Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOJXONA TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISH JINOYATINING JINOIY-HUQUQIY TUZILISHI
HUQUQIY TUZILISHI · Asatov Sardor Umirtosh o‘g‘li
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
The amount of damage being inflicted on our country’s economy as a result of violations of customs legislation is increasing day by day. Studying the criminal legal structure of such acts is of significant importance in qualifying them and sentencing of the guilty parties. This article highlights key aspects of the criminal legal structure of offenses related to the violation of customs legislation. Key words. violation of customs legislation, economy, investigations, customs control, criminal description, crime, customs border. УГОЛОВНО-ПРАВОВАЯ СТРУКТУРА ПРЕСТУПЛЕНИЯ НАРУШЕНИЯ ТАМОЖЕННОГО ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА Аннотация. Сумма ущерба, причиненного экономике нашей страны в результате преступлений по нарушению таможенного законодательства, увеличивается с каждым днем. Изучение уголовно-правовой структуры данных видов деяний имеет большое значение для их квалификации и назначения наказания виновным. В данной статье рассмотрены важные аспекты уголовно-правовой структуры преступлений нарушения таможенного законодательства. Ключевые слова. Нарушение таможенного законодательства, экономика, таможенный контроль, следственные действия, преступность, таможенная граница. Ma‘lumki, tovar-moddiy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tish nafaqat davlat byudjetiga undiriladigan bojxona to‘lovlarining undirilmay qolishi bilan, balki ta‘qiqlangan, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarning mamlakatimiz hududiga turli noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelishi hamda respublikamiz uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlarning nazoratsiz chet davlatlarga chiqib ketishi bilan ham xavfli hisoblanadi. Bojxona to‘lovlari - bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovar- 1 01 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ moddiy boyliklar uchun jismoniy va yuridik shaxslardan qonun hujjatlariga asosan undiriladigan to‘lovlar hisoblanib, davlat byudjetini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi tushumlar manbaidir. Shu sababli, ushbu to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri undirilishi davlatning iqtisodiy rivojlanishi barqarorligini ta‘minlaydi. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar turkumiga kiruvchi bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jinoyati o‘zining ijtimoiy xavfliligi bilan ushbu turdagi boshqa jinoyatlardan alohida ajralib turadi. Mazkur turdagi jinoyatlarni jinoiy-huquqiy jihatdan to‘g‘ri tahlil qilish uchun, avvalo, mazkur turdagi jinoyatlarning tajovuz obyekti qaratilgan bojxona sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarning tegishli normalarini aniqlab olish maqsadga muvofiqdir. Amaldagi tartib qoidalarga muvofiq, bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilishi kerak. Bojxona nazorati - O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash uchun bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan, shu jumladan xavfni boshqarish tizimi qo‘llanilgan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidan iboratdir. Bojxona chegarasidan olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini ta’minlash uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o‘tkaziladigan bojxona operatsiyalari majmui bojxona rasmiylashtiruvi hisoblanadi. [ 1]. O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni va transport vositalarini olib o‘tish, bojxona to‘lovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish, shuningdek bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish hollarining oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo‘yish tartibini belgilash bilan bog‘liq munosabatlar Bojxona kodeksi bilan tartibga solinadi. Ushbu kodeksning 2-moddasida bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik Bojxona kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat ekanligi, shuningdek, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining bojxona to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan. Qonunchilikka ko‘ra, tovarlar va transport vositalarini belgilangan tartibni buzgan holda bojxona chegarasidan har qanday tarzda o‘tkazish qonunga xilof hisoblanadi va ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.[ 2] O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182-moddasi “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish” deb nomlanib, ushbu moddaning birinchi qismi dispozitsiyasiga ko‘ra, bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni ko‘p miqdorda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish, shunday harakat uchun ma’mur
Доказательный фрагмент
«The amount of damage being inflicted on our country’s economy as a result of violations of customs legislation is increasing day by day.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe amount of damage being inflicted on our country’s economy as a result of violations of customs legislation is increasing day by day. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- violation of customs legislation, economy, investigations, customs control
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025