К содержанию
РецензированоEN2024

BUXORODAGI SAROYLAR

BUXORODAGI SAROYLAR · Toshpo’latova Shaxnoza Shuhratovna · PALACES IN BUKHARA

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

In this article, the palaces of Bukhara emirs, their location. It is said that initially the palace in Kogon was planned to be built inside the city of Bukhara, but prominent religious scholars of Bukhara strongly opposed it, because religious scholars prevent outsiders from entering Bukhara. After that, it was reported that they reached a single stop on the construction of the palace in the town of "New Bukhara", which was later called Kogon, 12 km east of Bukhara. Key words: Amir, Kogon Palace, Moorish Baroque1, Empire and Arabic methods, Benoit. ДВОРЦЫ В БУХАРЕ Аннотация. В данной статье дворцы бухарских эмиров, их расположение. Говорят, что изначально дворец в Когоне планировалось построить внутри города Бухары, однако видные богословы Бухары категорически против этого выступили, поскольку богословы не допускают в Бухару посторонних. После этого сообщалось, что они доехали до единой остановки на строительстве дворца в городе «Новая Бухара», который впоследствии стал называться Когоном, в 12 км к востоку от Бухары. Ключевые слова: Амир, Когонский дворец, мавританское барокко1, ампир и арабские методы, Бенуа. Buxoro amirining Kogondagi saroyi haqida. Buxoro amirining Kogondagi saroyi XX asr boshlarida Turkistonga rossiyalik imperatorning tashrifi munosabati bilan Sayid Abd-ad-Axad buyrug‘iga asosan, rus va buxorolik ustalar tomonidan tomonidan qurilgan. 1888-yil 26-fevralda birinchi poyezd Buxoro hududiga kirib keldi.Temir yoʼlning kirib kelishi, avvalo, kiborlar toifasi uchun katta xursandchiliklarga sabab boʼldi. Buxoro amiri Sayyid Bahodir Аbdulahadxon 1885-1910-yillar mobaynida Peterburg, Moskva va Qrim shaharlariga oʼz oilasi, amaldorlari bilan koʼp bor sayr-sayohat qildi. Аmir Yalta, Kislovodsk, Pyatigorsk, Jeleznovodsk kabi kurort shaharlardagi eng bahavo, maʼdanli suvlarga boy boʼlgan yerlardan joy olib, qarorgohlarini tiklay boshladi. Shu jumladan 1894-yilda Аmir Аbdulahadxon oʼz hududida ham, chetdan keladigan mehmonlarni munosib tarzda kutib olish maqsadida qarorgoh qurdirishga 5 22 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ahd qiladi. Oʼz qarorgohini qurdirish gʼoyasi amir Аbdulahadxonga 1892-yil yaqin kishilari bilan Rusiya shaharlari boʼylab navbatdagi sayohatga chiqqan kezlarida tinchlik bermaydi. Kavkaz, Peterburg, Moskva, Kiyev, Yalta, Bogʼchasaroy, Tbilis shaharlarida boʼlib, u yerdagi rus aslzodalari hashamatli hayoti bilan tanishgan amir barcha qulayliklarga ega boʼlgan milliy va yevropacha uslubidagi muxtasham bino barpo etishlariga farmon beradi. Dastlab saroy Buxoro shahrining ichkarisida qurilishi koʼzda tutiladi, ammo Buxoroning koʼzga koʼringan diniy ulamolari bunga qatʼiy qarshilik koʼrsatishadi. Sababi, diniy ulamolar gʼayridinlarning Buxoroga kirishlariga moneʼlik qilishadi. Shundan soʼng saroy Buxorodan 12 km sharqiy qismdagi “Yangi Buxoro”, keyinchalik Kogon deb atala boshlangan shaharchada qurilishi toʼgʼrisidagi yagona toʼxtamga kelishadi. Saroy qurilishini Аmir Аbdulahadxon oʼz davrining mohir meʼmori Leontiy Nikolaevich Benuaga ishonib topshiradi. Oradan qariyb 2 yil vaqt oʼtgach Benua saroy loyihasini ishlab chiqib amir Аbdulahadxonga koʼrsatadi. Loyihada mehmonlarni kutib olish uchun kerak boʼladigan barcha qulayliklar koʼzda tutilgan edi: mexmonxonalar, tamaddixona, dam olish xonalari, yotoqxonalar, vannaxona, hashamatli kutish zallari, 2-qavatda hordiq chiqarish uchun maxsus ayvonlar Benuaning loyihasida har tomonlama puxta oʼylangan edi. Turgan gapki, loyiha amirga maʼqul boʼladi va saroy qurilishi boshlab yuboriladi. Sitorai Mohi Xossa Buxoro amiri saroyi. Saroy qurilishi 1895-yilda boshlanadi va u Mavritaniya uslubida barokko1, ampir va arab usullari uygʼunlashgan holda buxorolik va russiyalik mohir ustalar ishtirokida barpo qilinadi. Saroy bezaklarida asosan ganch ishlatilgan boʼlib, har bir xona oʼziga xos tarzda, yuqori mahorat bilan bezatilgan. Bino ichki va tashqi qismi bir xil, juda xam murakkab joylashuv va tuzilishga ega boʼlib, qurilish ishlarida mohir muhandis Dubrovin boshchilik qilgan. Behisob ustunlaru, katta gumbazlar va minoralar saroyni yanada ulugʼvor hamda mahobatli qilib koʼrsatadi. Saroy xonalarini ganchdan ishlangan Golland uslubida qurilgan pechlar yordamida isitishgan. Pechlar yagona sxemada ishlagan, yaʼni xona devorlari oraligʼi “Barokko” italyanchadan “gʼalati”, “ortiqchalikka moyil” (nuqsonli marvarid) degan maʼnolarni anglatib, markazi Italiya boʼlgan XVII-XVIII asr Yevropa madaniyati xususiyati hisoblanadi. Barokko uslubi XVI asr oxiri XVII asr boshlarida soʼnggi yangilanish davrida Italiyaning Rim, Mantuya Venetsiya, Florentsiya shaharlarida paydo boʼlgan. Barokko davri “gʼarb sivilizatsiyasining” yuqori choʼqqisi sanalgan. Аmpir — imperiya usuli — arxitektura va amaliy sanʼatdagi soʼnggi yuqori klassitsizm usuli. Ushbu usul Fransiyada imperator Napoleon I hukmronligi davrida paydo boʼlib, XIX asr dastlabki uch oʼn yilligi davrida rivojlanib, eklet

Доказательный фрагмент

«In this article, the palaces of Bukhara emirs, their location.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the palaces of Bukhara emirs, their location. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Amir, Kogon Palace, Moorish Baroque1, Empire and Arabic methods, Benoit
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники