiy qu – kudrat, kafolat bo’lishini ko’zda tutar edi. Bu borada boshqa yo’l ham bo’lishi mumkinmidi? Yo’q bozor munosabatlariga o’tish davrida davlatdan boshqa qudratli iqtisodiy kuch yo’q. Yirik korxonalar eski kooperativ aloqalarning o’zilgan, bozor sharoitiga hali moslashmaganligi tufayli kerakli mablag’ga ega emasdi. Chet el banklarida katta mablag’larimiz yo’q, okean ortida puldor «tog’a» larimiz ham deyarli yo’q, aholining esa start imkoniyatlari aytarli bir xil, kichik va o’rta biznesni, oilaviy tadbirkorlikni moliyalashtirish uchun etarli emasdi. Davlat esa ilgaridan mustaqillikacha katta iqtisodiy mavqe va qudratga ega, barcha ishlab chiqarish vositalarining 90 foizini birlashtirgan edi. Bunday uyushgan, bir joyda jamlangan o’lkan salohiyatdan oqilona foydalanmaslik xato bo’lar edi, albatta. Buning ustiga ijtimoiy yo’naltirilgan bugungi zamon bozor iqtisodiyotining asosiy unsurlarini tez va izchil qaror toptirish uchun, bozorga o’tish tus – tupolonidan iqtisodiy, moliyaviy tizginlarni qo’ldan chiqarib yubormaslik, aholi manfaatlari yo’lida milliy

Доказательный фрагмент

«After gaining independence, our country faced very important problems related to the fate of the country, such as which path of development to follow, which principles to rely on in the development of the national eco…»

Образец извлечения

Демо-превью

After gaining independence, our country faced very important problems related to the fate of the country, such as which path of development to follow, which principles to rely on in the development of the national eco… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
market, economy, attitude, development, principle
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники