Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном миреMAKTABGACHA TA’LIM, SHODIYEVA G. +32026
TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV BOSQICHIDA AMALGA OSHIRILADIGAN PROTSESSUAL VA TERGOV HARAKATLARINING TAVSIFI
Ibadullayev Islom Boboxon o’g’li
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article describes the procedural and investigative actions carried out during the pre-investigation check in accordance with the criminal procedural legislation of the Republic of Uzbekistan, and in what cases they need to be carried out. Key words: detention, personal search and seizure, inspection of the crime scene, appointment of an examination, appointment of an audit. ОПИСАНИЕ ПРОЦЕССУАЛЬНЫХ И СЛЕДСТВЕННЫХ ДЕЙСТВИЙ, ПРОИЗВОДИМЫХ НА СТАДИИ ДОЗНАНИЯ Аннотация. В данной статье дана характеристика процессуально-следственных действий, проводимых в период доследственная проверка в соответствии с уголовно- процессуальным законодательством Республики Узбекистан, и в каких случаях их необходимо произвести. Ключевые слова: задержание, личный обыск и выемка, осмотр места происшествия, назначение экспертизы, назначение ревизии. Maqolamizni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 329-moddasi 2- qismiga e’tiborimizni qaratish bilan boshlasak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mazkur normada tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan o‘n sutkalik yoki uzaytirilgan muddat hisoblanmish bir oylik muddat ichida quyidagi protsessual va tergov harakatlarini o‘tkazish mumkin: - qo‘shimcha hujjatlar talab qilib olinishi; - tushuntirishlar talab qilib olinishi; - shaxs ushlab turilishi; - JPKning 162-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq shaxsiy tintuv va olib qo‘yish amalga oshirilishi; - hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilishi; - ekspertiza o‘tkazilishi; - taftish tayinlanishi; 1 42 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ - tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish haqida topshiriqlar berilishi. Normaning yana bir asosiy talablaridan biri shuki, tergovga qadar tekshiruv vaqtida boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish man qilinadi. Yuqorida sanalganlardan birinchisi qo‘shimcha hujjatlar talab qilib olinishi asosan davlat sirlarini oshkor qilish, davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo‘qotish, firibgarlik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish, qalabki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish kabi va boshqa jinoyat turlari yuzasidan o‘tkaziladigan tergovga qadar tekshiruv jarayonida amalga oshiriladi. Qo‘shimcha hujjatlarni talab qilib olish quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin: - ekspertiza tekshiruvi o‘tkazish uchun qiyosiy namuna sifatida tekshirish maqsadida; - ma’lumotlarni solishtirish uchun; - faktik ma’lumotlarga oydinlik kiritish uchun; - taftish o‘tkazish uchun statistik ma’lumot sifatida foydalanish maqsadida va hokazo. Tergovga qadar tekshiruv davrida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qo‘shimcha hujjatlarni Jinoyat- protsessual kodeksining 90-92-moddalari talablari asosida rasmiylashtirilgan bayonnoma asosida mazkur hujjatlarni saqlayotgan shaxsdan yoki korxona, tashkilot, muassasaning vakilidan oladi. Hujjatlar olinganidan so‘ng, ular sinchiklab o‘rganib chiqilishi lozim va yuqorida sanab o‘tilgan maqsadlardan kelib chiqib ulardan foydalaniladigani va foydalanilmaydigani alohida-alohida ajratib olinib, ish uchun keraksiz bo‘lgan hujjatlar ularni topshirgan shaxsga qaytarib beriladi, kerakli hujjatlar esa tergovga qadar tekshiruvni maqsadini amalga oshirish uchun foydalaniladi. Tergovga qadar tekshiruv davrida shaxslarning ko‘rgan va eshitgan hodisalari tavsilotlari ish uchun muhim ahamiyat kasb etadigan bo‘lsa, o‘sha shaxslardan tushuntirishlar talab qilib olinishi lozim. Tushuntirish talab qilib olish jarayoni tushuntirish xati tuzish orqali rasmiylashtiriladi. Tushuntirish xatida qaysi organ rahbari nomiga tushuntirish olinayotganligi, kim tomonidan tushuntirish berilayotganligi, tavsilotlar batafsil tarzda bayon qilinishi, tushuntirishni qaysi organ mansabdor shaxsi olayotganligi va qaysi sanada tushuntirish olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim. Surishtiruv va dastlabki tergovdan farqli o‘laroq, tergovga qadar tekshiruv bosqichida prosess ishtirokchilarining huquqiy maqomi belgilanganmagan. Shu sababli, barcha prosess ishtirokchilaridan Jinoyat kodeksining 240- moddasi bilan, ya’ni jinoyat protsessini yuritish qatnashchilarining o‘z zimmasidagi vazifani bajarishdan bo‘yin tovlashi bilan ogohlantirgan holda tushuntirish xati olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 27-bobi ushlab turish qoidalarini o‘z ichiga olgan. Mazkur bob qoidalariga muvofiq, jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxsning jinoiy qilmishlariga chek qo‘yish, qochib ketishining, dalillarni yo‘q qilish va ularni yashirishining oldini olish maqsadida uni 48 soat muddatga ozodlikdan mahrum qilish mumkin. Bu tarzda ozodlikdan mahrum qilish protsessual
Доказательный фрагмент
«This article describes the procedural and investigative actions carried out during the pre-investigation check in accordance with the criminal procedural legislation of the Republic of Uzbekistan, and in what cases th…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the procedural and investigative actions carried out during the pre-investigation check in accordance with the criminal procedural legislation of the Republic of Uzbekistan, and in what cases th… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- detention, personal search and seizure, inspection of the crime scene
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025