Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“SAB’AI SAYYOR” DOSTONIDA ANTROPONIMLAR SEMANTIKASI.
Urmonova Hurriyat
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
Anthroponyms occupy the largest and main part of onomastics. Anthroponyms are also a category. Inside itself, it is divided into small pieces. The article presents examples of simple and compound forms of anthroponyms from Navoi's "Sab'ai Sayor". Key words: onomastics, anthroponyms, onomastics and its types, anthropoformant, anthrocomponent. СЕМАНТИКА АНТРОПОНИМА В ЭПОСЕ «САБАЙ САЙЁР». Аннотация. Антропонимы занимают самую большую и основную часть ономастики. Антропонимы также являются категорией. Внутри себя он разделен на мелкие кусочки. В статье представлены примеры простых и сложных форм антропонимов из навоийского «Сабаи Сайор». Ключевые слова: ономастика, антропонимы, ономастика и ее виды, антропоформант, антропокомпонент. O’zbek nomshunosligi o’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab tilshunoslikning eng rivojlangan sohalaridan biriga aylandi. Aslida antroponimlar masalasi o’tgan XI asrdayoq turkiy tilshunoslikning to’ng’ich asari Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’atit turk” asarida o’z isbotini topgan edi. Nomshunoslik “onomastika” termini bilan ham yuritiladi. Onomastika- yunoncha so’z bo’lib, “nom qo’yish san’ati” dеgan maʼnoni bildiradi. Hozirgi vaqtda bu tеrmin ikki maʼnoda qo‘llaniladi: 1) maʼlum bir til, xalq tarkibida qo‘llangan barcha atoqli otlarning yig‘indisi; 2) atoqli otlar, ularning shakllanishi va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi. Rus tilida onomastikaning turli masalalariga bag‘ishlangan qator to‘plamlar ham nashr qilindi. Jumladan, “Ономастика” (Moskva,1969), “Восточнославянская ономастика” (Moskva, 1972), “Этнография имён” (Moskva, 1971), “Ономастика и норма” (Moskva, 1976), “Историческая ономастика” (Moskva, 1977), “Ономастика Средней Азии” (Moskva, 1978) va boshqalar nashr qilingan. Turkologiyada ham V.V.Radlov, V.A.Gordlеvskiy, N.A.Baskakov kabilar samarali ish olib borgan. O’zbek tilshunosligida E.Begmatovning monografik tadqiqotlari onomastikaga, xususan, antroponimikaga tamal toshini qo’ydi. O‘zbеk nomshunosligi bo‘yicha olib borilgan kеng ko‘lamli tadqiqotlar o‘zbеk onomastikasi sohasini bir qator monografiyalar, risolalar, izohli lug‘atlar, ko‘p sonli ilmiy maqolalar, nomzodlik va doktorlik dissеrtatsiyalari bilan boyitdi. Jumladan bu soha bo’yicha 1 10 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ E.Begmatov, Z.Do‘simov, T.Nafasov, B.O‘rinboyev, B.Yo‘ldoshev, N.Oxunov, N.Uluqov, S.Qorayev, S.Naimov, G‘.Sattorov, T.Enazarov, I.Xudoynazarov, R.Nuriddinova, S.Kenjayeva, Sh.Temirov, D.Yuldoshev, Q.Olloyorov, N.G‘aniyev, I.Xolmuratov, N.Adizova, S.Axmedov, N.Mo‘minova va boshqalar onomastika va uning yo’nalishlari bo’yicha tadqiqotlar olib borgan. Hozirda “O’zbek onomastikasi”, “O’zbek onomastikasi masalalari”, “Tarixiy toponimika”, “O’rta Osiyo joy nomlari tarixidan”, “Toponimika”, “O’zbekiston viloyatlari toponimlari” kabi adabiyotlar hamda “O’zbek ismlari ma’nosi” (E.Begmatov), “Joy nomlarining qisqacha izohli lug’ati” (E.Do’simov, X.Egamov), “O’zbek tili toponimlarining o’quv izohli lug’ati” (T.Nafasov, V.Nafasova) kabi lug’atlar ham katta ahamiyatga egadir. “Onomastika” dеb nomlanuvchi fanning asosiy vazifasi mazkur sohaning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, onomastik birliklarni o‘rganish mеtodlari va boshqalar haqida talabalarga zarur tushuncha va maʼlumotni bеrishdan iboratdir. Maʼlumki, onomastika tilshunoslikning har qanday atoqli otlarni, ularning paydo bo‘lish va o‘zgarish tarixini o‘rganuvchi bo‘limi, shuningdеk tildagi barcha atoqli otlar yig‘indisini o‘zida ifodalaydi. “Onomastika” fani tildagi mavjud onomastik tizimlarni aniqlash va o‘rganishni maqsad qilib qo‘yadi. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonunning qabul qilinishi o‘zbek tilining respublikamiz hayotining barcha sohalarida to‘liq amal qilishi uchun shart-sharoit yaratib berdi. Jumladan, til lug‘at tarkibining bir qismini tashkil qilgan onomastik birliklarga munosabat tubdan o‘zgardi. “Joy nomlarini tartibga solish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining alohida qarori eʼlon qilindi. Shuningdek, “Davlat tili haqida”gi Qonunning 24-moddasida “Barcha tarixiy nomlar va joylarning nomlari xalqning milliy mulki hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi”, – deb yozib qo‘yildi. Darhaqiqat, tilshunoslikda atoqli otlar deb yuritilayotgan nomlar tilimizning bebaho tarixiy, madaniy va maʼnaviy boyligidir. Bu boylik o‘zbek tilida ko‘p asrlar davomida asta-sekinlik bilan tarkib topib, shakllanib, rivojlanib kelmoqda. Atoqli nomlarning til (lisoniy) xususiyatlarini o’rganilish darajasiga qarab onomastika adabiy va dialektal onomastika, odatdagi va poetik onomastika, zamonaviy va tarixiy onomastika, nazariy va amaliy onomastika kabi turlarga bo’linadi. Nazariy onomastika til va nutqdagi, adabiy va dialеktal sohalarga tеgishli atoqli nomlarning paydo bo‘lishi, ularning nominatsiya (nomlanish) asoslari, rivojlanishi, shu jarayondagi turli xil o‘zgarishlari, onomastik birliklarning n
Доказательный фрагмент
«Anthroponyms occupy the largest and main part of onomastics.»
Образец извлечения
Демо-превьюAnthroponyms occupy the largest and main part of onomastics. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- onomastics, anthroponyms, onomastics and its types, anthropoformant
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025