К содержанию
РецензированоRU2024

НАЛОГОВАЯ ПОЛИТИКА И ЕЕ ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ, ПРОБЛЕМЫ НАЛОГОВОЙ СИСТЕМЫ

Eshpo‘latov Abdumalik Ulug‘bek o‘g‘li

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article discusses the main directions and types of taxes, tax policy, shortcomings and problems in the tax system Key words: tax policy, tax problems, tax directions, tax types. НАЛОГОВАЯ ПОЛИТИКА И ЕЕ ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ, ПРОБЛЕМЫ НАЛОГОВОЙ СИСТЕМЫ Аннотация. В статье рассматриваются основные направления и виды налогообложения, налоговая политика, недостатки и проблемы налоговой системы. Ключевые слова: налоговая политика, налоговые проблемы, налоговые направления, виды налогов. Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti bir tomondan uning ichki mexanizmiga bog`liq bo`lsa, ikkinchi tomondan boshqaruvning xarakteriga, ijtimoiy-siyosiy holatga, muvozanatga bog`liq bo`ladi. Mazkur jarayonda ijtimoiy siyosat alohida rol o`ynaydi. Ijtimoiy siyosat o`z navbatida ichki va tashqi madaniy-ma`rifiy, siyosiy, iqtisodiy siyosat kabilarga bo`linadi. Iqtisodiy siyosat ham o`z navbatida moliya, pul-kredit, byudjet, soliq siyosati kabi turlarda amal qilib, ularni yaxlitligi makroiqtisodiy darajada qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining asosiy ajralmas qismiga aylanadi. Shu o`rinda soliq siyosatining mazmuniga to`xtalib o`tadigan bo`lsak, yuqorida qayd etilganidek, soliq siyosati - bu iqtisodiy siyosatning ajralmas bir qismi bo`lib, davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to`lovlarni amaliyotda ishlash mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig`indisidir. Mamlakat soliq tizimi xususiyatlari, yo`nalishlari, qanday soliqlarning joriy etilishi, ular o`rtasidagi nisbatni ta`minlash kabi masalalarni soliq siyosati belgilab beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli kuchayib, o`z oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda soliq siyosati muhim vosita bo`lib xizmat qiladi. Soliq siyosati amalda davlat boshqaruvining boshqa unsurlari: pul-kredit siyosati, baho siyosati kabilar bilan birgalikda mamlakatning barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga faol ta`sir etadi. Davlat soliq siyosati orqali iqtisodiy rivojlanishni rag`batlantiradi yoki cheklaydi. Zero birinchi Prezident I.A. Karimov ta`kidlaganidek - ―Soliq siyosatining vazifasi - bir tomondan, byudjet daromadining barqaror safarbarligini ta`minlashdan, ikkinchi tomondan - korxonalarni 1 06 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ respublika uchun zarur bo`lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko`paytirishga rag`batlantirishdan iborat. Soliq siyosatining asosiy vazifasi oxir- oqibat iqtisodiy o`sishni ta`minlashga qaratilishi lozim. Aynan iqtisodiy o`sishga erishilgandagina ishlab chiqarish rivojlanishiga va uning samaradorligini ta`minlashga, aholining yashash darajasini oshishiga xizmat qiladi. Shu boisdan soliq tizimi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda doimo takomillashtirilib borilishi lozim. Soliq siyosati davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning bilvosita usuli hisoblanib, yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatini tartibga solishning ma`muriy usullaridan farqli ravishda ularning iqtisodiy qiziqishidan kelib chiqqan holda ular faoliyatiga ta`sir ko`rsatiladi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq siyosati iqtisodiyotni tartibga solishning bevosita usullariga qaraganda samarali qo`llaniladi. Soliq siyosatining shakli va yo`nalishlarining asosi bo`lib, davlatning siyosiy boshqaruvi, milliy xususiyat va maqsadlar, ma`muriy-hududiy tuzilish, turli mulk shakllari o`rtasidagi o`zaro munosabatlar kabi qator omillar hisoblanadi. Soliq siyosati iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy munosabatlarni o`zida mujassam etgan holda soliq tizimi orqali davlat va alohida ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlarini ta`minlash uchun moliyaviy resurslarni qayta taqsimlaydi. Soliq siyosati davlatning boshqa sohalardagi siyosati kabi soliq mexanizmining samarali amal qilishi hamda soliq tizimining samaradorligini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega bo`lgan ilmiy asoslangan kontseptsiyasiga ega bo`lishi lozim. Davlat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo`nalishlaridan kelib chiqqan holda soliq siyosatining turli usullaridan foydalanadi. Soliq siyosati iqtisodiy va moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi bo`lganligi bois davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatining usul va shakllaridan kelib chiqqan holda namoyon bo`ladi. Soliq siyosatining quyidagi shakllari mavjud ( 1-chizma) 1- chizma. Soliq siyosatining shakllari1 Soliq siyosatining shakllaridan biri yuqori soliqlar bo`lib, ushbu shaklda davlat ko`plab soliq turlarini va yuqori soliq stavkalarini joriy etadi, soliq imtiyozlarini esa imkon darajasida qisqartiradi. Bunday soliq siyosati natijasida soliq to`lovchilarda amalda jamiyat iqtisodiy rivolanishiga hech qanday

Доказательный фрагмент

«This article discusses the main directions and types of taxes, tax policy, shortcomings and problems in the tax system Key words: tax policy, tax problems, tax directions, tax types.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the main directions and types of taxes, tax policy, shortcomings and problems in the tax system Key words: tax policy, tax problems, tax directions, tax types. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tax policy, tax problems, tax directions, tax types
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники