Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HADYA SHARTNOMASI TUSHUNCHASI, HUQUQIY BELGILARI VA PREDMETI VA UNING HADYADAN FARQLI JIHATLARI
Xudoynazarova Ozoda Mizrob qizi · O‘razaliyeva Rushana Abduvahobovna
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article analyzes the concept, essence, legal signs, subject of the gift contract according to the legislation of the Republic of Uzbekistan and its different aspects from the gift. Also, foreign experiences related to this type of contract were studied. Keywords. Will, certificate of inheritance, real estate, donor and recipient, cadastral documents, public security, heir, donation, free transfer of property, official gift.punishment, compulsory community service, correctional work. ПОНЯТИЕ, ПРАВОВЫЕ ПРИЗНАКИ И ПРЕДМЕТ ДОГОВОРА ДАРЕНИЯ И ЕГО ОТЛИЧНЫЕ АСПЕКТЫ ОТ ДАРЕНИЯ Аннотация. В данной статье анализируются понятие, сущность, юридические признаки, предмет договора дарения по законодательству Республики Узбекистан и его различные аспекты от дарения. Также был изучен зарубежный опыт, связанный с данным видом контракта. Ключевые слова. Завещание, свидетельство о наследстве, недвижимость, даритель и получатель, кадастровые документы, общественная безопасность, наследник, дарение, безвозмездная передача имущества, официальный подарок. Sovg‘aning katta kichigi bo‘lmaydi, degan gap bor. Ammo rasman, qonun nuqtayi nazaridan qaraganda, shunday sovg‘alar ham mavjudki, ularni shunchaki samimiyat bilan tutqizib, tashakkur bilan qabul qilish orqaligina ish bitmaydi. Bunday sovg‘alarni taqdim etishda notarial idoralar ishtirok etib, maxsus shartnoma tuzish kerak bo‘ladi. Bu hadya shartnomasidir. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 502-moddasida belgilanishicha, hadya shartnomasi deb, ashyoni tekinga mulk qilib berish, mulk huquqini berish yoki bu majburiyatlarni 9 77 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ olishga aytiladi. Hadya shartnomasida shaxs va beriladigan narsa aniq ko'rsatilishi kerak. Hadya qiluvchining vafotidan keyin topshirishni nazarda tutuvchi shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi. Chunki bu hadya emas, vasiyatnoma me’yoriga to‘g‘ri keladi. Hadya shartnomasida ko‘zda tutilgan mulk taraflar tomonidan shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi. Vasiyatnoma bergan shaxs to vafot etgunicha o‘z mulkining haqiqiy egasi hisoblanadi va uni istagan vaqtda bekor qilishi, o‘zgartirishi yoki to‘ldirishi mumkin. Hadya shartnomasi esa, sovg‘ani qaytib olmaganlaridek, imzolangan zahotiyoq ikkinchi taraf mulkiga o‘tib ketadi va qaror o‘zgartirilmaydi. Hadya qilishni niyat qilgan inson hali shartnoma tuzilmasdan olamdan o‘tib qolsa, bo‘lajak hadya egasi mulkni talab qilib olish huquqiga ega emas. Bu shunchaki va’da hisoblanadi. Agar notarial idorada ish boshlangan, shartnoma tuzish harakatlari amalga oshirilgan bo‘lsa, ishni marhumning yaqinlari meros guvohnomasini rasmiylashtirish orqali davom ettirishlari mumkin. Hadya shartnomasi quyidagi huquqiy belgilarga ega: Real Bir tomonlama Tekinga tuziladigan Shartnoma asosida ko‘chmas mulk, xususan, uy hadya qilingan holatlari amaliyotda ko‘p kuzatilgani uchun, ba‘zi insonlar boshqa narsalar bilan hadya shartnomasini tuzish mumkin emas, deb hisoblaydilar. Aslida rasmiy hadya avtomashina, qimmatbaho qog‘oz, qimmatbaho buyum, ko‘p miqdordagi pul ham bo‘lishi mumkin. Qonunda ko‘chmas mulk va avtomototransportlarni hadya qilinganda notarial tartibda tasdiqlanishi majburiy shart sifatida belgilangan. Mazkur toifadagi shartnomalardan tashqari har qanday shartnoma turlarida taraflar o‘zlarining xohish irodalariga qarab o‘zaro kelishishlari yoki notarial tartibda tasdiqlatishlari mumkin. Hadya shartnomasi uchun quyidagi zaruriy omillar mavjud: • shartnomani tasdiqlashda har ikkala tomon: hadya qiluvchi va oluvchi qatnashishi; • har ikkala tomonning xohish-irodasi; • tomonlarning amaldagi, muddati o‘tmagan pasport ma’lumotlari, doimiy yo vaqtincha ro‘yxatga olingan yashash joylari; • hadya qilinayotgan ko‘chmas mulk (uy)ning kadastr hujjatlari, uy rejasi, maydoni, qavati, nechta xonadan iborat ekanligi, xonadon manzili, joylashgan joyi, uy daftari, uy turi (hovli yoki ko‘p qavatli uy) haqidagi to‘liq ma’lumot; • egalik huquqini belgilovchi hujjatlar (turli hil shartnomalar, guvohnomalar, hokim yo sud qarorlari, davlat dalolatnomasi, uy-joy kooperativlari ma’lumotnomalari va boshqalar); • hadya qilinuvchi imoratning loyihaviy rejasi, ko‘chmas mulk joylashgan tumandagi kadastr bo‘limining belgilangan tartibdagi ma’lumotnomasi, turar joyidan, suv, gaz, elektr energiya, telefon va boshqa to‘lovlardan qarzi yo‘qligi to‘g‘risida kommunal bo‘limdan ma’lumot; 9 78 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ • hadya beruvchi turmush o‘rtog‘ining roziligini bildiruvchi yozma ariza. Hadya shartnomasi shartnomada ko‘rsatilgan predmetga nisbatan mulk huquqini bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tishini nazarda tutuvchi bitimlar toifasiga kiradi. Hadya shartnomasi tekinga tuziladi, agar hadya shartnomasidan ma’lum bir manfaat yoki naf olish ko‘zda tutiladigan bo‘lsa, mazkur shartnoma hadya shartnomasi sifati
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the concept, essence, legal signs, subject of the gift contract according to the legislation of the Republic of Uzbekistan and its different aspects from the gift.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the concept, essence, legal signs, subject of the gift contract according to the legislation of the Republic of Uzbekistan and its different aspects from the gift. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Will, certificate of inheritance, real estate, donor and recipient, cadastral
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026