Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’SMIRLARDA SUITSIDAL XULQ-ATVORNI OLDINI OLISHNING PSIXOPROFILAKTIK VA PSIXAKORREKSION ISHLARI
Qarshiboyeva Lobar Baxramovna · Nasriddinov Rustamjon A’zamkulovich
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
This article talks about the psycho-prophylactic and psycho-corrective work carried out in connection with the prevention of suicidal behavior in teenagers, as well as individual interviews with them. Key words: suicide, society, depression, crisis, state of affect, psychological impact, minor, death. ПСИХОПРОФИЛАКТИЧЕСКАЯ И ПСИХОКОРРЕКЦИОННАЯ РАБОТА ПО ПРОФИЛАКТИКЕ СУИЦИДАЛЬНОГО ПОВЕДЕНИЯ У ПОДРОСТКОВ Аннотация. В статье рассказывается о психопрофилактической и психокоррекционной работе, проводимой в связи с профилактикой суицидального поведения подростков, а также индивидуальных беседах с ними. Ключевые слова: суицид, общество, депрессия, кризис, аффект, психологическое воздействие, несовершеннолетний, смерть. Kirish. Suitsidal axloqni tushuntiruvchi asosiy kontseptsiyalarni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin: sotsiologik, psi-xopatologik va ijtimoiy-psixologik. Sotsiologik yondoshuv doirasida suitsidal axloq va ijtimoiy sharoitlar o’rtasidagi aloqa deklaratsiyalanadi. Bunga o’xshash qarashlar asosida E.Dyurkgeymning "anomiya" -jamiyatning qadriyatli-me’yoriy 479 tazimidagi buzilish haqidaga ta’lim yotadi. Dyurkgeym ta’kidlaydiki, jamiyatda o’z joniga qasd qilshp miqdori dunyo (qadriyatlar, axloqiy me’yorlar) ni individual ko’rishni belgilovchi ijtimoiy hayotning alohida faktlari kabi "jamoaviy tasavvurlar" aniqlaydi. O'z joniga qasd qilish insoniyat jamiyatining ilk davridan to hozirgacha davom etib kelayotgan voqelikdir. Bunda faqat shaxsning hayotdan ko'ngilli ravishda ketishi holatiga nisbatan munosabatlarning o'zgarishini ko'zatish mumkin. O'z joniga qasd qilish holatlariga nisbatan jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida va turli madaniyatlarda munosabat o'ziga xos bo'lganligi ko'zatiladi. Adabiyotlarda ko'pincha suitsidal xatti-harakatlar bilan solishtiriladigan, «autatravmatizm» (o'ziga jarohat yetkazish), «autoagressiv xatti - harakat» terminlari ham uchraydi. Agar autoagressiv harakatning oxirgi maqsadi o'z joniga qasd qilish bo'lsa, uni suitsidal xatti - harakatlarga bog'lash mumkin. Zamonaviy, ayniqsa xorijiy adabiyotlarda «autodestruktiv» (o'ziga zarar yetkazish bilan bog'liq xulq -atvor) «o'zini - o'zi yo'q qilish» xulq - atvori tushunchasi keng tarqalgan. Psixologik - ruhiy - og'riq, og'ir inqirozli holatning umumiy belgisi hisoblanadi. Ko'ngil og'rig'iga chiday olmaslik, uni har qanday yo'l bilan to'xtatishga olib keladi, inqirozli vaziyatdagi odamga esa suitsidal o'rinish o'z muammolaridan qutilish va uni hal etish usulidek qabul qilinadi. Suitsidal xulqning kelib chiqishida xavotirlanish va boshqa emotsional kechinmalarning roli haqida gumanistik psixologiya namoyondalari ham o'ziga xos fikr- mulohazalarni ilgari suradilar. Karl Rodjersning ta'kidlashicha, hayotning asosiy yo'nalishi (g'oyasi) atrof muhit va boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatlarda shakllanuvchi, «Men»ning dolzarblashuvi, saqlanishi va kuchayishi-dan iborat. Agar «Men»ning to'zilishi rigid bo'lsa (qotib qolgan), shaxs hayotiga xavf sifatida qabul qilinuvchi, unga muvofiq kelmaydigan real tajriba buziladi yoki rad etiladi. Odam uni tan olmasa, go'yoki o'zini qamoqqa tashlaydi. Bunda istalmagan tajriba «Men»dan o'zoqlashadi, voqelik bilan aloqa yo'qotiladi. Suitsid-axloq xarakteri va determinatsiyasini yorug’likka olib chiquvchi nazariyalar sharhi ushbu ko’rinishning murakkabligi haqida xulosa qilish imkonini beradi. SHu bilan birgalikda, shaxs suitsidal axloqining bir necha xatar omillarini ajratish mumkin: - suitsidning avvalgi urinishlari (ushbu odamning); - suitsidning oilaviy tarixi; - krizisli vaziyat (tuzalmaydigan kasallik, yaqin kishisining o’limi, ishsizlik va moliyaviy muammolar, ajrashish); 480 - oilaviy omil (ota-onalarning ruhiy azoblanish holati, bolalar jarohati, surunkali janjallar, uyg’unlashmagan tar-biya); - hissiy buzilishlar (dastavval ruhiy azoblanish holati); - psixik kasalliklar (piyonistalik, giyohvandlik, shizofre-niya); - ijtimoiy modellashtirish (OAV dagi suitsid namoyishi, ularning adabiy asarlardagi surati - "Verter samarasi"). Tashqi va ichki sharoit suitsidal axloqning paydo bo’lishini osonlashtiradi, biroq uni oldindan aniqlamaydi. Suitsidni "chiqarib yuboruvchi" haqiqiy sabablar ichki motiv hisoblanadi. Ko’pincha suitsidal motivatsiya krizisli vaziyatga hissiy sado shakliga ega. SHaxs boshiga yog’iladigan tipik hodisa yaqin odamni yo’qotish, ajrashish yoki firoq hisoblanadi. Ish yoki sog’liqni yo’qotish, jinoiy jazo xavfi yoki fosh bo’lish ham suitsidal axloqning paydo bo’lishiga yordamlashadi. Ba’zida o’xshash reaktsiyalar yirik muvaffaqiyatlar ketidan keladi -xizmat bo’yicha ko’tarilish, mas’uliyatning keskin oshishi, orzu qilingan maqsadga erishish va h.k. Turli vaziyatlarda suitsidal axloqning turli motivlari ta’sir ko’rsatishi mumkin: e’tiroz; o’ch; o’tinish (e’tibor, yordam); qochish (jazo, azobdan); o’z-o’zini jazolash; rad etish (mavjudlikdan). Masalan, o’smirlarning suitsidal urinishlarida quyidagi tilakni ajratish mumkin. Bu "Menga e’tibor qiling, men sizning yordam
Доказательный фрагмент
«This article talks about the psycho-prophylactic and psycho-corrective work carried out in connection with the prevention of suicidal behavior in teenagers, as well as individual interviews with them.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the psycho-prophylactic and psycho-corrective work carried out in connection with the prevention of suicidal behavior in teenagers, as well as individual interviews with them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- suicide, society, depression, crisis, state of affect, psychological impact, minor
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026