Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Millat tili - millat psixologiyasi - millat istiqboli
Г Ниязметова (Университет журналистики и массовых коммуникаций Узбекистана)
Наука и инновации · 2002
Аннотация
Maqola shu kunning eng dolzarb masalalaridan biri – milliy o‘zlik va millat tilini saqlash va rivojlantirish masalasiga bag‘ishlangan. Bunda milliy qadriyatlarni, urf-odatlarni avloddan avlodga o‘tkazish funksiyasini bajaruvchi tilning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan omillar to‘g‘risida gap boradi. Bunda ommaviy axborot vositalar imkoniyatlaridan yetarli foydalanilmayotganligi, televideniye, reklama imkoniyatlarining salbiy ta’sir ko‘rsatishi holatlari, yoshlar tomonidan tilni o‘zlashtirish, millatning rivojlanishini ta’minlash uchun mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida muhim fikrlar keltirilgan. Kalit so‘zlar. Millat psixologiyasi, millat tili, psixologik yaxlitlik, ona tiliga hurmat, nutq, shaxs, psixika, integratsiya. Har bir millatning mavjudligi, rivojlanishi, davom etishi - eng avvalo, millatning barcha qadriyatlari, urf-odat va millat psixologiyasini avloddan avlodga yetkazuvchisi va millatni boqiyligini ta’minlab beruvchisi bo‘lgan millat tilining sof saqlanganligi darajasi bilan chambarchas bog‘liq. Chunki til odamning fikrlash tarzini, shaxsning o‘z mohiyatini ifodalash imkoniyatini belgilab beradigan vosita ekanligi tufayli u shaxs ijitimoiylashuvining asosiy quroli hamdir. Millatimiz tilining hozirgi darajasi, uning istiqboli masalasi shu kunning eng dolzarb masalasi ekanligini inobatga olgan holda so‘zimni Alisher Navoiy (2) hazratlarining bir misrasi bilan boshlamoqchiman: “Tilga e’tibor, Elga e’tibor”. Haqiqatan ham tilimizning kelajagini, til masalasi millatning taqdiri ekanligini ifodalab bergan bu qisqa misralarda biz o‘zligimizni saqlash va psixologik yaxlitligimizni rivojlantirishimiz uchun qilishimiz kerak bo‘lgan eng muhim vazifa ifodalab berilgan. O‘zbekka xos psixologiya, o‘zbekona urf-odatlar, o‘zbek mehmondo‘stligi to‘g‘risida gapiramizu, lekin bu xususiyatlarning barchasini o‘zida jamlaydigan va ifodalab ko‘rsatib beradigan asosiy vosita – til, uning istiqboli, uni saqlash zarurati to‘g‘risida olib borilayotgan sa’y-harakatlarimiz yetarlimi? Yuqorida keltirilgan misra o‘zbek 310 tili bayrami arafasida radio va televideniyeda, gazeta va jurnallarda juda ko‘p marotaba takrorlanadi. Keyin esa tilga e’tibor, ona tilini o‘qitish, so‘zlarning ma’nosi va boshqalar to‘g‘risida gap ham bo‘lmaydi, ko‘rsatuvlar ham tayyorlanmaydi, go‘yoki unitiladi. Televideniye keng xalq ommasiga eng kuchli ta’sir imkoniyatiga ega bo‘lgan OAV dir. Keyingi vaqtlardi ba’zi ko‘rsatuvlar chala o‘zbekcha, chala ruscha olib boriladigan bo‘lgan. Yoki bunga hukumatimiz tomonidan ruxsat berilganmi? Agar qandaydir siyosiy nuqtai nazardan ruxsat berilgan bo‘lsa, unda mayli, ilojimiz qancha. Lekin, xatto ruxsat berildi deganda ham aralash quralash, chala ruscha, chala o‘zbekcha bo‘lishi kerak degani emas-ku. Ruscha ko‘rsatuvlarni toza rus tilida, o‘zbekcha ko‘rsatuvlarni toza o‘zbek tilida olib borilishi kerak. Til bilish shuda yaxshi va kerakli. Lekin boshqa tillarni bilish o‘zimizning ona tilimizni buzilishi hisobiga bo‘lmasligi kerak. O‘z ona tilimizda muqobil so‘zlar bo‘lishiga qaramasdan ajnabiy so‘zlarni kiritishga zo‘r berish go‘yoki zaruriy xolga aylanib bormoqda. Tushunarli, agar o‘zbek tilida O‘zbekiston muhitida umuman mavjud bo‘lmagan narsa va xodisalarni atash uchun xorijiy atamalardan o‘rinli foydalanish mumkin. Lekin bunday foydalanish o‘zbek tilini mazmunan buzilishi hisobiga bo‘lmasligi kerak. Ko‘pchilikda shunday bir xususiyat bor, nutqida o‘zga tildagi so‘zlarni qo‘shib gapirsa ta’sirli chiqadi deb hisoblashadi. Odatiy bo‘lib qolgan so‘zlar: i, voobshe, no, k stati, va x.k. bu so‘zlar axoli orasida shunchalik ommalashib ketdiki, ruscha “I”, ya’ni o‘zbekcha “va” so‘zi to‘g‘ri kelsayam, to‘g‘ri kelmasayam har bitta gapni o‘rtasida ishlatilaveradigan bo‘lib qoldi. Televideniyeda intervyu berayotganlar nutqida ham, o‘zaro dialoglarimizda ham bu “xarf” ommabop bo‘lib bormoqda. Qanday yo‘l tutilsa tilimiz yo‘qolmaydi? Bir nechta fikrlar bor. 1. O‘zbek tili fanini boshlang‘ich sinfda juda mukammal o‘qitilishi zarur . Kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘quv faoliyati yetakchi faoliyatga aylanadi. Bu bola uchun anchagina murakkab faoliyat bo‘lib, unga ancha kuch va vaqt ketadi va u ma’lum strukturaga ega. Ushbu strukturaning asosiy komponentlaridan biri - motivatsiya. O‘quv faoliyati bir qancha motivlar asosida yo‘naltiriladi. Agar bolada ushbu motivlar shakllansa, bola o‘quv faoliyati tushunarli va effektli bo‘ladi. D.B.Elkonin (3) buni “o‘qish va bilish motivi” deb atagan. Buni asosida bilishga bo‘lgan ehtiyoj va o‘z-o‘zini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoj yotadi. Ayni shu paytda bolalarda o‘z ona tilini bilishga bo‘lgan kuchli motivni shakllantirish mumkin. 2. Maktabda o‘zbek tili fanini o‘qitish soatlarini ko‘paytirish kerak bo‘lar balki. Ayniqsa, rus maktablarida o‘zbek tili darsini. O‘z farzandlarini bilimli bo‘lishlari uchun harakat qilayotgan ota- onalar o‘zbek tili fanidan boshqa ko‘pgina fanlar bo‘yicha bolalari uchun repetitorlar yollaydilar. Nima uchundir o‘z ona tilini mukammal bilishlari kerak
Доказательный фрагмент
«Maqola shu kunning eng dolzarb masalalaridan biri – milliy o‘zlik va millat tilini saqlash va rivojlantirish masalasiga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqola shu kunning eng dolzarb masalalaridan biri – milliy o‘zlik va millat tilini saqlash va rivojlantirish masalasiga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- психологическое благополучие, The translation of the Uzbek text into English is: National psychology, millat tili, integration., respect for mother tongue, national language, речь, ona tiliga hurmat, Millat psixologiyasi, personality, shaxs, psyche, integratsiya, speech, интеграция, уважение к родному языку, Психология нации, психика, личность, psixologik yaxlitlik, psychological well-being, язык нации, psixika, nutq
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025