К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QITUVCHINING KASBIY DEFORMATSIYASI

O‘QITUVCHINING KASBIY DEFORMATSIYASI · Xidirоva Malohat Qazaqovna · Bahromov Azizjon Abbosjon o‘g‘li (Guliston davlat pedagogika instituti,) · TEACHER'S PROFESSIONAL DEFORMATION (Guliston davlat pedagogika instituti 1-kurs magistranti.)

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This article talks about the professional skills and deformation of the pedagogue. Opinions were expressed about the place of deformation in the professional capacity of the pedagogue during the educational process. The place of professional deformity in education, its role in the educational process, the professional ability of the teacher in the course of the lesson through deformation was revealed. Key words: deformation, professional competence, pedagogical process, excellence, adaptation. ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ ДЕФОРМАЦИЯ УЧИТЕЛЯ Аннотация. В данной статье говорится о профессиональных навыках и деформациях педагога. Высказаны мнения о месте деформации профессионального потенциала педагога в ходе образовательного процесса. Выявлено место профессиональной деформации в образовании, ее роль в образовательном процессе, профессиональные способности учителя в ходе урока через деформацию. Ключевые слова: деформация, профессиональная компетентность, педагогический процесс, совершенство, адаптация. Ta’lim jarayonining asosiy markaziy figuralaridan biri sifatida pedagog shaxsi shakllanishi muammosi hozirgi zamon pedagogika fanining dolzarb mavzularidan biridir. Zero ta’limning sifati va samarasi pedagogik jarayonda faoliyat yuritayotgan kadrlarning har tomonlama tayyorgarligiga va kasbiy deformatsiyasiga bog‘liqdir. 825 О‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishishi jamiyatimizning ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy rivojlanishida tub burilish yasadi. Bunday sharoitda yangilanayotgan jamiyatning ma’naviy rivoji, jumladan ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqib, yuksaltirishni nazarda tutgan g‘oyalar ilgari surildi. Ularning ichida, Respublika ta’lim tizimini maqsadga muvofiq holda qayta qurish, uni demokratiyalashtirish va insonparvarlashtirish, yangi mazmunini belgilash, о‘quv jarayonining samarali shakl, usullarini aniqlash, milliy о‘zligini anglash, xalqning boy madaniy va ma’naviy merosiga munosabat kabi jihatlar eng dastlabki maqsad va vazifalar sirasiga kiradi. Ta’lim jarayonida muammoli ta’limning ahamiyati, muammoli ta’lim xususiyatlari, adabiyot darslarida muammoli vaziyat yaratish shakllari haqida ma’lumot beriladi. Muammoli ta’limning asosiy xususiyati shundaki, unda o‘quvchi oldiga bilim berishga yo‘naltiradigan masalalarni qo‘yishda ham, uning ma’naviyatini shakllantirish yo‘lida ham muammoli savollar muhim o‘rinni egallaydi. Ular muammoli vaziyat hosil qilishning asosiy sharti sanaladi. Bilim berishga qaratilgan savol o‘quvchi uchun ma’lum qiyinchilik tug‘diradigan darajada bo‘lishi, bola avval egallagan bilimlarga mos kelishi, shu bilan birga, uning imkoniyatlari doirasida shakllantirilishi lozim. Muammoli vaziyat yaratish bilan o‘qituvchi o‘quvchilarni tafakkur jarayonining tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish, tartibga solish singari jihatlaridan biri yoki bir nechasidan foydalanishga yo‘naltiradi. Ya’ni ular o‘quv materialini shunchaki eslab qolmay, balki tushunchalar yuzasidan muayyan aqliy operatsiyalarni ham amalga oshiradi Muammoning qo‘yilishi va uni yechish jarayoni uzilmas bir zanjirdir. Muammo ko‘tarilishi bilanoq, uning yechimi ustida o‘ylanadi va bu, o‘z navbatida, yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Shu tariqa uzluksiz tarzda yangi bilimlarni o‘zlashtirish amalga oshadi.1 Kasbiy deformatsiya (mehnatga moslashish, ko‘nikish) – bu shaxsning yangi mehnat vaziyatini o‘zlashtirishining ijtimoiy jarayoni bo‘lib, unda shaxs va mehnat muhiti bir-biriga faol ta’sir ko‘rsatadi va moslashuvchi-moslashtiruvchi tizimlar hisoblanadi. Ya’ni birinchi tomondan shaxs muayyan mehnat jamoasining kasbiy va ijtimoiy-psixologik munosabatlari tizimiga faol kirishib ketadi, o‘zi uchun yangi bo‘lgan ijtimoiy vazifalarni, qadriyatlar va normalarni o‘zlashtirib oladi, o‘zining alohida tutgan yo‘lini tashkilot (mehnat jamoasi)ning maqsad va vazifalari bilan moslashtiradi, bu bilan o‘zining xulqini mazkur ta’lim muassasaning xizmat yo‘l- yo‘riqlariga bo‘ysundiradi. Ikkinchi tomondan shaxs o‘zida avvaldan qaror topgan muayyan 1 Maxmutov M. I. Teoriya i praktika problemnogo obucheniya. - Kazan: TKI, 1972. 98. 826 maqsadlar, qadriyatli muomala yo‘nalishiga ega bo‘ladi, shularga muvofiq korxonaga bo‘lgan o‘z talablarini shakllantiradi. Shaxs va ta’lim muassasasi o‘z talablarini amalga oshira borib, o‘zaro bir-birlariga ta’sir ko‘rsatadilar, bir-birlariga moslashadilar, buning natijasida mehnatga moslashuv jarayoni amalga oshiriladi.2 Ular murakkab tuzilishga ega bo‘lib, quyidagi moslashuvlardan iboratdir: 1. Kasbiy moslashuv – shaxsning kasbiy ko‘nikmalar va malakalarni muayyan darajada egallashida, unda ayrim kasbiy jihatdan zarur hislatlarning shakllanishida, xodimning o’z kasbiga nisbatan barqaror ijobiy munosabatda bo‘lishining rivojlanishida ifodalanadi. Kasb sohasidagi ish bilan tanishuvida, kasb mahorati ko‘nikmalarini, funksional vazifalarni sifatli bajarishida va mehnat sohasidagi ijodkorlikda namoyon bo‘ladi. 2. Ijtimoiy-psixologik moslashuv – ta’lim muassasasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini

Доказательный фрагмент

«This article talks about the professional skills and deformation of the pedagogue.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the professional skills and deformation of the pedagogue. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
deformation, professional competence, pedagogical process, excellence
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники