К содержанию
РецензированоEN2024

TALABA - YOSHLARNI TURLI INFORMATSIYA XURUJLARIDAN ASRASH MASALALARI

Rajabov Otamurod Rayimberdi o‘g‘li · INFORMATION ATTACKS

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article discusses the content, important aspects, and solutions to pedagogical and psychological problems of protecting young students from various information attacks. Today, the protection of young students from information attacks can be organized at a high level through strong cooperation between parents and pedagogues. Key words: student, information, culture, western culture, psychological immunity, psychological protection, teacher, education, upbringing, knowledge. СТУДЕНТ - ВОПРОСЫ ЗАЩИТЫ МОЛОДЕЖИ ОТ РАЗЛИЧНЫХ ИНФОРМАЦИОННЫХ АТАКИ Аннотация. В данной статье рассматриваются содержание, важные аспекты и пути решения педагогических и психологических проблем защиты студенческой молодежи от различных информационных атак. Сегодня защита школьников от информационных атак может быть организована на высоком уровне благодаря тесному сотрудничеству родителей и педагогов. Ключевые слова: студент, информatsiя, культура, западная культура, психологический иммунитет, психологическая защита, учитель, образование, воспитание, знания. O’zbekiston zamini qadimda ikki buyuk uyg’onish davriga beshik bo’lgan. Bular birinchisi ma’rifiy IX-XII bu asrlar ba’zi manbalarda ‘’O’rta asrlar Renessansi’’ deb ataladi. Ikkinchi Renessans deb temuriylar davri ya’ni – XIV – XV asrlarni aytishimiz mumkindir. Hozirgi vaqtda ya’ni XXI asrda mamlakatimizda yana bir Renessans ya’ni uyg’onish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun ham biz bugun YANGI O’ZBEKISTON, UCHINCHI RENESSANS so’zlarini ko’p martalab eshitamiz. Bugungi kunda O’zbekiston demokratik o’zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Bugungi kunga kelib ular yoshlar va bolalarning barcha bo’sh vaqtlarini hatto boshqa ishlarga sarflaydigan vaqtlarining ham bir qismini o’zlashtirmoqdalar. Masalan, o’smirlar va yoshlar internetdan, mobil aloqa vositalaridan ovqatlanayotganlarida ham foydalanishadi. Internetga qaramlik ijtimoiy tarmoqlarga o’rganib qolish yoshlar o’rtasida keskin tarqalgan. Jahonning butun olimlari o’z faoliyatlari davomida kamida bir marta bo’lsa ham yoshlarning 1 00 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ qanchalik tez internetga o’rganib qolish sabablarini o’rganishga harakat qilganlar lekin bu izlanishlarga oid darsliklar ma’lumotlar juda kam. Nafaqat, O’zbekston balki butun dunyoda millonlab odamlar internetda bo’sh vaqtlarini o’tkazishadi. Bu paytda ular turli xil sohaga oid ish qidirish, yangi odamlar bilan tanishish, yangi do’stlar orttirish, hamkasblar, uzoq-yaqin insonlar muloqot qilish, o’ziga kerakli ma’lumotlarni izlash, o’z bilimlarini mustahkamlash kabi mashg’ulotlar bilan shug’ullanadilar. Hozir gazeta o’qiydigan yoki televideniyalardan yangiliklarni tomosha qiladigan insonlarni kam uchratamiz. Ko’pchilik odamlar o’zlariga kerakli ma’lumotlarni intenetdan topish mumkunligiga ishonib qolganlar. Shuning uchun ham internet rivojlanmagan davlatlardagi kabi odamlar kutubxonalarda o’tirishmaydi. Yoki juda muhim va soni kam bo’lgan kitoblarga navbatda turishmaydi. Bizning bobolarimiz hatto boshqa shaharlarga kitoblardan foydalanish ya’ni kutubxona uchun borganlar. Endi esa bugungi kunda kutubxonaga borib bitta ma’lumot uchun bir nechta hatto o’nlab adabiyotlarni saralab o’tirish shart emas. Biz bugun biror ma’lumot kerak bo’lib qolsa vaqtimizni sarflab kitob qidirmasdan internetga ya’ni kompyuter texnologiyalariga murojaat qilamiz. Ularga qaysi ma’lumot kerakligini yozib qidiruv tugmasini bosamiz va bir daqiqa Ichida minglab ma’lumotlar kelib chiqadi. Ko’pgina yoshlar virtual muloqotsiz suhbatga kirisha olmaydilar. Ular haqiqiy hayotda muloqotni butunlay unutib qo’yadilar. Ko’pincha odamlar to’xtamasdan internetdan, mobil aloqa vositasidan jamoat transportlarida, ko’chada va hatto do’stlari bilan uchrashganlarida ham ulardan foydalanishadi. Ma’lum vaqt o’tishi bilan insonlarda refleks paydo bo’ladi. Bu refleks ularga ijtimoiy tarmoqlarda hech kim yozmagan bo’lsa ham o’z elektron pochtalarini tekshirishga undaydi. Endi ko’pchilik odamlar esda qolarli vaqtlarni, muhim lahzalarni saqlab qolish uchun turli xil rasm albomlariga tushirish uchun rasm olmaydilar. Balki hammasini endilikda ijtimoiy tarmoqlarga qo’yish va layklar yig’ish uchun rasmga oladilar. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda kecha-yu Kunduz o’tiradigan foydalanuvchilar bor. Ertalab ishda yoki maktabda ular birinchi navbatda ular o’z elektron pochtalarini tekshiradilar. Ba’zida esa hatto asosiy biznesdan ko’ra ko’proq vaqt ajratadilar. Uyga yoki ishga ketayotganlarida, navbatda ular ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun ular telefonlardan yoki planshetlardan foydalanadilar. Tadqiqotchilar va olimlarning mediata’lim sohasidagi yutuqlarini tahlil eta turib, shuni qayd etishimiz joizki, o’tgan asrda ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlariga mos ravishda tadqiqotlar mavzulari ko’lami kino ta’limi, kino va maktab, bolalar va matbuotning o’zaro ta’siri va shunga o’xshash jarayonlarni

Доказательный фрагмент

«This article discusses the content, important aspects, and solutions to pedagogical and psychological problems of protecting young students from various information attacks.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the content, important aspects, and solutions to pedagogical and psychological problems of protecting young students from various information attacks. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
student, information, culture, western culture, psychological immunity
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники