Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПРАКТИКА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ОПОЗНАВАТЕЛЬНЫХ ПРИЗНАКОВ ПИСЬМЕННОЙ РЕЧИ ПРИ СУДЕБНО-МЕДИЦИНСКОЙ ЭКСПЕРТИЗЕ.
Abdurasulov Ulug`bek Rashid o`g`li · O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi · Sobirov Furqat Bahromboy o`g`li · O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi · DURING FORENSIC EXAMINATION
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
In this article, the identification signs of written speech during forensic examination, in particular, the concept of forensic examination, the concept of written speech, the concept of identification signs of written speech, end the statistical data of recent years are analyzed and discussed. Key words: Written speech, handwriting, examination, identification, sign, general signs, special signs, expert opinions. ПРАКТИКА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ОПОЗНАВАТЕЛЬНЫХ ПРИЗНАКОВ ПИСЬМЕННОЙ РЕЧИ ПРИ СУДЕБНО-МЕДИЦИНСКОЙ ЭКСПЕРТИЗЕ. Аннотация. В данной статье анализируются и обсуждаются идентификационные признаки письменной речи при судебно-медицинской экспертизе, в частности, понятие судебно-медицинской экспертизы, понятие письменной речи, понятие идентификационных признаков письменной речи, а также статистические данные последних лет ``поднят.'' 520 Ключевые слова: письменная речь, переписка, экспертиза, идентификация, признаки, общие признаки, особые признаки, экспертные заключения. O`zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyati samaradorligini juda ko`p jihatdan zamonaviy fan va texnik yutuqlaridan faol va o`z vaqtida foydalanishga bog`liq jarayondir. Bugungi kunda jinoyatlarning sodir etilish usullari yildan-yilga mukammal ko`rinish hosil qilayotgan bir davrda, sud ekspertining xulosasi ish bo`yicha asosiy dalillardan biri sifatida etirof etilishi tobora oddiy holga aylanib bormoqda. Dunyoda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uni ochishga qaratilgan zamonaviy texnik vositalar o`z rivojlanishining cho`qqisiga erishgan hamda kompyuter texnikasi orqali sud ekspertlik tadqiqotlarida deyarli barcha belgilarni identifikatsiya qilish bo`yicha dasturlar yaratilgan bo`lsada, xatshunoslik ekspertizasida mazkur dasaturlardan foydalanish orqali ma’lum bir xulosaga kelish imkoni mavjud bo`lmagan kam sonli ekspertiza tadqiqotlaridan biri hisoblanadi. Sud-xatshunoslik ekspertizasi kriminalistik ekspertizalarning eng ko`p qo`llaniladigan turlaridan biri bo`lib, jinoyat, va`vuriy va fuqarolik ishlari bo`yicha haqiqatni aniqlashga ko`mak beradi. Uning yordamida tergovga qadar tekshiruv dastlabki tergov jarayonida ish uchun ahamiyatli bo`lgan holatlarga oydinlik kiritiladi. Qo`lyozma matnlar bo`yicha amalga oshiriladigan xatshunoslik ekspertizasida yozuvning shakliy jihatiga muhim ahamiyat kasb etib, ushbu ekspertizalarni o`tkazishda namunalarga katta e’tibor qaratish lozim. Afsuski namunalar yetarli bo`lmagan taqdirda ekspertizalarni o`tkazish va xulosa berishning imkoniyati yo`q. Bundan tashqari bugungi kunda yozma nutqnig identifikatsion elementlari juda muhim rol o`ynaydigan ayrim metodik yondashuvlar yo`qligI bu sohadayanada ko`proq tadqiqotlar o`tkazilishi kerakligini taqozo etmoqda, shu o`rinda yozma nutq identifikatsion belgilarining yuzaga kelish omillari qo`lyoza matnlar bo`yicha o`tkaziladigan ekspertizalarda juda muhim hisoblanadi. Sud-xatshunoslik ekspertizasi – an’anaviy turdagi kriminalistik ekspertizalarning alohida bir turi bo`lib, jinoyat, fuqarolik protsessida qaror qabul qilishda daliliy ahamiyatga ega bo`lgan faktik ma’lumotlarni aniqlash uchun qo`lyozma yozuv(raqam) va imzolar ijrochisini o`rganish usullari to`g`risidagi bilimlar majmui hisoblanadi. Yozma nutq bu bevosita psixologik, nevrologik, fiziologik impulslarning kombinatsiyasidan iborat murakkab jarayon. Vizual idrok va keskinlik, shaklni tushunish, 521 markaziy asab tizimining yo`llari, qo`l va qo`l suyakalrui mushaklarining anatimiyasi hamda fiziologiyasi kabi omillarning barchasi kerakli natijani hosil qilish uchun birlashadi. [Gamble, 1980-30]. Yozma nutqning identifikatsion belgilari odamning madaniyat darajasini aks ettiradi yozuv(xat)ning mazmunini ifodalaydi. Yozma nutqning umumiy belgilari yozma nutqni umumiy jihatdan tavsiflaydi va qo`lyozma matn muallifini yozma nutqni qay darajada egallagani bo`yicha farqlash imkonini beradi. Yozma nutqning xususiy belgilari muayyan bir odamning yozma nutqni bilish ko`nikmalarining muayyan bir tomonlarini ifodalaydi. Sud-xatshunoslik ekspertizasini o`tkazish jarayonida ko`zdan kechirish, o`lchash, taqqoslash, mikroskopioya va eksperiment usullaridan foydalaniladi. Sud-xatshunoslik ekspertizasining obyektlari bo`lib qo`lyozma tarzda bajarilgan turli yozuv va imzolar hisoblanadi. So`nggi yillarda o`tkazilgan ekspertizalar ko`rsatkichi quyidagicha, respublikamizda 2022- yilda umumiy jinoyatchilik 2021-yilga nisbatan 5,3% ga kamayishiga qaramasdan, ekspert- kriminalistika bo`linmalarida umumiy ekspertiza o`tkazilish holati 25,3% ga oshgan. O`z navbatida 2022-yilda ekspert-kriminalistika bo`linmalari tomonidan 8425 ta xatshunoslik ekspertizasi bo`yicha xulosalar rasmiylashtirilgan bo`lib, bu 2021-yilga nisbatan 34,5% ga ko`p bo`lishi bilan birga, an’anaviy kriminalistik ekspertiza turlari ichida eng yuqori ko`rsatkich hisoblanadi. Yuqoridagi statistika malumotlarini o`rganadigan bo`lsak xatshunoslik ekspertizasi murakkabligiga qaramasdan, o`zining ko`p o`tkazilis
Доказательный фрагмент
«In this article, the identification signs of written speech during forensic examination, in particular, the concept of forensic examination, the concept of written speech, the concept of identification signs of writte…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the identification signs of written speech during forensic examination, in particular, the concept of forensic examination, the concept of written speech, the concept of identification signs of writte… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Written speech, handwriting, examination, identification, sign, general signs, письменная речь, особые признаки, переписка, общие признаки, ekspertiza xulosalari., expert opinions., xatshunoslik, yozma nutq, идентификация, identifikatsiya, ekspertiza, экспертиза, special signs, признаки, экспертные заключения., umumiy belgilar, xususiy belgilar, belgi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026