К содержанию
РецензированоRU2024

АНАЛИЗ ВЛИЯНИЯ ПРОЦЕССА ПРЯДЕНИЯ НА IP-СВОЙСТВА

Erkinov Zokirjon · Toxirov Nurbek · Yigitaliyev Axror · Maxsudov Moxirjon

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article analyzes the research of scientists on the influence of technological parts and their movement on yarn properties in yarn spinning processes. As a result of the practical research conducted by scientists, the factors involved in the formation of the yarn, along with the quality of the yarn, and their effect on productivity were studied. Key words: Fiber, thread, twist, quality, unevenness, maturity, stretch, stretch. АНАЛИЗ ВЛИЯНИЯ ПРОЦЕССА ПРЯДЕНИЯ НА IP-СВОЙСТВА Аннотация. В данной статье проанализированы исследования ученых о влиянии технологических компонентов и их поведении на свойства пряжи в процессах прядения. В результате практических исследований, проведенных учеными, были также изучены факторы, участвующие в формировании пряжи, а также качество пряжи. Ключевые слова: волокно, нить, крутка, качество, неровнота, прочность, веретено, растяжение, производительность. Ip yigirish sanoati uzluksiz davom etuvchi texnologik jarayonlar majmuasidan iborat bо‘lib, uning kо‘p sonli о‘zaro bog‘liq va shartli omillari mavjud bо‘lgan nazoratsiz tashqi va ichki о‘zgarishlar ishlov berilayotgan mahsulotlarning sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Ushbu omillarning alohida yoki birgalikda ta’siri oqibatida texnologik jarayonning barqarorligida buzilishlar sodir bо‘lib, xomaki va tayyor mahsulotlarning sifat kо‘rsatkichlarida keskin о‘zgarishlarning yuz berishiga, ya’ni notekislikning paydo bо‘lishiga olib keladi [1]. Ip sirtining silliqligi, uning tozaligi, aralashmalar, konuslar, tugunlarning yо‘qligi nafaqat ipni qayta ishlash jarayonining normal borishi, balki trikotajning sifati - elastiklik, о‘lchov barqarorligi, tashqi kо‘rinishi uchun ham zarurdir. Kо‘pgina olimlar ip sifatini yaxshilash bо‘yicha tadqiqotlar olib borganlar. Bugungi kunda yigiruv fabrikalarida ip asosan ikkita yigirish usulida ishlab chiqariladi, bular halqali yigirish va rotorli yigirishdir. Ring usulida olingan ip pnevmomexanik ipga qaraganda sifat jihatidan yaxshiroqdir. Buning sababi shundaki, halqa usulida olingan ipda barcha tolalar burish jarayonida ishtirok etadi, pnevmomexanik usulda esa bu kuzatilmaydi. Ammo pnevmomexanik usulning unumdorligi yuqori (5-6 marta) [2]. Keyingi yillarda ixcham ip-kalava ishlab chiqaruvchi 1 40 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ mashinalardan foydalanish sezilarli darajada oshdi. Yangi iplar oddiy iplarga qaraganda pishiqroq, tukdorlik darajasi kamroq va bir tekis bо‘ladi. Ip yigirish korxonasidagi texnologik jarayonning bir meyorda ishlashi uchun har bir yо‘g‘onlikdagi ip yigirish uchun alohida yigirish rejasi ishlab chiqiladi. Natijada, korxonaning iqtisodiy kо‘rsatkichi yaxshilanadi va sifatli ip ishlab chiqarish imkoniyati tug‘iladi [3]. Yigirish jarayonida iplarning sifat kо‘rsatkichlari avvalambor boshlang‘ich xom ashyo tolalarning xossalariga bog‘liqdir. Tolalarning xossalariga ularning yо‘g‘onligi, mustahkamligi, bir tekisliligi, pishib yetilganliligi kiradi. Masalan, tolalarning yо‘g‘onligi ip yigirish jarayonida katta ahamiyatga egadir. Olinadigan iplarning xususiyati tola yо‘g‘onligiga bog‘liq bо‘ladi. Ingichka tolalardan talabga javob beradigan in5gichka, silliq, bir tekis va mustahkam iplar olinadi. Ingichka iplardan nafis, yengil gazlamalar, trikotaj matolari ishlab chiqariladi. Tola qancha ingichka bо‘lsa, bir xil yо‘g‘onlikdagi ipning kо‘ndalang kesimida shuncha kо‘p tolalar bо‘ladi. Natijada, ipning tuzilishida tolalarning о‘zaro bir-biriga tegib turgan yuzasi kо‘payadi va ishqalanish kuchi ortadi, hamda iplarning mustahkamligini yuqori bо‘lishiga olib keladi [4]. Iplarning xossalarini bashoratlash va loyihalashda obyektiv yondashuv texnologik jarayonlar natijalarini ilmiy tahlil qilish va baholashga, shuningdek, ipning tuzilishi va xususiyatiga bog‘liq qonuniyatini о‘rnatishga imkon beradi. Natijada, texnologik jarayonni nazorat qilish va yuqori sifatli ipni ishlab chiqarishga turtki beradi. Bu mavjud xom ashyolardan oqilona foydalanishga va mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi. Yakuniy mahsulot sifatiga ta’sir kо‘rsatadigan fizik-mexanik kо‘rsatkichlari katta miqdorda iplarning strukturaviy tuzilishiga bog‘liq. Ishlab chiqariladigan ipning xususiyatlariga tolaning xossalaridan tashqari ipning hosil qilish texnologik jarayonlari, chо‘zish jarayoni, pishitish va о‘rash jarayonlari ta’sir etadi. Ip strukturasini uni hosil qilish sharoitlari belgilaydi, ularga halqali yigiruv mashinasidagi quyidagi kо‘rsatkichlar kiradi: michka kengligi, buram uchburchagi balandligi, ipni о‘z о‘qi atrofida aylanishlar soni bilan tolali mahsulotni uzatish tezligi orasidagi nisbati [5]. Urchuqning aylanish chastotasi ortishi bilan yuzaga keladigan taranglik kuchi ipning buram uchburchagidagi tolalarning holatiga mos ta’sir kо‘rsatadi. Taranglik ta’sirida ipga yetmagan tolalarning uchlari tо‘g‘rilanadi. Shunday qilib, buram uchburchagida ip tarangligi ta’sirida tolalarni siljima

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the research of scientists on the influence of technological parts and their movement on yarn properties in yarn spinning processes.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the research of scientists on the influence of technological parts and their movement on yarn properties in yarn spinning processes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Fiber, thread, twist, quality, unevenness, maturity, stretch, stretch, прочность, chо‘zish, buram, Tola, производительность., sifat, нить, notekislik, качество, pishiqlik, веретено, растяжение, крутка, stretch., urchuq, волокно, неровнота, unumdorlik., ip
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники