ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026
TURKIYANING MARKAZIY OSIYODAGI TASHQI SIYOSATIDA “YUMSHOQ KUCH” OMILI
TURKIYANING MARKAZIY OSIYODAGI TASHQI SIYOSATIDA · “YUMSHOQ KUCH” OMILI · Sayfullayev Nursulton · Turkiya Respublikasini Markaziy Osiyodagi davlatlarning (“Yumshoq kuch”, ta’lim, til, madaniyat, Yunus Emre instituti, TURKSOY.)
Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право · 1992
Аннотация
Mazkur tezisda Turkiya Respublikasining Markaziy Osiyo bo‘yicha tashqi siyosatidagi “Yumshoq kuch” imkoniyatlari tadqiq etilib, dastlab Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlari aloqalarining tarixiy ildizi va o‘ziga xosligi haqida so‘z yuritilgan. So‘ngra “Yumshoq kuch" atamasining mazmuni, vositalari va uning davlat tashqi siyosatini amalga oshirishdagi ahamiyati qisqacha yoritilgan. Ishning asosiy qismida esa ta’lim, til va madaniyat Turkiyaning Markaziy Osiyodagi “Yumshoq kuch” siyosatining vositalari sifatida mintaqadagi alohida davlatlar misolida va umumiy tarzda o‘rganilgan. Jumladan, Turkiyaning Yunus Emre instituti, xalqaro ta’lim dasturlari va TURKSOY doirasida mintaqa mamlakatlari bilan o‘zaro madaniy hamkorligi tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Turkiya, Markaziy Osiyo, tashqi siyosat, Jozef Nay, “Yumshoq kuch”, ta’lim, til, madaniyat, Yunus Emre instituti, TURKSOY. Turkiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalari genezisi Sobiq Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin Markaziy Osiyoda 5 ta davlat mustaqillikka erishdi. Mintaqadagi barcha davlatlarning mustaqilligini diniy va etnik jihatdan yaqin bo‘lgan Turkiya Respublikasi birinchi bo‘lib rasmiy tan oldi. 1992-1993 yillarda Turkiya bilan mazkur mamlakatlar o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilib, poytaxt shaharlarda elchixonalar va boshqa vakolatxonalar ochildi. Turkiya Respublikasini Markaziy Osiyodagi davlatlarning mustaqilligini birinchi bo‘lib rasmiy tan olishi va yaqin munosabatlarni o‘rnatishi bejiz emas. Zero, mamlakatlarni o‘xshash til va madaniyat, uyqash an’analar, yagona din, azaliy do‘stlik kabi tarixiy asoslar birlashtirib turadi. Ushbu xalqlar tamadduni o‘zaro uzviy bog‘langan ko‘plab umumiy jihatlarga 103 ega. Bugungi turklarni ajdodlari zamonaviy Turkiya hududiga Movarounnahrdan kirib kelgan. Shu bois, Turkiyada Markaziy Osiyo mintaqasiga ajdodlar zamini sifatida qaraladi. Turkiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari turli madaniyat va tamaddunlarning bir-biri bilan tarixiy muloqoti bo‘lgan hamda savdo yo‘llari kesishgan markazlari hisoblanadi. Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishgandan keyingi davrda yuqorida sanab o‘tilgan muhim jihatlar va zamonaviy xalqaro munosabatlar tamoyillari asosida Turkiya Respublikasi bilan ham ikki tomonlama, ham xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar doirasida ko‘p tomonlama aloqalarni mustahkamladi. Turkiya va mintaqa davlatlari o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa yo‘nalishlarda keng qamrovli hamkorlik munosabatlari o‘rnatildi. Jumladan, O‘zbekiston va Turkiya munosabatlari 2017 yilda yangi bosqichga ko‘tarilib, ikki mamlakat rahbarlari tomonidan “Strategik sheriklik” to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonot hamda boshqa muhim bitim va kelishuvlar tasdiqlandi. “Yumshoq kuch” tushunchasi haqida Xalqaro munosabatlar nazariyasida “Yumshoq kuch” atamasini amerikalik davlat arbobi va siyosatshunos Jozef Nay dastlab 1990 yilda o‘zining “Yetakchilik qilish burchi: Amerika qudratining o‘zgaruvchan tabiati” deb nomlangan asarida foydalangan. Keyinchalik 2004 yilda muallif “Yumshoq kuch: jahon siyosatida muvaffaqiyatga erishish vositalari” nomli kitobida va boshqa ilmiy maqolalarida davlatlarning tashqi siyosatida “Yumshoq kuch” omilini konsepsiya sifatida batafsil izohlagan. Jozef Nay ta’rifiga ko‘ra, “Yumshoq kuch” tushunchasi mohiyati davlatlarning o‘zaro hamkorlik va ijobiy qiyofasini shakllantirish orqali boshqa davlatlarga ta’sir etish hamda ko‘zlangan natijalarga erishish qobiliyatini mo‘ljallaydigan tashqi siyosiy usullar va vositalar majmui hisoblanadi. Agar “Qattiq kuch” bir davlatning ikkinchi davlatga nisbatan harbiy va iqtisodiy qudrati bilan kuch ishlatishi bo‘lsa, “Yumshoq kuch” esa uning madaniy va 104 siyosiy maqsadlarining jozibadorligidan yuzaga keladi. [1] Xususan, “Yumshoq kuch” ning asosiy vositalari sifatida davlat tilining nufuzini oshirish, tarixiy madaniyatini targ‘ib qilish, oliy ta’lim muassasalariga xorijiy talabalar va tadqiqotchilarni jalb qilish hamda turli grant dasturlarini taqdim etish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, milliy mahsulotlarning xalqaro darajadagi brendini yuksaltirish, hamkor mamlakatlar iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritish va boshqa jihatlarni qayd etish mumkin. Zamonaviy xalqaro munosabatlarda asosan, jahondagi yetakchi davlatlar tashqi siyosat konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda “Yumshoq kuch” salohiyatidan foydalanadi. Chunki “Yumshoq kuch” vositalaridan foydalanish davlatlardan juda katta siyosiy, iqtisodiy imkoniyatlar va moliyaviy, madaniy resurslarga ega bo‘lishni talab etadi. Ta’lim, til va madaniyat Turkiyaning Markaziy Osiyodagi tashqi siyosatining “Yumshoq kuch” vositalari sifatida Turkiya Respublikasining Markaziy Osiyo bo‘yicha tashqi siyosatida “Yumshoq kuch” salohiyati mavjud bo‘lib, bu omil ta’lim, til va madaniyat kabi vositalar misolida ham namoyon bo‘ladi. Uning mintaqadagi mamlakatlar bilan mazkur sohalardagi munosabatlarini ikki tomonlama va umumiy tarzda o‘rganish mumkin. Turkiyaning tashqi siyosatidagi “Yu
Доказательный фрагмент
«Mazkur tezisda Turkiya Respublikasining Markaziy Osiyo bo‘yicha tashqi siyosatidagi “Yumshoq kuch” imkoniyatlari tadqiq etilib, dastlab Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlari aloqalarining tarixiy ildizi va o‘ziga xosli…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tezisda Turkiya Respublikasining Markaziy Osiyo bo‘yicha tashqi siyosatidagi “Yumshoq kuch” imkoniyatlari tadqiq etilib, dastlab Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlari aloqalarining tarixiy ildizi va o‘ziga xosli… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Yumshoq kuch”, Joseph Nye, Центральная Азия, Институт Юнуса Эмре, education, foreign policy, Yunus Emre Institute, madaniyat, ТЮРКСОЙ, Markaziy Osiyo, Turkiya, Central Asia, образование, tashqi siyosat, Jozef Nay, til, культура, Turkey, Турция, язык, внешняя политика, culture, Йозеф Най, Yunus Emre instituti, ta’lim, language, TURKSOY
Смежные источники
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙРозимова Кундуз Юлдашевна2026
International Journal Of Law And CriminologyPAGE NO. -, Djalilov Javoxir Abdumajitovich2025
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021