К содержанию
РецензированоRU2024

TURK XOQONLIGI DAVRIDA MAHALLIY BOSHQARUV MASALALARI

Shokirova Ferangiz · Rajabov Oybek

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article describes the new research results on the creation of the Turkish khanate, which is considered one of the powerful states of the early Middle Ages, the division of the state into two parts, and the issues of local governance in them. Keywords: Turkish khanate, government system, political life, titles, etc. ВОПРОСЫ МЕСТНОГО САМОУПРАВЛЕНИЯ ВО ВРЕМЯ ТУРЕЦКОЙ ИМПЕРИИ Аннотация. В статье представлены результаты новых исследований возникновения Турецкого ханства, считающегося одним из могущественных государств раннего средневековья, разделения государства на две части и вопросов местного управления в них. Ключевые слова: Турецкое ханство, государственное устройство, политическая жизнь, титулы и т.д. VI asrning ikkinchi yarmidan boshlab Janubiy Sibir va Shimoliy Mongoliya ya’ni, Oltoy hududlarida turkiy qabilalar ittifoqi shakllana boshlaydi. Turk hoqonligi xususidagi manbalar bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan bo‘lsa-da, ularning ayrimlari bir-birini inkor etadi. VI asrning oxirlarida yashagan vizantiyalik tarixchilar Menandr Protektor, Feofan Vizantiyskiy, suriyalik tarixchi Ionna Efessiylarning tarixiy asarlari, epigrafik yodgorliklar hisoblangan - Urxo‘n-Yenisey, runiy yozuvlari, Xitoyning “Tan xonadoni tarixi” qabilardir. Shuningdek, o‘rta asr mualliflari at-Tabariy, Denovariy, Beruniy hamda Narshaxiy asarlarida ham Turk xoqonligi to‘g‘risida ma’lumotlar uchraydi. 576 yilga kelib Turk hoqonligi Manchjuriyadan Kimmeriy Bosporigacha, Yenisey yuqori oqimlaridan Amudaryo yuqori oqimlarigacha cho‘zilgan edi. Shu tariqa turk xoqonlari siyosiy va madaniy merosi O‘rta Osiyo va Janubi-Sharqiy Yevropa tarixiga sezilarli ta’sir kursatgan dastlabki Yevrosiyo imperiyasiga asos solgan edilar. Turk xoqonlari o‘rtasidagi o‘zaro kurashlar 20 yildan ziyodrok, davom etib 603 yilda davlatning 2 ta: Gʻarbiy va Sharqiy kismlariga bo‘linib ketishi bilan yakunlandi. Sharqiy Turk hoqonligi Mug‘uliston hududlarini, Gʻarbiy Turk hoqonligi esa, Yettisuv, Chu vodiysi, Volga, Kubanning quyi qismi, Irtish, Ishim daryosi bo‘yidagi yerlar, O‘rta Osiyo va Sharqiy Turkistonning bir kismini o‘z ichiga olgan. Hoqonlar Sheguy va To‘n yabg‘u davrlarida Gʻarbiy Turk xoqonligi vaqtinchalik rivojlanish jarayonlarini boshdan kechirdi. Bu davrda 1 16 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ hoqonlikning hududlari kengaydi, davlat boyidi va harbiy qabila zodagonlarining mavqyei kuchayib ular hoqonlar hokimiyatidagi harbiy muvaffaqiyatlarni ta’minlab turdilar. Shaguy Gʻarbiy hoqonlikning sharqiy chegaralarini Oltoy qilib belgiladi va o‘z hokimiyatini Tarim havzasi va sharqiy Pomir oldigacha cho‘zishga muvaffaq bo‘ldi. To‘n yabg‘u (To‘n Baxodir) hoqonlikning g‘arbiy hududlarida faol siyosat olib borib xoqonlikning kishki qarorgohini Chu daryosi vohasidagi yirik savdo hunarmandchilik markazi bo‘lgan Suyobga (xozirga To‘qmoq yakinidagi Oqbeshim ko‘hna shahri), yozgi qarorgohini esa Isfijob yaqinidagi Mingbuloqqa, hozirgi Turkiston shahri yaqinida) ko‘chiradi. To‘n yabg‘uning yangi yurishlari tufayli hoqonlik chegarasi Amudaryoning yukori okimlaridan Hindiqushgacha cho‘ziladi. Turk hoqonligida davlatning oliy hukmdori “hoqon” unvoniga ega bo‘lgan. Qadimgi turkiy afsonalarda berilishicha, turklarning tasavvuriga ko‘ra, davlatchilikning markazi, davlatni o‘z qo‘lida birlashtiruvchi shaxs hoqon hisoblangan. Boshqaruvda hoqonlarning hukmron sulolasi asosiy bo‘lib u uchta kuch - osmon (tangri), yer-suvning kuch va irodasi hamda turk xalqining yaratuvchanlik faoliyati tufayli yuzaga keltiriladi. Hoqondan keyingi shaxs, birinchi amaldor “Yabg‘u” (Bahodir) bo‘lib, u bosh sarkarda hisoblangan. Ammo, yabg‘u taxtga merosxo‘rlik qila olmas edi. Turk xoqonligi taxtiga vorislik tartibi turk davlatchiligi tuzilishi uchun xos bo‘lgan uluslarga bo‘linish tizimiga asoslanib belgilanar edi. Ushbu tizimga ko‘ra taxt aksariyat hollarda otadan o‘g‘ilga emas, akadan ukaga, amakidan jiyanga meros qolar edi. Taxt merosxo‘ri tegin (shahzoda) deb yuritilgan. Shahzodalar to taxtga o‘tirgunlariga qadar o‘zlariga berilgan uluslarni boshqarib turganlar. O‘rta Osiyodagi mahalliy hokimlarning faoliyatini nazorat qiluvchi amaldor, hoqonning nazoratchisi – “tudun” deb atalgan. Turk hoqonligi konfederativ davlat bo‘lgan. Turkiylar o‘z yurti va davlatini “el” deb atashgan. Birinchi turk hoqoni Buminxon elxon unvoniga ega bo‘lganligi bejiz emas. Davlatni boshqarishda oliy hukmdorga uning yakin qarindoshlari, hukmron sulola a’zolari yordam berar edi. Manbalarda bu to‘rtga bo‘lingan. Ya’ni, qarindoshlar, hoqonga ittifoqdosh qabilalar; hoqonning o‘ng tomonida o‘tiruvchi ma’muriy xodimlar; hoqonning chap tomonida o‘tiruvchi amaldorlardan iborat bo‘lgan. Hoqonning qarindoshlari - o‘g‘illari, amakisi, jiyanlari va aka-ukalariga “tegin” unvoni berilgan. Xitoy manbalarida hoqonlikda beshta oliy mansab - yexu (yabg‘u), she (shod), dele (tegin), silifa (eltabar) va tutunfa (tudun) kabilar bo‘lib

Доказательный фрагмент

«This article describes the new research results on the creation of the Turkish khanate, which is considered one of the powerful states of the early Middle Ages, the division of the state into two parts, and the issues…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the new research results on the creation of the Turkish khanate, which is considered one of the powerful states of the early Middle Ages, the division of the state into two parts, and the issues… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Turkish khanate, government system, political life, titles, etc
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники