Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OILA MODELLARINING XUSUSIYATLARI
OILA MODELLARINING XUSUSIYATLARI · Ravshanova Sitoraxon Xaitali qizi
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
Traditional, modern and innovative models of the family are analyzed in this article. Also, characteristics such as the problem of leadership in the family, understanding of family members' obligations, respect for each other and good relations with each other were studied, and which of the 3 types of families is more practical was considered. Key words: Family, family models, traditional family, modern family, innovative family, Abdulla Avloni, "Turkish Gulistan or ethics". ХАРАКТЕРИСТИКИ СЕМЕЙНЫХ МОДЕЛЕЙ Аннотация. В статье анализируются традиционные, современные и инновационные модели семьи. Также были изучены такие характеристики, как проблема лидерства в семье, понимание обязанностей членов семьи, уважение друг к другу и хорошие отношения друг с другом, а также рассмотрен какой из 3-х типов семьи более практичный. Ключевые слова: Семья, модели семьи, традиционная семья, современная семья, инновационная семья, Абдулла Авлони, «Турецкий Гулистан или этика». Oila — nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga bogʻlangan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsa-da, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular taʼsirida oʻzgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat oʻzgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni oʻrnatadi.[1] Dunyo amaliyotiga nazar tashlansa, oila modeli uchta asosiy turga ajratiladi: an’anaviy, zamonaviy va innovatsion oila. Ushbu modellar parallel tarzda harakatda bo‘lishi mumkin, biroq yaqqol ifodalangan tarixiy ketma-ketlikka ega. An’anaviy oila modelida erkaklar va ayollarning roli anniq taqsimlangan va biriktirilgan bo‘ladi. Erkak- moliyaviy resurslar to‘plangan oila boshlig‘i va asosiy qarorlarni u qabul qiladi. Shu munosabat bilan oila ichidagi rollarning biriktirilishi paydo bo‘ladi. Ayol erkakka bo‘ysunadi, u uy yumushlari va farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Bolalar o‘z navbatida, ota-onalariga 9 99 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ bo‘ysunadilar, har qanday oila a’zosining nufuzi uning jinsiga va yoshiga bog‘liq. Oilaviy qadriyatlar “ota-onalar- bolalar” munosabati uchun asos hisoblanadi. “Zamonaviy oila modeli”da esa, ayolning siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy maqomi oshishi oila ichidagi rollar va oila hayoti me’yorlarining o‘zgarishiga olib keladi. Ota-ona professional karyerasini va oilaviy majburiyatlarini mutanosib ravishda (tengma-teng) olib boradi. Farzandlarga tadbirkorlik ko‘nikmalari va mustaqil bo‘lish fikri singdirib boriladi. Innovatsion oila modeli esa, jamiyatni rivojlantirish istiqbollari, jahon iqtisodiyoti talablariga hamohangdir. Bu, bir tomondan asosiy madaniy qadriyatlar va munosabatlarning avlodlararo aylanishini, boshqa tomondan esa oila muammolarining alohida emas, balki global tarzda namoyon bo‘lishiga e’tibor qaratiladigan, shuningdek, har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish, innovatsion g‘oyalarni yaratish va amalga oshirishga qodir bo‘lgan yoshlar sonini oshirish mas’uliyatini nazarda tutadi.[2] Yosh avlodni ota-bobolar va onalar o‘gitlari, turmush tarzi asosida oilaviy hayotga tayyorlash oliy ta’lim tizimi oldida turgan muhim va mas’uliyatli vazifalardan biri bo‘lmog‘i lozim. Har bir ota-ona o‘z farzandini dunyodagi eng tolei baland, ma’rifatli va saodatli bo‘lishini istaydi va bunga erishish yo‘lida harakat qiladi. Bolaparvarlik xalqimizning qalbiga singib ketgan fazilatdir. Farzand Alloh tomonidan ato etilgan ulug‘ ne’mat bo‘lishi bilan birga, u ota-onaga topshirilgan mas’uliyat hamda omonat hamdir. Bu borada ota-onalarning oilada farzand tarbiyasi va ma’naviy-axloqiy, ruhiy va jismoniy kamoloti uchun zarur bo‘lgan ijobiy ota-onalik ko‘nikmalarini o‘zlashtirib borishi katta ahamiyatga ega. Farzandlar oila mustahkamligini ta’minlovchi muhim omillardan biridir. Oilada ulg‘ayadigan bolaning qanday inson bo‘lib shakllanishi, eng avvalo ota-onaga bog‘liq. Tarbiya shaxsning ma’naviy va aqliy qiyofasini, qolaversa butun taqdirini belgilovchi omil. Oiladagi ma’naviy muhit, shaxslararo munosabatlar, bolaning tarbiyasida juda katta rol o‘ynaydi. Ulug‘ mutafakkir Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq” kitobida “Alloh taollo insonlarni asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi bilan yomonni, foyda bilan zararni, oq bilan qorani ajratadigan qilib yaratgan. Lekin insondagi bu qobiliyatni kamolga yetkazish tarbiya bilan bo‘lur. Qush uyasida ko‘rganini qilar”, deydi.[3] Farzandlarning xulqiga e’tibor berish juda zarur. Ota-onalar o‘z farzandlariga ijobiy fazilatlarini oldindan ko‘ra olishlari kerak. “Odamga bolalikdan singdirilgan odatlar yosh daraxt tanasiga o‘yib yozilgan harflarga o‘xshaydiki, ula
Доказательный фрагмент
«Traditional, modern and innovative models of the family are analyzed in this article.»
Образец извлечения
Демо-превьюTraditional, modern and innovative models of the family are analyzed in this article. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Family, family models, traditional family, modern family, innovative family
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025