К содержанию
РецензированоUZ2026

Psixolingvistikaning dolzarb masalalari

PSIXOLINGVISTIKANING DOLZARB MASALALARI

Наука и инновации · 2026

Аннотация

Ushbu ilmiy makolada psixolingvistikaning mavjud muammolari, tilshunoslik va lingvistik o‘zaro bog‘liqlik masalalari keng yoritib berilgan. Psixolingvistikaning nazariy va amaliy ilmiy izlanishlarini amaliyotga tadbiq etish zarurligini aytib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: psixolingvistika, nazariy psixolingvistika, amaliy psixolingvistika, nutq afaziyasi, nutq faoliyati, tillarni o‘zlashtirish jarayonlari Jahon madaniy jarayonlarining globallashuvi, ommaviy migratsiya va turli tillar va madaniyatlarning muntazam aralashib borishi globol kompyuter tarmoqlarining paydo bo‘lishi bu omillar xorijiy tillarini o‘zlashtirish jarayonlari va mexanizmlari bo‘yicha tadqiqotlarga alohida ahamiyat berilmoqda. Jamiyatimizda xorijiy tillarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishlar kun sayin ortib borishi, tilshunoslik mutaxassislarni ham kasbiy faoliyatida mas’uliyatini bergilab bermoqda. Talaba yoshlarimiz turli xil tillarga bo‘lgan munosabati, dunyoviy qarashlari ham o‘zgarib borishini kuzatib boramiz. Tilshunos mutaxassislar ona tili bilan birga xorijiy tillarni o‘zlashtirishda ham ba’zi psixologik to‘siqlarni ko‘p uchrayotganini keltirib o‘tadi. Bizga ma’lumki, bilingvlarning til o‘rganishi — ancha mushkul masala. Psixolog olimlar agar bola ikki va undan oshiq tilda so‘zlashiladigan oilada o‘ssa, u ikkala tilni ham bemalol o‘rgana oladi va ushbu tillarda ravon so‘zlashadi-deb ta’kidlab o‘tishadi. Bugungi kunda XIX asrda tilshunoslikka psixologik usullar va g‘oyalarni kiritishga sabab bo‘lgan tilshunoslik va psixologiya o‘rtasidagi aloqalarga katta e’tibor berib kelmoqda. Tilshunoslikda psixologiya tillarni o‘zlashtirishda qisman ishtirok etadi yoki qisman psixologiyadan foydalanamiz deb hisoblamaslik kerak. Psixologiyada alohida psixolingvistika yo‘nalishi lingvistik fanlarga tegishli bo‘lgan murakkab fan sifatida o‘rganiladigan sohalardan, chunki u nutqni o‘sishi, tilni o‘zlashtirish jarayonlarini psixik hodisa sifatida o‘rganadi. Psixolingvistika bu psixologik va lingvistik jihatlarni o‘rganadigan fan hisoblanib, inson nutq faoliyati, individual xususiyati, fikrlash qobiliyati bilan bog‘liq o‘rganiladi. A.A.Leontev psixolingvistika maktabining asoschisi va zamonaviy psixolingvistikaning yetakchi nazariyotchisi hisoblanadi, u psixolingvistikaning predmeti umuman nutq faoliyati va uni kompleks modellashtirish qonuniyatlarini o‘rganib berishgan. Psixolingvistik bilimlarni qo‘llash sohalari har xil va nazariy bilimlarni qayerda qo‘llash mumkinligini tasavvur qilish qiyin, ammo shu bilan birga ularni qo‘llash doirasi juda keng. Jumladan: Ona va chet tillarini o‘qitish metodikasini ishlab chiqishda, nutq patologiyalarini davolash yoki tuzatish uchun psixolingvistikadan foydalanish (tug‘ma yoki orttirilgan), bayonotlarni yozishda, matnning muallifligini aniqlashda va boshqada sohalarda qullab kelishadi. Psixolingvistika yozuvchilar va jurnalistlarga matn tuzishda, matn uslubini tanlash, hissiy komponentlarga e’tibor qaratishiga potensial o‘quvchilarni izlashga amaliy yordam berib keladi. Bundan tashqari, turli davrlar uchun dolzarb bo‘lgan umumiy ilmiy yondashuvlar dinamikasini va u yoki bu tomondan qo‘yilgan aniq tadqiqot vazifalarini hisobga olgan holda, birinchi navbatda nutqni ishlab chiqarish va tushunishda tilni o‘zlashtirish va tilning ishlashi muammolari ko‘rib chiqiladi. Psixolingvistik tadqiqotlar metodologiyasi, nutqni yeshitish va o‘qishdan tushunishdagi farqlar, tovushli nutqni idrok yetish, so‘zlarni yeshitishdan tanib olish, o‘qiyotganda so‘zlarni tanib olish, noaniq so‘zlarni qayta ishlashda kontekstning roli, jumlalarni qayta ishlash, majoziy tilni tushunish ham o‘rganib keladi. Muloqot jarayonlarida nutq, fikr tushunchalarini talqin qilishda yangi yondashuvlarni hisobga olgan holda so‘zning ma’nosiga katta e’tibor beriladi. Insonning ichki intellektual faoliyati qanday shakllanishi va yuzaga kelishini ham tushuntirish zarurdir. Nutq yoki nutq muammolari bilan shug‘ullanadigan har qanday mutaxassis uchun nutqning shakllanishi, nutq faoliyati 305 amalga oshirilishi va aloqa jarayoni qanday sodir bo‘lishini tushunish kerak. Masalan, nutq terapevtlari, nutqni tuzatish, nutq patologlarini o‘z vaqtida aniqlash va boshqada psixologik baryerlarni aniqlash va ularni korreksiya qilish ishlari davr talabiga mos kelishi lozim. Bizga ma’lumki, nutq faoliyati uning o‘ziga xosligi, nutq faoliyati usullarini, nutq shakllari va uning funksiyalarini keng o‘rganib borishni talab qiladi. Tadqiqotlarda inson nutqining lingvistik va psixologik xususiyatlari, odamlar o‘rtasidagi muloqotda til qanday ishlatilishi, tilning ijtimoiy, psixologik va siyosiy xususiyatlari batafsil o‘rganilgan. Shunday bo‘lsada, nutq faoliyatini amalga oshirishda bir qator muammolar haligacha o‘z yechimini kutmoqda. Masalan, kommunikativ faollikni ta’minlashda, sababi inson hayotida barcha nutq shakllari muhim o‘rin tutadi, ular ma’lum bir maqsadda ishlatiladi. Inson nutqi bir vaqtning o‘zida dunyoqarashni, ijtimoiy yehtiyojni, aqliy va tashqi sharoitlarni birl

Доказательный фрагмент

«Ushbu ilmiy makolada psixolingvistikaning mavjud muammolari, tilshunoslik va lingvistik o‘zaro bog‘liqlik masalalari keng yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ilmiy makolada psixolingvistikaning mavjud muammolari, tilshunoslik va lingvistik o‘zaro bog‘liqlik masalalari keng yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
речевая деятельность, nutq faoliyati, психолингвистика, psycholinguistics, psixolingvistika, tillarni o‘zlashtirish jarayonlari, amaliy psixolingvistika, процессы освоения языков, language acquisition processes, applied psycholinguistics, nutq afaziyasi, речевая афазия, theoretical psycholinguistics, nazariy psixolingvistika, теоретическая психолингвистика, прикладная психолингвистика, speech activity, speech aphasia
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники