К содержанию
РецензированоUZ2024

O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISHDA KREDIT-MODUL TIZIMINING AHAMIYATI

Mirzayeva Faroxat Odiljonovna · Dorobov Raxmonjon Ravshan o‘g‘li · THE EDUCATIONAL PROCESS

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article describes the introduction of the credit module system in higher education institutions, the development of modern educational programs, raising the training of highly qualified professional personnel to a new level, and ensuring the harmony of education, science and practice in the field. Keywords: kredit, curriculum, education, quality of education, content, methodology, influence, mechanism, analysis, experience. ЗНАЧЕНИЕ КРЕДИТНО-МОДУЛЬНОЙ СИСТЕМЫ В ОРГАНИЗАЦИИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА Аннотaция. В данной статье рассказывается о внедрении кредитно-модульной системы в высших учебных заведениях, разработке современных образовательных программ, поднятии подготовки высококвалифицированных профессиональных кадров на новый уровень, обеспечении гармонии образования, науки и практики в сфере. Ключевые слова: кредит, учебная программа, образование, качество образования, содержание, методика, эффект, механизм, анализ, опыт. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5847 sonli qaroriga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 357-sonli buyrug‘iga asosan 2020-2021 – o‘quv yilidan respublika oliy ta’lim muassasalari kredit- modul tizimiga o‘tdi. [1] Bugungi kundagi islohotlar, o‘quv-me’yoriy hujjatlarning yangi avlodini yaratish, talabaning mehnat intensivligini hisobga olish, bitiruvchilarning akademik va kasbiy moslashuvchanligini rivojlantirish, bilimlarni o‘zlashtirishning intensiv usullarini joriy etishda kredit-modul tizimini joriy etishni o‘z ichiga oladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonlarini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora- 6 18 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida “Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisida” Низом tasdiqlangan. Mazkur Nizomda esa kredit-modul tizimiga oid asosiy tushunchalar berib oʻtilgan. Unga koʻra: GPA (Grade Point Average) – taʼlim oluvchining dastur boʻyicha oʻzlashtirgan ballari oʻrtacha qiymati boʻlib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi: GPA =K1U1+K2U2+K3U3…+KnUn : K1+K2+K3…+Kn ga tengdir. Bunda: K – har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori; U – har bir fan/modul boʻyicha talaba toʻplagan baho; Kredit – taʼlim olish natijalariga koʻra talaba tomonidan muayyan fan boʻyicha oʻzlashtirilgan oʻquv yuklamasining oʻlchov birligi. Kreditlar qoidaga muvofiq butun, kasr sonlarda ifodalanishi mumkin; Kredit toʻplash – taʼlim elementlarini oʻzlashtirish va boshqa yutuqlarga erishish natijasida taqdim etiladigan kredit birliklarini toʻplash; Talabaning shaxsiy taʼlim trayektoriyasi – talaba tomonidan tanlangan hamda unga ketma- ketlikda bilimlar toʻplash va xohlagan kompetensiyalar yigʻindisiga ega boʻlish imkoniyatini beradigan yoʻnalish (marshrut). Oʻqish yuklamasi – talaba tomonidan oʻquv faoliyatining barcha turlari – maʼruza, amaliy mashgʻulot, seminar, laboratoriya ishi, kurs loyihasi (ishi), amaliyot va mustaqil ishni amalga oshirish asosida kutilgan oʻquv natijalariga erishish uchun zarur boʻlgan soatlar hajmi[2]. Kredit-modul sharoitida oliy ta’lim muassasalarida "modul" tushunchasini mazmun bilan to‘ldirishda muammolar paydo bo‘lmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, modullarni shakllantirish uchun asosiy fanlarni aniqlashda qiyinchiliklar tug‘ilmoqda. Modul tushunchasini izohlashda ikki xil yondashuvdan foydalaniladi: Birinchidan, modullar – mazmun va tematik shaklda; Ikkinchidan, modullar – tashkiliy, tuzilmaviy talablar tamoyiliga ko‘ra shakllantiriladi. Birinchi yondashuvda modul deganda ta’lim dasturi doirasida muayyan o‘zaro bog‘langan yaxlitlikni tashkil etadigan fanlar bloki tushunilib, u dasturning umumiy tuzilmasi ichidagi mantiqiy quyi tuzilma sifatida qaraladi. Ta’lim moduli mustaqil bo‘lib, o‘quv fanlari to‘plamini ifoda etuvchi, yo‘nalish bo‘yicha o‘quv rejasining birligi sifatida talqin qilinadi. Modulga berilgan ikkinchi yondashuvda uning didaktik maqsadlar, o‘quv materialining mantiqan yakunlangan birligi, uni o‘zlashtirish uchun uslubiy qo‘llanma va nazorat tizimini o‘z ichiga olgan o‘quv fani tarkibidagi nisbatan mustaqil tashkiliy-uslubiy majmua tushuniladi. Bunda modul fanning o‘quv-uslubiy majmuini hosil qiladi. Respublikamizda "modul" atamasi ko‘pincha o‘quv fanining majmuasi sifatida tushunilmoqda. Ilg‘or oliy ta’lim muassasalarining tajribasiga ko‘ra, modul kursning bir qismi, masalan, fanning taqvimiy muddatlarga bo‘lingan mantiqan yakunlangan qismi sifatida ham tushuniladi. Har bir modulni o‘zlashtirish, ya’ni unda belgilangan vazifalarni bajarish fanni o‘rganish natijasida qo‘yiladigan yakuniy bahoning bir qismini tashkil etadi va bu jihatdan modulli tamoyil reytingga

Доказательный фрагмент

«This article describes the introduction of the credit module system in higher education institutions, the development of modern educational programs, raising the training of highly qualified professional personnel to…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the introduction of the credit module system in higher education institutions, the development of modern educational programs, raising the training of highly qualified professional personnel to… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kredit, curriculum, education, quality of education, content, methodology
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники