К содержанию
РецензированоUZ2024

TA’LIM JARAYONINI BOSHQARISHNING METODOLOGIYASI

Karimova Maxbubaxon Mukimjonovna

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article provides information about the content of the methodological base for the development of effective management of educational institutions. Opinions were expressed on the management processes of managers in achieving efficiency and effectiveness in the training process. Keywords: management, system, training, leader, management, stage, activity, function, demand, efficiency, development. МЕТОДОЛОГИЯ УПРАВЛЕНИЯ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫМ ПРОЦЕССОМ Аннотaция. В данной стате представлена информaция о содержании методологической базы для развития эффективного управления образователными учреждениями. Были высказаны мнения о процессах управления руководителями в достижении эффективности и резултативности в процессе обучения. Ключевые слова: менеджмент, система, обучение, лидер, менеджмент, этап, деятелност, функция, спрос, эффективност, развитие. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi zamonaviy islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda bozor iqtisodiyoti chuqur ildiz o‘tib borayotgan davrda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq bir qator yangi talablar yuzaga keldi. Ular ichida eng muhimlari: ijtimoiy-psixologik diagnostika; guruhlarda o‘zaro shaxsiy munosabatlarni, rahbarlik munosabatlarini tahlil qilish va tartibga solish; ta’lim jarayonini va ijtimoiy ixtiloflarni hamda stresslarni boshqarish; ta’lim tizimini zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash; pedagogik xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil qilish; pedagogik xodimlarning kasbiy va ijtimoiy-psixologik moslashuvi hamda ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish; ta’lim muassasalarini boshqarish tizimini takomillashtirish; ta’lim tizimini boshqaruv jarayoniga yangicha yondashuv; ta’lim muassasalarida mehnat-huquqiy munosabatlar masalalaridir [5]. Bu nafaqat ta’lim tizimidagi boshqaruv muammolarini, balki rahbarlar tomonidan boshqaruvni takomillashtirish hamda uning uslublarini amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, turli darajadagi rahbarlarning boshqaruv faoliyatida muammolarni oldindan ko‘rish va ularni ijobiy hal etish qobiliyatlarini shakllantirishni olg‘a surmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlar ta’lim tizimini boshqarish mexanizmlarini o‘zgartirish, takomillashtirishni, ya’ni boshqaruvning ma’muriy 6 07 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ buyruqbozlik metodlaridan voz kechib, ijtimoiy-iqtisodiy, zamonaviy talablarga mos keladigan, demokratik tamoyillarga asoslangan boshqaruv tizimini shakllantirishni taqozo etmoqda. Bu bugungi kunning eng asosiy talablaridan biri bo‘lib, nafaqat boshqaruv muammolari, balki sub’ektlarning boshqaruv faoliyatini tashkil etish va ularni shakllantirish zamirida, eng avvalo, boshqaruv tizimining turli bo‘g‘ini rahbarlarining boshqaruv faoliyatini takomillashtirishning yo‘l-yo‘riqlarini aniqlash, yangi sharoitlarga muvofiqlashtirish va amaliyotga joriy etish vazifalarini belgilaydi [3]. Shundan kelib chiqib, ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar barcha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va boshqarishda fan-texnika yutuqlariga asoslangan boshqaruvning eng samarali, innovatsion metodlaridan foydalanishni, boshqaruv yo‘nalishida bilim, ko‘nikma va malakalarni, yangi shaxsiy va kasbiy sifatlarni talab qiladi. Ilmiy-texnologik taraqqiyot natijasida ta’lim, fan va ishlab chiqarish cohasidagi innovatsiyalar transferining faollashuvi ta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv faoliyatini rivojlantirish mazmuni va tuzilmasini tadqiq etishga nisbatan zamonaviy metodologik yondoshuvlarga asoslangan ilmiy izlanishlar geografiyasini yanada kengaytirmoqda. Boshqarish amaliyotidan ma’lumki, rahbarlik faoliyati o‘ziga xos murakkab jarayon bo‘lib, u rahbardan nafaqat oliy ma’lumotga, balki yetarli kasbiy tayyorgarlikka, boshqaruv yo‘nalishida bilim, ko‘nikma va malakalarga, shuningdek, ma’lum tajribaga xam ega bo‘lishni talab etadi [2]. Ta’lim muassasalarini boshqarish jarayonida rahbarlarning eng asosiy va muhim ahamiyat kasb etuvchi funksiyalaridan biri - bu qaror qabul qilish funksiyasi bo‘lib, ularning sifati ta’lim muassasasi salohiyatiga, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligiga, xodimlar bilan bir qatorda ta’lim muassasasi faoliyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Boshqaruv uslubi - bu muassasa oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda xodimlarni boshqarish hamda boshqaruv jarayonida vujudga keladigan muammolarni hal qilishda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar majmuidir. Boshqaruv faoliyatining uslublarini shakllantirish ma’lum darajada rahbarning yashash va mehnat qilish sharoitlariga asoslanadi (mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, boshqaruv faoliyati muhiti va h.k.) va boshqaruv sub’ektining harakatlariga tizim orqali ta’sir ko‘rsatgan holda uning individual uslublarini rivojlantiradi [1]. Boshqaruv faoliyatining samarali uslublarini shakllantirishda rahbarning shaxsiy xususiya

Доказательный фрагмент

«This article provides information about the content of the methodological base for the development of effective management of educational institutions.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information about the content of the methodological base for the development of effective management of educational institutions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
management, system, training, leader, management, stage, activity, function
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники