Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NASRIY MATNLARDA UNDALMANING QO‘LLANILISHIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR
Alimova Dilnoza Komil qizi · Sharof Rashidov nomidagi SamDU talabasi. · Yusupova Orzubonu Sunnatovna · Ilmiy rahbar: Dots.
Современная наука и исследования · 3 · 137-141 · 2024
Аннотация
This article talks about the use of the imperative in prose texts. Excerpts from O'tkir Hashimov's short story "Dunyoning ishlari" are presented as the object of research. Emphasis is placed on the linguopoetic nature of undalma. Key words: personal attitude, nationalism, individualization, linguopoetics, gender characteristic, emotional-expressiveness. НЕКОТОРЫЕ СООБРАЖЕНИЯ ПО ИСПОЛЬЗОВАНИЮ ПРОЦЕССА В ПРОЗАХ Аннотатц. В данной статье говорится об употреблении повелительного наклонения в прозаических текстах. В качестве объекта исследования представлены отрывки из рассказа Откира Гашимова «Мировые дела». Акцент сделан на лингвопоэтической природе ундальмы. Ключевые слова: личностная установка, национализм, индивидуализация, лингвопоэтика, гендерная характеристика, эмоционально-выразительность. Ilmiy manbalarda so‘zlovchining nutqi qaratilgan, tinglovchi shaxsni ifodalovchi, undash, nomlash, so‘zlovchining shaxsiy munosabatini ko‘rsatish, muloqot o‘rnatish, nutq jarayonini mustahkamlash kabi bir qancha vazifalarni bajaradigan sintaktik birlik undalma deb yuritiladi [1; 3; 5; 6]. Undalma matnda, ayniqsa, badiiy matn turlarida mana shu jihatlari sababli faol qo‘llaniladi. Badiiy matnda nafaqat murojaat birligi sifatida, balki so‘zlovchining tinglovchiga nisbatan munosabatini ko ‘rsatish, his-tuyg‘u ifodasi, ta’sirchanlikni oshirish maqsadida ham qo‘llaniladi. Yozuvchining o‘ziga xos uslubini hosil qilishda, qahramon nutqini individuallashtirishda, qahramon xarakterini ochib berishda, nutqning ixtisoslashuvida, milliy mentalitetni, xalqchillikni ko‘rsatishda undalmaning o‘rni nihoyatda katta. Biz yuqorida aytilgan fikrlarni nasriy asarlarda undalmaning qo‘llanilishini izohlash orqali isbotlashga harakat qilamiz va O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asaridan foydalanamiz. Bilamizki, O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi o‘zbek kitobxonlarining qalbidan o‘rin olgan, o‘zbek onasining bir namunasi nihoyatda mahorat bilan tasvirlangan qissa hisoblanadi. Bu asar muvaffaqiyatining bir tomoni asar mavzusi bo‘lsa, ikkinchi tomoni bu mavzuning til birliklari orqali mohirona tarzda ochib berilganligidadir. 1 11 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bu asarda har bir til birligi, jumladan, undalmalar ham ma’lum vazifa bajargan, lingvopoetik ahamiyat kasb etgan. Masalan, bu qissada undalmalar shunchaki murojaat birligi sifatida qo‘llanmagan, unda ta’sirchanlik, suhbatdoshga hurmat, mehr-muhabbat singari ottenkalarni mavjud. Quyidagi gap qo‘shni ayolning Hakima ayaga kelini to‘g‘risidagi dard-hasrati, xushxabar emas. Biroq shu gapda undalma orqali so‘zlovchining o‘ziga xos nutqi, xarakteri ham ifodalanmoqda: Kecha itni kunini boshimga soldi, aylanay! Xotin olgandan keyin ona kerak bo‘lmay qolarkan. Shuni oldi-yu o‘g‘lim ham aynidi-qoldi, qoqindiq (“Dunyoning ishlari”,66). Qissada undalmalar juda faol qo‘llanilgan bo‘lib, o‘zida gender xususiyatlarini ham tashigan, ya’ni erkak va ayol nutqida qo‘llaniladigan undalmalar qissada alohida ajralib turadi. Milliylik buning ustiga yana bir alohidalik yuklaydi: Jigar-jigar, digar-digar ekan, o‘rgilay, - deydi yig‘lamsirab (66). Qissada gapning oxirida kelgan undalmalar subyektiv munosabatni ifodalashga xizmat qilgan: – Bormisan, oppoq qizim (98).Gap boshida kelganda esa ko‘pincha emostionallikdan holi, faqat o‘z vazifasi – undash, murojjat vazifasini bajargan: Bolalar, uning yong‘oqqa tosh otganini hech kim ko‘rmadimi? (25). Biroq ayrim hollarda gapdagi boshqa so‘zlar ta’sirida gap boshida kelgan undalmalar ham ta’sir kuchiga ega bo‘lishi, o‘z vazifasidan tashqari qo‘shimcha vazifa bajarishi mumkin. – Jon adasi, aylanay adasi, johillik qilmang, keling, shular to‘ya qolsin. Mayli, sholchani sotamiz(85). Misoldagi kundalik hayotda ko‘p ishlatiladigan, o‘zbek oilalariga tanish bo‘lgan adasi undalmasi oddiy murojaat ko‘rinishidan bir pog‘ona yuqoriga, ta’sir etish vazifasi tomonga siljigan. Shu birlikni olib tashlasak, yalinish ma’nosi o‘z o‘rnini maslahat ma’nosiga bo‘shatib beradi. Asarda gap o‘rtasida keladigan undalmalar ham mavjudki, bunday undalmalar faqat so‘zlashuv nutqi va badiiy nutqda kelishi bilan o‘ziga xoslik hosil qiladi: Shoshmanglar, popuklar, shoshmanglar qoravoylar, yana besh-o‘n marta qoqay, hammalaringa yetadi. (55) Bo‘pti, qoravoylar, popuklar, yaqinroq kelinglar (57). Mana, tasadduqlar, pashist deganiyam jazosini oldi-ku (59). Ushbu nutq urush tufayli yo‘lg‘iz o‘g‘lidan judo bo‘lgan Ermon ota nutqidan parcha. E’tibor bersak, Ermon ota bolalarga qoravoylar, popuklar, tasadduqlar deb murojaat qilyapti. Bu murojaatda otaning bolalarga mehri, samimiyati aks etmoqda. Ermon otaning xotini Habiba buvi nutqida ko‘paygur so‘zi undalma sifatida qo‘llanadi: -Tut yurakni o‘rtab yuboradi, ko‘paygurlar. Yuringlar, choy ichamiz (52). Bosh qahramon Hakima aya hech kimning ko‘nglini qoldirmaydigan, mehribon, bolajon, sodda, jonkuyar, o‘zbek ayoli, shu sababli uning nutqida
Доказательный фрагмент
«This article talks about the use of the imperative in prose texts.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the use of the imperative in prose texts. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- personal attitude, nationalism, individualization, linguopoetics, gender
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025