К содержанию
РецензированоRU2024

TALABALARDA TARBIYAVIY JARAYONLARNI TASHKIL ETISHGA YO‘NALTIRILGAN AMALIY-KASBIY TALABLAR

YO‘NALTIRILGAN AMALIY-KASBIY TALABLAR · Adizova Gulzoda Mehriddinovna

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

The article provides information about the practical and professional requirements for the organization of educational processes in students. Key words: Students, educational processes, reading, professors and teachers, students- youth, innovative approach, audience, scientific research works. ПРАКТИЧЕСКИЕ И ПРОФЕССИОНАЛЬНЫЕ ТРЕБОВАНИЯ К ОРГАНИЗАЦИИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА У СТУДЕНТОВ Аннотация. В статье представлена информация о практических и профессиональных требованиях к организации учебного процесса у студентов. Ключевые слова: Студенты, образовательные процессы, чтение, профессорско- преподавательский состав, студенческая молодежь, инновационный подход, аудитория, научно-исследовательские работы. Oliy ta’lim muassasalarida xalqaro yetakchi tajribalarni hisobga olgan holda talaba- yoshlarni kitobxonlikka oid bilimlarini shakllantirish va rivojlantirish sifatini oshirish, professor- o‘qituvchilar ilmiy salohiyatini ko‘tarish, ta’limda texnologiyalar, zamonaviy yondashuvdan foydalanish jarayonlari dunyo ta’limida munosib o‘ringa ega ekanligini hisobga olib, bu boradagi ilmiy tadqiqot ishlari tahlil eish va quyidagi muammolar: birinchidan, talaba-yoshlarni kitobxonlikka oid bidlimlarini shakllantirish usullari, vositalari va jarayonlarini to‘liq tushunib yetmasliklari, ikkinchidan, talaba-yoshlarni kitobxonlikka oid bilimlarini shakllantirishda pedagogik va axborot texnologiyalari integratsiyasi, pedagogik va kitobxonlikka doir bilimlar integratsiyasi, innovasion yondashuv asosida auditoriya, auditoriyadan tashqari mash g‘ulotlar hamda pedagogik amaliyot jarayonlarini tashkil etish texnologiyalari haqidagi tasavvurlarning yetarli darajada emasligi, uchinchidan, esa, talaba-yoshlarni kitobxonlikka oid bidlimlarini mustaqil ma’lumot avlodlar tajribasini, fan-texnika yutuqlarini o‘z ichki tuyg‘ulari asosida mustaqil o‘rganishga qaratilgan harakatlar majmuining natijasi bo‘lib, kitobxonlik insonning shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish jarayoni hisoblanadi. Kitobxonlik talaba shaxsi rivojlanishida, tajribalarni egallashida qulayliklar yaratsa, mustaqil ta’lim esa ta’lim olishning asosi hisoblanadi. Mustaqil ta’lim – bu insonning o‘zi tanlagan vositalar va adabiyotlar yordamida avlodlar tajribasini, fan-texnika yutuqlarini o‘rganishga y o‘naltirilgan shaxsiy harakatlar jarayoni. 6 00 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bunda insonning ichki dunyosi, his-tuy g‘ulari, mustaqil fikrlash qobiliyati asosiy rol o‘ynaydi. Demak, pedagogik jarayonni samaradorligi nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etishga, balki mustaqil ta’limni yo‘lga qo‘yish, talabalarda o‘zini-o‘zi tarbiyalash ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, refleksiv ta’limiy muhitni hamda o‘zaro ta’sir jarayonini tashkil etishga bo g‘liq b o‘ladi. Shuningdek, pedagogik jarayonlarni talabalarning mustaqil ta’lim jarayonida olgan tushunchalari asosida samarali tashkil etish va mazkur jarayonda ularni ijodiy fikrlashga o‘rgatish asosida innovatsion faolligini ta’minlash, shuningdek, ularning refleksiv qobiliyatlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘z navbatida talabalarning mustaqil ishlashi va mustaqil o‘rganishi uchun alohida topshiriqlar berish va unda ularning boshlan g‘ich tushunchalari darajasini hamda moyilligini o‘rganish asosida berilayotgan topshiriqlarni bajarishga ularda qiziqishni shakllantirish kabi qator talablarni belgilaydi. Pedagogik jarayonlarni tashkil etishda shaxslararo munosabatlarda pedagogik tafakkurni rivojlanishiga ta’sir k o‘rsatuvchi tarbiyaviy munosabatlarning mavjudligi va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ham inobatga olinishi zarur. Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uni amalga oshirishda, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari, ya’ni o‘qituvchi hamda talabalar o‘zaro ma’lum bir belgilangan munosabatda b o‘ladilar, bu munosabatlarni iqtisodiy, siyosiy va boshqa munosabatlardan farqli ravishda tarbiyaviy munosabatlar deb aytishimiz mumkin. Tarbiyaviy munosabatlar insonlarning o‘zaro tajriba almashinishi, tajribalarni o‘zlashtirishi, qo‘llashi, ular o‘rtasidagi doimiy munosabat, ya’ni aloqalar tizimi b o‘lib, inson- inson, inson-texnika-inson, inson-kitob-inson, inson-tabiat-inson, inson-san’at-inson kabi tarbiyaviy munosabatlar shaklida vujudga keladi va mazkur jarayonda inson ikkinchi bir insonga bevosita o‘zining xatti-harakatlari bilan yoki vositalar yordamida ta’sir o‘tkazishi mumkin, bu jarayon ixtiyoriy ta’lim muassasalaridagi rahbarlar bilan xodimlar, o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni ham qamrab oladi. Tarbiyaviy jarayondagi o‘zaro munosabatlar insonlar o‘rtasidagi doimiy munosabat (aloqalar) b o‘lib, ular inson shaxsini rivojlantirishga, ya’ni mustaqil ma’lumot, mustaqil ta’lim olish va o‘zini- o‘zi tarbiyalashni shakllantirishga xizmat qiladi, shuningdek, bu pedagogik jarayon hisoblanadigan insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda turli shakllarda namoyo

Доказательный фрагмент

«The article provides information about the practical and professional requirements for the organization of educational processes in students.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article provides information about the practical and professional requirements for the organization of educational processes in students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Students, educational processes, reading, professors and teachers, students-
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти