ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026
Globallashuv sharoitida ommaviy madaniyat transformatsiyasi jarayonlarining davlat xavfsizligiga ta’siri
GLOBALLASHUV SHAROITIDA OMMAVIY MADANIYAT · TRANSFORMATSIYASI JARAYONLARINING DAVLAT XAVFSIZLIGIGA · O‘lmasxo‘jayev Zoirxoja · IMTI ilmiy xodimi
Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право · 2026
Аннотация
Globallashuv barcha sohalarda bo‘lgani kabi ommaviy madaniyat hodisasida transformatsiya jarayonlari kechayotganligini, geosiyosiy maqsadlar shiddat bilan keskin o‘zgarishi natijasida yangi tahdid va xatarlar paydo bo‘layotganligi, ularni ayniqsa yoshlar ongiga halokatli tasiri, an’anaviy qadriyatlarni badnom qilishga hamda axloqqa zid g‘oyalarni keng yoyishga urinishlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan. Kalit so‘zlar: Ommaviy madaniyat hodisasi, turli tahdidlar, xatarlar, transformatsiya jarayonlari, profilaktik choralar, tizimli yondashuv, geosiyosat, terrorizm, ekstremizm, radikalizm, milliy qadriyatlar, ezgulik, mehr-shafqat, insoniylik. O‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga jadallik bilan integratsiyasi jarayonlariga 30 yildan oshdi.O‘tgan yillarda hamkorlik xalqaro aloqalari kuchayib, barcha sohada, shu jumladan, madaniyat va ma’naviyat sohasida ham harakat erkinligi yuzaga keldi. Ayniqsa, keyingi yillarda mamlakat ochiqlik va shaffoflik siyosatining e’lon qilinishi, OAV, jumladan internet tarmoqlarda ijtimoiy hayotning muayyan sohalarida jahondagi turli sohalardagi yangiliklar bilan birga o‘ziga xos muammolar paydo bo‘lishiga olib kelayotgan tahdid va tajovuzlar bo‘lmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, “avvalambor, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishida kirib kelayotgan turli tahdidlar, giyohvandlik, diniy ekstremizm, missionerlik kabi balo-qazolardan yoshlarimizni asrash, ularning ta’lim-tarbiyasiga har birimiz mas’ul ekanimizni hech qachon unutmasligimiz kerak”. [1] deb ta’kidladi. Shu munosabat bilan hozirgi kunda ma’naviy va moddiy mazmundagi 111 hodisalarning qandaydir majmui emas, balki XIX-XX asrlar bo‘sag‘asida industrial jamiyatda vujudga kelgan hamda “ommaviy madaniyat” deb atalgan hodisa transformatsiyasi keltirib chiqarayotgan muammolar oldingi marraga chiqmoqda. O‘ziga xos bo‘lgan bu hodisaning genezisi hamda hozirgi jamiyatdagi rolini ilmiy tadqiq etish, bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda jamiyat hayotining ko‘p tomonlari tijoratlashuvi, ayniqsa, badiiy va kundalik madaniyatda tuturuqsiz, bema’ni, axloqqa zid jihatlar bag‘oyat kuchayib borishini rag‘batlantirdi. Ko‘pincha an’anaviy madaniyatlarga xos axloqiy me’yorlarga bepisandlik bilan munosabatda bo‘ladigan hamda qadrini tushiradigan ommaviy madaniyat mahsuloti tarqalishi uchun sharoit aynan oldi-sotdi jarayonida yaratilgandi. Bu haqda 2012- yilda nashrdan chiqqan “Ommaviy Madaniyat” [2] deb nomlangan kitobimizda fikr yuritgandik. XXI asrning 20-yillariga kelib internet texnologiyalar yutuqlaridan samarali foydalanayotgan g‘arazli kuchlar o‘zlarining yaratgan yangi platformalari orqali buzg‘unchi g‘oyalarini shiddat bilan yo‘llayotganliklari tufayli jahonda yuzaga kelayotgan salbiy tendensiyalar va xatarlar ushbu hodisani ilmiy tadqiq etishni tobora dolzarb qilib qo‘ymoqda. Globallashuvning jahon bo‘yicha yoshlar psixologik xususiyatlarini hisobga olib yuborayotgan yangi to‘lqini O‘zbekiston yoshlar sub madaniyatining rivojlanishi va transformatsiyasining quyidagi jarayonlarini o‘zida aks ettirmoqda: Ommaviy ongga saviyasi nisbatan tuban bo‘lgan madaniyat mahsulotlari hamda taqlid uchun yangi namunalar havola etilayotganligi. Masalan: - Strimerlar - to‘g‘ri efirlar tashkillashtirib o‘z obunachilarining har qanday istaklarini pul evaziga ijro etish; - Geymerlar: Youtube videoxosting orqali kompyuter o‘yinlariga jalb qiluvchilar; - Anoreksiya kasalligini o‘smir qizlar o‘rtasida targ‘ib etib ular safini kengaytirish; 112 - Gopniklar: ular so‘kinish, haqorat so‘zlar, janjal,to‘palon chiqarish, magazinlarga bosqinchilik qilish, shoqollar singariko‘pchilik bo‘lib, o‘z o‘ljalariga tashlanish kabi huquqbuzarlik holatlari sodir etadilar; - Reperlar: o‘z xohishlarini she’riy ritm orqali tezijro etib, munosabatlarini izhor etadilar, giyohvand moddalar istemol qilish orqali tarki dunyo kayfiyatida bo‘ladilar, o‘z hayotlarini badnom qilib, 30 yoshga yetmay dunyoni tark etadilar. Animachilar: maktabgacha tarbiya yoshidagi bolajonlarga animatsiya multplikatsiyali seriallar ishlab chiqib ular ongida o‘zgarishlar qilishga harakat qilib, borgan sayin ahloqqa zid holatlarni kuchaytira boradilar, masalan, mashhur animelardan biri Hunter xHunter, keyinchalik Geney Ryodan jinoiy guruhidan bo‘lib, ular yollangan qotillardan iborat, ko‘p mamlakatlarda vujudga bu guruhlar o‘rgimchak suratli, 4 raqamli kiyim, katakli shimlar kiyishni urf qilganlar. Dastlab bu guruh a’zolari jamiyatga xavf tug‘dirmagandi, biroq keyinchalik ular jamoat joylarida begunoh odamlarga tashlanib bezorilik holatlarini sodir eta boshlaganlar. Ushbu jinoiy guruhlar negizida xususiy harbiy kompaniyalar tuzildi. (Toshkent shahrida 2023-yil 5-mart kuni Xalqaro forumlar saroyi yaqinida 50 ga yaqin o‘smirlar bezorilik uyushtirib qurolli hujum uyushtirishlari chaqiriqlar bilan chiqdilar, huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari ularning barchasi bilan profilaktik suhba
Доказательный фрагмент
«Globallashuv barcha sohalarda bo‘lgani kabi ommaviy madaniyat hodisasida transformatsiya jarayonlari kechayotganligini, geosiyosiy maqsadlar shiddat bilan keskin o‘zgarishi natijasida yangi tahdid va xatarlar paydo bo…»
Образец извлечения
Демо-превьюGloballashuv barcha sohalarda bo‘lgani kabi ommaviy madaniyat hodisasida transformatsiya jarayonlari kechayotganligini, geosiyosiy maqsadlar shiddat bilan keskin o‘zgarishi natijasida yangi tahdid va xatarlar paydo bo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- preventive measures, милосердие, risks, геополитика, mercy, milliy qadriyatlar, экстремизм, profilaktik choralar, extremism, geosiyosat, человечность., systematic management, национальные ценности, insoniylik, ekstremizm, Ommaviy madaniyat hodisasi, различные угрозы, процессы трансформации, geopolitics, xatarlar, терроризм, transformation processes, радикализм, Public culture event, national values, terrorizm, профилактические меры, Общественные явления, ezgulik, гуманность, terrorism, radicalism, radikalizm, compassion, tizimli yondashuv, систематизированное управление, turli tahdidlar, transformatsiya jarayonlari, various threats, humaneness, mehr-shafqat
Смежные источники
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙРозимова Кундуз Юлдашевна2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025